1. Yurist yozma nutqini aniqligini buzuvchi holatlar haqida tushuncha bering?


Download 57.87 Kb.
bet1/18
Sana01.03.2023
Hajmi57.87 Kb.
#1240312
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Yurist yozma nutqini aniqligini buzuvchi holatlar haqida tushuncha bering


1.Yurist yozma nutqini aniqligini buzuvchi holatlar haqida tushuncha bering?
Yozma nutq madaniyatining asosiy mezoni adabiy til me’yorlari hisoblanadi. Adabiy til me’yorlari deyilganda, til vositalarining umumxalqqa tushunarli bo‘lgan muqobil variantlarini tanlash tushuniladi. Ana shu tanlab olingan variantlar hamma uchun majburiy bo‘ladi. Masalan: o‘zbek adabiy tilidagi kelishiklar, zamon, tuslovchi qo‘shimchalar respublikamiz hududida istiqomat qiluvchi barcha sheva vakillari uchun majburiy hisoblanib, bu me’yorning buzilishi nutq madaniyati zaiflashuviga olib keladi. Ya’ni qaratqich kelishigi qo‘shimchasi o‘rnida tushum kelishigi qo‘shimchasini qo‘llash xatodir. Binobarin, qaratqich kelishigidagi so‘zning ot yoki otlashgan so‘zlar bilan bog‘lanishi, tushum kelishigidagi so‘zning fe’l bilan bog‘lanishi adabiy me’yor bo‘lib, barcha uchun majburiydir. Bularning o‘rnini almashtirib qo‘llash uslubiy xato hisoblanadi.
O‘zbek adabiy tili me’yorlari qanday tasniflanadi?
1) so‘z yoki termin qo‘llash (leksik) me’yorlari;
2) talaffuz (orfoepik) me’yorlari;
3) so‘z va gaplarda urg‘uni qo‘llash me’yorlari;
4) fonetik me’yorlar;
5) grammatik (morfologik va sintaktik) me’yorlar;
6) so‘z yoki termin yasash me’yorlari;
7 )imloviy (orfografik) me’yorlar;
8) punktuatsion me’yorlar;
9) uslubiy me’yorlar;
10) grafik me’yorlar.
Yuridik yozma nutq mezonlari deganda qaysi jihatlar ko‘zda tutiladi?
Yuristlarning muomala odobi, tilni his etish didini tarbiyalash kabi buyuk g‘oyani o‘z oldiga bosh maqsad qilib qo‘yadi va quyidagilarni nazarda tutadi:
1. Professional yuridik nutqda til vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish.
2. Yuridik terminlarning o‘ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilish.
3. Yuridik til va adabiy til me’yorlari bo‘yicha puxta bilimga ega bo‘lish.
4. Davlat tilining leksik-grammatik, imloviy hamda talaffuz omillaridan vaziyat va voqelik talabiga ko‘ra mohirona foydalana olish.


2.Yurist yozma nutqining ifodali va ta`sirli bo`lishi nimalarga asoslanadi?
Bo‘lajak yuristlarimiz yozma nutq madaniyatining yuqorida eslab o‘tilgan talablariga har doim rioya qilishlari lozim. Tergov va sud jarayonida o‘ta ehtiyotkorlik ularning tilga bo‘lgan munosabatida yaqqol namoyon bo‘ladi. Qolaversa, yuristlar faoliyatini rasmiy hujjatlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tergov ishlari bilan bog‘liq turli bayonnomalarni to‘ldirish, sud hukmi, ayblov nutqini tayyorlash va boshqa rasmiy hujjatlarni o‘ta savodxonlik bilan yozish ham ularning til vositalaridan foydalana olish qobiliyatiga bog‘liqdir. Demak, bo‘lajak yuristning o‘zi mohir notiq, nutqi esa mantiqli va ta’sirli bo‘lmog‘i davr talabi. Nutq madaniyati yuqori bo‘lgan kishi, birinchidan, o‘z nutqini to‘g‘ri, adabiy til me’yorlariga muvofiq tuzadi, ikkinchidan, til vositalaridan eng muvofiq, eng ko‘rkamlarini tanlab olib, nutqining ham to‘g‘ri, ham jozibali bo‘lishiga erishadi. Qonun tilining eng muhim me’yorlaridan biri aniqlik bo‘lib, tushunchaning mohiyati qonun moddalarida to‘laqonli ifodalanishi va mamlakatning har bir fuqarosi kimligidan, qaysi kasb egasi bo‘lishidan, ma’lumotidan qat’i nazar tezda anglab yetishi zarur.
Qisqalik qonun tilining asosiy belgilaridan biridir. Imkon qadar qonun moddalari tarkibi siqiq, sodda va mufassal bo‘lishi zarur

Download 57.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling