1. Yurist yozma nutqini aniqligini buzuvchi holatlar haqida tushuncha bering?
Qonunlar adabiy tilning rasmiy uslubida
Download 57.87 Kb.
|
Yurist yozma nutqini aniqligini buzuvchi holatlar haqida tushuncha bering
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3..Yurist yozma nutqida atamalarning o`ziga xos xususiyatlarini sharhlab bering
- 4.Yuridik til qanday guruhlarga bo`linadi,batafsil sharhlang
- 5.”O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari”qanday bo`limlardan tashkil topgan
- Harflar imlosi Unlilar imlosi(1-7-bandlar); Udoshlar imlosi (8-32-bandlar); Asos va qo’shimchalar imlosi(33-37-bandlar);
- Bosh hafalar imlosi(66-74 bandlar) Ko’chirish qoidalari (75-82 bandlar) 6.Jamoa so`ziga sharh bering
- 7.Jamoaning ishchi guruhdan farqi nimada
- 8.Jamoa ishining afzalliklarini sanab bering
Qonunlar adabiy tilning rasmiy uslubida tayyorlanadi. Shuning uchun qonunlar tarkibidagi til vositalari – lug‘aviy birliklar, terminlar, fe’l nisbatlari, fe’l mayllarining rasmiy bo‘yoqdorligi har bir moddaga rasmiylik belgisini beradi. Rasmiylik bo‘lmas ekan, qonunning kuchi ham yo‘qoladi
Qonunlar tili xolislik belgisiga ham ega bo‘lishi zarur. Qonun oldida hamma tengdir degan qoidaning o‘zi qonunning xolisligini ta’minlaydi. 3..Yurist yozma nutqida atamalarning o`ziga xos xususiyatlarini sharhlab bering? Yana bir narsani eslash to’g’ri bo’ladiki, yuridik tilning ichida ham alohida yo’nalishlar mavjud. Masalan, prokuratura, advokatura yoki sud sohasida, garchi ular umumiy bir yuridik til atrofida birlashsa-da, faol qo’llaniladigan alohida atamalar, so’z va iboralar bo’ladi. Ayni paytda ular uchun umumiy til birliklari birgina fe’l turkumi doirasida quyidagilar ekanligini ta’kidlaymiz: joriy qilinsin, tamomlansin, yuklatilsin, kengaytirilsin, tashkil qilinsin, topshirilsin, jalb etilsin, belgilansin, yo’l qo’yilmasin, kuchaytirilsin, ishlab chiqsinlar, ishlab chiqilsin, ishlab chiqish topshirilsin, ko’zda tutilsin, ta’minlasinlar, ajratib berilsin, tasdiqlansin, choralar ko’rilsin, choralari ko’rilsin, choralari ishlab chiqilsin, choralari belgilansin, tavsiya etilsin, saqlab qolinsin, tadbiri ko’rilsin, zarur deb topilsin, amalga oshirilsin, imkoniyat tug’dirsin, sharoit yaratsin, uyushtirilsin va hokazo. Bu atamalar ko’lamini jazo, jinoyat, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, mansabdor shaxs, hokimiyat organi, og’ir jinoyat kabi boshqa so’z turkumiga oid so’zlar hisobiga davom ettirish mumkin. 4.Yuridik til qanday guruhlarga bo`linadi,batafsil sharhlang? Yuridik til deganda nimani tushunasiz? Yuridik til adabiy tilning tarkibiy qismi, o‘ziga xos ko‘rinishga ega til bo‘lib, asosan, qonunchilik va rasmiy doirada qo‘llaniladi. Ya’ni yuridik til o‘ziga xos lug‘aviy birliklari, gap qurilishi, uslubiy jihatlari hamda huquqqa oid tushunchalarni ifodalovchi terminlari bilan ajralib turadi. Barcha huquq manbalari yuridik tilda yoziladi. Tergov jarayoni, sud, advokat faoliyati, qonunlar ifodasi ham yuridik til asosida o‘z in’ikosini topadi Yuridik til va uning turlari qaysilar? Qonun tili Ilmiy yurisprudensiya tili Sud tili Huquqshunos-pedagog tili Huquqshunos-publitsist tili Prokuror tili Advokat tili Yozma yuridik nutq oldiga qanday talablar qo‘yiladi? Og‘zaki nutqni shakllantirish va takomillashtirish ko‘proq yozma nutqning takomiliga bog‘liq. Yozma nutq yuqori darajada bo‘lmas ekan, og‘zaki nutq ko‘ngildagidek bo‘lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo‘llashga to‘liq imkoniyat bo‘ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og‘zaki nutqdagi kabi hayajon bo‘lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu sababdan ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ko‘ra ravon, aniq va izchilroq bo‘ladi. 5.”O`zbek tilining asosiy imlo qoidalari”qanday bo`limlardan tashkil topgan? Krill yozuviga asoslangan imlo qoidalarimiz1956 yil tasdiqlanagan edi.Davr o’tishi bilan u eskirdi va zamon talablariga javob bermay qoldi.Shu bois 80-90-yillarda uni yangilashga ko’p urinishlar bo’ldi.Va nihoyat mustaqillikdan so’ng: 1995 yil 24 –avgustda Vazr.Mah 339-soni “O`zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”qarori qabul qilingan.U 82 banddan iborat bo’lib,quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi: Harflar imlosi Unlilar imlosi(1-7-bandlar); Udoshlar imlosi (8-32-bandlar); Asos va qo’shimchalar imlosi(33-37-bandlar); Qo’shib yozish (38-50 bandlar); Chiziqcha bilan yozish (51-56 bandlar); Ajratib yozish (57-66-bandlar); Bosh hafalar imlosi(66-74 bandlar) Ko’chirish qoidalari (75-82 bandlar) 6.Jamoa so`ziga sharh bering? Jamoa – turli ko’nikmalarga ega bo’lgan va turli vazifalarni bajaradigan, umumiy loyiha, ish yoki maqsad ustida birgalikda ishlaydigan va vazifalari umumlashtiriladigan, bir-biriga xisobot bеruvchi shaxslar jamlanmasi. 7.Jamoaning ishchi guruhdan farqi nimada? Jamoaning ishchi guruhidan farqi Jamoa ishini muvaffaqiyatli tashkil etishda jamoa nima ekanligi, jamoa ishi qanday tashkil etilishi, jamoa a'zolari va lidеrning xususiyatlari, jamoa a'zolarining rollarini bilish muhim sanaladi. Jamoa – turli ko’nikmalarga ega bo’lgan va turli vazifalarni bajaradigan, umumiy loyiha, ish yoki maqsad ustida birgalikda ishlaydigan va vazifalari umumlashtiriladigan, bir-biriga xisobot bеruvchi shaxslar jamlanmasi. Jamoaning ishchi guruhdan farqi nimada? Ishchi guruhning xususiyatlari quyidagilardan iborat: - Zaif kommunikativ aloqa, guruh a'zolari o’rtasida bir-birini o’zaro yaxshi tushunmaslik; - Birgalikdagi ishlarda rasmiy vazifalarga egalik; - Ish natijasiga har bir a'zoning individual tarzda, ish qismlarini alohida-alohida bajarishi orqali erishiluvi; - Individual natijagagina javobgarlik; - O’z ish qisminigina bajarish itsagi; - Rasmiy rahbar tomonidan qabul qilingan topshiriq va qarorlarni bajarish amaliyoti. Jamoaning xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi: - Mutsahkam kommunikativ aloqa, umumiy til, o’zaro aloqa kanallarining tashkil etilganligi; - Hamkorlik formal bo’lmagan aloqalar, ko’pincha do’stlik bilan qo’llab-quvvatlanadi; - Ishning yakuniy natijasi bo’yicha umumiy xulosaga kеlish, funksional topshiriqlarni birgalikda bajarish; - Umumiy natija uchun birdеk mas'uliyat, javobgarlik; - Kollеktivlik hissi (biror-bir ishda umumiy qatnashish); - Umumiy qaror qabul qilish amaliyoti. 8.Jamoa ishining afzalliklarini sanab bering? Download 57.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling