Millatning yashashi va ravnaq topishini ona tilisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Hozir yer yuzida mingga yaqin til mavjud bo‘lsa, ularning faqat 95 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga EGA
Download 26.85 Kb.
|
Millatning yashashi va ravnaq topishini ona tilisiz tasavvur etib bo
1 Millatning yashashi va ravnaq topishini ona tilisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Hozir yer yuzida 7 mingga yaqin til mavjud bo‘lsa, ularning faqat 95 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Bu tillarning orasida o‘zbek tilining ham borligi quvonarli. Bugungi kunda o‘zbek tili dunyoning 60 ga yaqin oliygohlarida va 100 dan ziyod maktablarida o‘rganilmoqda. Jahon miqyosida o‘zbek tilida so‘zlashuvchilar soni 50 million kishi atrofida. Oʻzbek tilida taxminan 1 400 000-1 600 000 atrofida soʻz bor. O‘z tarixiga ega bo‘lgan ona tilimizga 1989-yil 21-oktabrda davlat tili maqomi berildi. 2020-yildan esa 21-oktabr sanasi – O‘zbek tili bayrami kuni sifatida nishonlanmoqda. Bu yil ham Oʻzbek tili bayrami koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Uchtepa tumanidagi 107-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ham “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida ma-naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda oʻquvchilar tomonidan ona tilimizni ulugʻlovchi sheʼru qoʻshiqlar ijro etilib, sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Tadbirda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi rais maslahatchisi ishtirok etib, o‘quvchilarga o‘zbek tili tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar berdi. Ayniqsa, “Oʻzbek tili bilimdonlari” viktorinasida o‘quvchilar faol ishtirok etishib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. “Oʻzbek tili bilimdonlari”ga Qoʻmita raisi Sh.Sharaxmetovning esdalik sovgʻalari taqdim qilindi hamda maktab kutubxonasiga Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti tashabbusi bilan nashr etilgan kitoblar jamlanmasini sovg‘a qilindi. Millat ko‘zgusi bo‘lmish tilimizni asrash va rivojlantirish barchamizning burchimiz. Buni avvalo, ta’lim maskanidan boshlash maqsadga muvofiq. 2 Pedagog xodimlarni moddiy-ma'naviy rag'batlantirishni kuchaytirish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj professor-o'qituvchilar ro'yxati shakllantirilib, tegishli ma'lumotlar banki yaratildi. Ushbu ro'yxatda qamrab olingan professor-o'qituvchilar doimiy ijtimoiy himoyaga muhtoj, vaqtinchalik muhtoj va me'yoriy holatda bo'lgan oilalarga bo'linib, yashash shart-sharoiti inobatga olingan holda institut byudjetidan tashqari mablag'lar hisobidan moddiy yordam ko'rsatildi. Shuningdek, professor-o'qituvchilar, xodimlar va talabalarning ijtimoiy ahvoli bo'yicha axborot bazasi yangilandi, institutda tahsil olayotgan nogironligi bo'lgan, chin etim, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlari uchun moddiy yordam pullari ajratildi. Talabalarga homiylik yordami asosida to'lov shartnoma pulini to'lashda amaliy yordam ko'rsatish maqsadini ko'zlagan “Ezgulik fondi” ish boshladi. Fondga O'zbekiston paxta-to'qimachilik klasterlari uyushmasi, “O'zto'qimachiliksanoat”, “O'zcharmsanoat”, “O'zbekipaksanoat” kabi tashkilotlar homiylik qilib kelmoqda. Talabalar turar joyidagi shart-sharoitlar tubdan yaxshilandi. Bundan tashqari, institut rahbariyati tashabbusi bilan ijara-shartnoma asosida yashayotgan talaba-yoshlarga engillik yaratish maqsadida ijara banki tuzilib, 133 nafar talabaning har biriga 1 880 ming so'm moddiy yordam berildi. Ijarada yashayotgan talabalarning ijtimoiy yashash holatlari o'rganilib, qizil, sariq, yashil hududlarga ajratildi hamda yashash sharoitlarini yaxshilash choralari ko'rildi. 3 Bayrog‘imiz, g‘urur va faxrimiz timsolidir. Vatanimizning beqiyos ramzidir. Quyosh ko‘kda falakning bayrog‘i bo‘lib porlab turibdi, ko‘ngilda muhabbat bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi. Ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir. Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston hududida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizni ko‘rsatib turadi. Shuni aytishimiz lozimki, bayroq qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan. Ajdodlarimiz ham yurt bayrog‘ini muqaddas bilib, uni ko‘z qorachig‘idek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan. AD 4 Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgandan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar hayotga izchil joriy etila boshlandi. Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o‘tib borishi, avtomobil sanoatining vujudga kelishi, xorijiy mamlakatlar bilan teng huquqli iqtisodiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, fuqarolarning moddiy farovonligi ortib borishi tabiiy ravishda avtomobil yo‘llarida va shahar ko‘chalarida harakat miqdorining ortib borishiga olib keldi. Transport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir etilishi natijasida, davlat, jamiyat va shaxs manfaatlariga moddiy zarar yetkazilishi, fuqarolar huquq va erkinliklarining poymol etilishi, mulkiy va boshqa zararlar kelib chiqishi mumkin. Ba’zi hollarda mazkur turdagi jinoyatlarning sodir etilishi odamlar o‘limiga sabab bo‘layotganligi achinarli holat ekanligini alohida ta’kidlash lozim. Yo‘llarda avtotransport vositalarining xavf xatarsiz harakat qilishi va har qanday haydovchiga transport vositalarini boshqarishda salbiy ta’sir ko‘rsatadigan omillarni bartaraf etish hozirgi kunda dolzarb muammo bo‘lib kelmoqda. Mamlakatimiz oldida hozirgi va istiqboldagi asosiy masalalardan biri sifatida avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l transport hodisalarining oldini olish, ularda halok bo‘luvchilar va tan jarohati oluvchilar sonining kamayishiga erishish, shuningdek ko‘riladigan umumiy ijtimoiy iqtisodiy zararlarni kamaytirish vazifalari turibti. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi o‘n yil ichida Respublikamizda har yili o‘n mingdan ortiq yo‘l transport hodisalari sodir bo‘ladi, ularda o‘rtacha o‘n ikki ming kishi jarohatlanadi va ikki ming kishi halok bo‘lishi qayd etilgan. Yo‘l transport hodisalarining oldini olish uchun ko‘rilayotgan qator tadbirlarga qaramasdan, ularning miqdorini kamaytirishga erishib bo‘lmayapti. Bu esa, yo‘l harakati xavfsizligi muammolariga o‘ta jiddiy yondashish zarur ekanligini, turli soha vakillari, qolaversa keng jamoatchilik oldiga o‘z yechimini topishi kerak bo‘lgan vazifa sifatida qo‘yishni talab etmoqda. Mazkur turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishning dolzarbligi shundaki, ular fuqarolarning o‘limi, sog‘ligi va mulkiga zarar yetishi bilan bir qatorda ba’zi transport vositalari haydovchilarning ijtimoiy mas’uliyatsizligi hamda tartibsizligining, xudbinligining jamiyat va uning a’zolariga nisbatan loqaydligining ko‘rinishi bo‘lganligi bilan xavflidir. 5 Ma’lumki, har bir davlatning shakllanishida Konstitutsiyaning o‘rni beqiyosdir. Bizning Konstitutsiyamiz 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan kun bo‘lib, har yili mazkur sana bayram sifatida keng nishonlanadi. Bosh Qomusimiz millatimiz ruhiga, hayot tarzi va urf-odatlariga mos keladigan imon-e’tiqod, insof, diyonat, mehr-oqibat, or-nomus, iffat va hayo kabi eng ezgu fazilatlarni o‘z ichiga olgan desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan huquqiy hujjatdir. Yaratilayotgan boshqa qonunlar konstitutsiyaviy me’yorlarga asoslanadi, me’yoriy hujjatlar ham shu asosda ishlab chiqiladi. Bosh qomusimizda jamiyat va davlat, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tuzilishi hamda faoliyatining asosiy prinsiplari, ularning vakolatlari, fuqarolarning asosiy huquq va burchlari, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlar belgilab berilganligi bilan ham yanada ahamiyatlidir. Mamlakatimizda istiqomat qiluvchi turli din vakillari, jumladan, yurtimiz musulmonlari Asosiy Qomusimizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklardan keng foydalanmoqdalar. Xususan, ushbu hujjatning yangi qabul qilingan tahririda vijdon hamda e’tiqod erkinligi alohida kafolatlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning 31-moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburiy singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, deyilgan Download 26.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling