1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i bo’yicha imtiyozlar va yengilliklar Soliq to’lash tartibi


Download 21.79 Kb.
bet5/5
Sana27.10.2023
Hajmi21.79 Kb.
#1726211
1   2   3   4   5
3. Soliq to’lash tartibi Hisobot davri mobaynida soliq to‘lovchilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini joriy to‘lovlarni kiritish orqali to‘laydilar
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlarning summasini aniqlash uchun soliq to‘lovchilar joriy hisobot davri birinchi oyining 10-kunigacha davlat soliq xizmati organiga joriy hisobot davri uchun taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining belgilangan stavkasidan kelib chiqib hisoblangan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining summasi haqida ma’lumotnoma taqdim etadilar.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha joriy to‘lovlar har oyning 10-kunidan kechiktirmay hisoblab chiqarilgan yil choragi bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasining uchdan bir qismi miqdorida to‘lanadi. Hisobot davrida taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foyda eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan soliq to‘lovchilar joriy to‘lovlarni to‘lamaydi.
Тaxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasi hisobot davri uchun byudjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i summasiga nisbatan 10 foizdan ko‘proq kamaytirilgan taqdirda, davlat soliq xizmati organi joriy to‘lovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining haqiqiy summasidan kelib chiqib penya hisoblagan holda qayta hisoblashga haqli.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini to‘lash hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining doimiy muassasasi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini, shuningdek sof foydadan olinadigan soliqni joriy to‘lovlarni to‘lamasdan yiliga bir marta, hisob-kitobni taqdim etish muddatidan keyin bir oy ichida to‘laydi.
Yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘i belgilangan stavkalarni chegirmalarni amalga oshirmasdan to‘lanadigan daromad summasiga nisbatan qo‘llash orqali hisoblab chiqariladi.
Yuridik shaxslardan to‘lov manbaida olinadigan foyda solig‘ini yuridik shaxslar quyidagilarni to‘lash paytida ushlab qolishlari shart:
  • dividendlar va foizlarni;


  • O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga daromadlarni.


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini ushlab qolish va byudjetga o‘tkazish uchun javobgarlik daromadni to‘lash manbai, shuningdek soliq kodeksga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi, O‘zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlariga daromad to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari zimmasida bo‘ladi.


Daromadlarni manbaida to‘lovchi yuridik shaxslar moliya yili tugashi bilan 30 kun ichida davlat soliq xizmati idoralariga hamda daromad olgan yuridik shaxslarga ularning talablari bo‘yicha dalolatnoma topshiradilar. Unda shu shaxslarning ro‘yxat raqamlari, nomlari, umumiy olingan daromad va jami to‘langan soliq summasi hisobot yili uchun ko‘rsatilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4453-sonli Farmoniga muvofiq 2013 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar belgilandi:
-yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblari birlashtirilib unifikatsiya qilingan holda Davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi;
-yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari bo‘yicha joriy to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma birlashtirilib unifikatsiya qilingan holda Davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi
Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling