1. yuridik shaxsning huquq layoqati va muomala layoqati


XUSUSIY KORXONALAR – YURIDIK SHAXS SIFATIDA


Download 18.98 Kb.
bet3/3
Sana22.04.2023
Hajmi18.98 Kb.
#1379818
1   2   3
XUSUSIY KORXONALAR – YURIDIK SHAXS SIFATIDA

Xususiy korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turlarini amalga oshiradi. Xususiy korxonalarga tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tatbiq etiladi. Qonun hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda xususiy korxonalar uchun davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg`armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy to`lovlarning doimiy stavkalari belgilanadi. Xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`langanidan so`ng korxona mulkdorining tasarrufiga o`tadi hamda unga soliq solinmaydi.
Xususiy korxona faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko`pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Xususiy korxonalar o`z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonunga muvofiq assotsiatsiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.
Xususiy korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, hadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o`zgacha usulda boshqa shaxsga o`tkazishga haqli.
Xususiy korxona uning mulkdori yoki sudning qaroriga ko`ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Xususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga muvofiq, tadbirkorlik sub'yektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.
Jumladan, Fuqarolik kodeksiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, yuridik shaxs moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan boshlab 3 yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra tugatilishi mumkin (NNTlar bundan mustasno).
Amalda 6 oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonasi esa –– 3 oy mobaynida) moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan va (yoki) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab 1 yil ichida ustav fondi shakllantirilmaganda sudning qaroriga muvofiq tugatiladi.
Shuningdek, yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektini ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi e'lon ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Amalda Kodeksda ushbu talab nazarda tutilmagan.
Ushbu qonun 2020 yil 1 yanvardan e'tiboran kuchga kiradi.
Huquqshunoslik, boshqa kasblar singari, turli xil professional talablarga ega. Bu shuni anglatadiki, advokat kerakli fazilatlar to'plamiga, kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi kerak. Shaxsiy fazilatlarga quyidagilar kiradi: yuqori fuqarolik, intellektuallik, odob-axloq, rivojlangan burch va o'z vazifalarini bajarishi uchun javobgarlik hissi, o'z ishiga sadoqat, huquqbuzarliklarga murosasizlik hissi, adolat, yuksak gumanistik yo'nalish, kasb axloq me'yorlariga rioya qilish va shaxsiy yaxlitlik.
Download 18.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling