1. yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati


Download 18.98 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi18.98 Kb.
#1379818
  1   2   3

1. YURIDIK SHAXSNING HUQUQ LAYOQATI VA MUOMALA LAYOQATI
Yuridik shaxsning ustavi yoki u haqdagi nizom shunday hujjatki, bunda uning faoliyati uchun yuridik ahamiyatga ega bo`lgan qoidalar mustahkamlanadi. Ustavda yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan yeri, tashkil bo`lish maqsadi va tartibi, uning tashkiliy tuzilishi, a'zolarga ega bo`ladigan tashkilot bo`lsa, a'zolikka qabul qilish shartlari, mulkning tarkibi singari qator qoidalar belgilanadi.
Ba'zi hollarda, yuridik shaxsni tashkil etishda, mazkur turdagi yuridik shaxslarning tashkiliy tuzilishi va faoliyatiga doir barcha umumiy qoidalarni nazarda tutgan tipovoy yoki namunaviy ustavlarning bo`lishi yuridik shaxs ustavini tuzish vazifasini yengillashtiradi. Bunday namunaviy ustavlarga fermer xo`jaligining namunaviy ustavini44, qishloq xo`jaligi kooperativi (shirkat xo`jaligi)ning namunaviy ustavini 45 misol qilib ko`rsatish mumkin.
Yuridik shaxsning organlari ham bo`ladi. Yuridik shaxs qonun, ustav yoki nizom bo`yicha belgilangan vakolatlar doirasida harakat qiluvchi o`z organlari orqali fuqarolik huquqlari va burchlariga ega bo`ladi.
Yuridik shaxslarning muomala layoqati, ya'ni, o`z harakatlari bilan fuqarolik huquqlari va burchlarini olish layoqati, yuqorida ko`rsatilganidek, ularning organlari orqali amalga oshiriladi. Yuridik shaxslarning organlari qonun, ustav yoki nizomga muvofiq ravishda yuridik shaxsning erk-irodasini ifodalaydi va yuridik shaxs nomidan faoliyat olib boradi. Yuridik shaxslarning organlari yakka boshchilikka asoslanib, direktor, rais, boshqaruvchi yoki kollegial boshqaruv, vakillar majlisi, umumiy majlis (yoki yig`ilish) singari tartibida boshqaradigan organ bo`lishi mumkin.Davlat tashkilotlari hisoblangan yuridik shaxslarning organlari, qoida bo`yicha, yakka boshchilik asosida belgilanadi. Masalan, Toshkent Davlat yuridik instituti rektori.Kooperativ va jamoat tashkilotlari hisoblangan yuridik shaxslarning organlari ikki turga: yakka (tartib) boshchilikka asoslangan (masalan, boshqaruv raisi) yoki kollegial tartibda boshqarishga asoslangan (masalan, a'zolarning umumiy majlisi, boshqaruvi) bo`lishi mumkin.

Download 18.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling