Kirish bob. Vatan ozodligi yo‘lidagi kurashlar


Download 124.5 Kb.
bet1/6
Sana31.01.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1144239
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS IHI333




Mundarija :
Kirish ………………………………………………………………………….1.
1- BOB.Vatan ozodligi yo‘lidagi kurashlar …………………………………..2.
1.1.Erkinlik g‘oyasi …………………………………………………………..4.
1.2.Ozodlik g‘oyasi …………………………………………………………...5.
2- BOB.Tinchlik – oliy qadriyat ………………………………………………6.
2.1.Hamjihatlik g‘yasi………………………………………………………....10.
2.2. Vatanparvarlik g‘oyasi…………………………………………………….13.
Xulosa …………………………………………………….……………………………18.
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………………………19.


Mavzu : Vatan ozodligi yo ‘lidagi kurashlarda erkinlik, ozodlik , hamjihatlik ,vatanparvarlik bilan bog ‘liq turli g ‘oyalarning namoyon bo ‘lishi .
Kirish
Insoniyat yaralibdiki, uzoq o‘tmishdan buyon, o ‘z ongini, tafakkurini, aqliy, ruhiy, jismoniy qobiliyati rivojlantirib kelmoqda. Ushbu qobiliyatlar uyg‘unligida odamzot juda ko‘p ishlarni amalga oshirmoqda. Yaratuvchanlik xususiyati avj olmoqda. Har qanday eski narsa yangilanmoqda, lekin dunyoda shunday narsalar borki, odamzot har qancha iste’dod va kuchini sarflamasin, ularni o‘zgartirishga yoki o‘zlari uchun yangidan ixtiro qilishga ojizdirlar. Bu ishni ne-ne buyuk shohlar, ulamolar, olimlar, oqil-u donolar ham uddalay olmagan. Bular yuksak tuyg ‘ulardir… Darhaqiqat, har bir inson o‘zgacha bir olamdir. Bu “olam” --- uning ichki dunyosidir. Bu shunday dunyoki, unda hissiyotlar, tuyg‘ular yashaydi. Bunda mehr, do‘stlik, ishonch, nafrat, sabot va shu qatorda, muhabbat ham bor. Ammo, bular ichida, men uchun eng aziz va muqaddasi, Ollohga va Vatanga muhabbatdir. Ollohga muhabbatimning boisi, u menga Vatanni sevish va davlat rahbarimizni hurmat qilishdek fazilatni dilimga joyladi.
Darvoqe, Vatan haqida...
Kurrayi zaminimiz butun Yer yuzida yashayotgan yetti milliard xalq uchun Vatan bo‘lsa, har bir xalq uchun taqdiran va tarixan ato etilgan hamda sarhadlari belgilab qo‘yilgan hudud — ona-Vatandir.
Vatan deganda ko‘pchilik oddiygina bir hovuch tuproqni ko‘rsatadi. Albatta, Vatan tuprog‘i muqaddas, shu bilan bir qatorda, men uchun Vatan tuprog‘idan ko‘tarilgan, ko‘zga ko‘rinmas chang zarralari ham, unib chiqayotgan maysa ham muqaddasdir. Vatan atamasi ona Yurt ma‘nosini bildiradi. Shu ma‘noda, o‘zbek millatining Vatani — O‘zbekiston Respublikasi! Bu o‘rinda davlat va Vatan ifodasini ayni bir ma‘noda: O‘zbekiston Respublikasi deganda Vatanni, Vatan deganda O‘zbekiston Respublikasini idrok etamiz. 
Ko ‘p jahongir ko ‘rgan bu dunyo,
Hammasiga guvoh yer osti.
Lekin do ‘stlar, she ‘r ahli aro
Jahongiri kam bo ‘lgan ,rosti.
Besh asrki,nazmiy saroyni
Titratadi zanjirband bir sher,
Temur tig ‘i yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher.
Dunyo bo ‘ldi chamanim manim,
O ‘zbekiston - Vatanim manim.
(A.ORIPOV). 

O‘zbekiston! Tuprog‘i zar, hosili gavhar odamlari saxiy, bag‘ri keng-u mehri daryo, mehmondo‘st-u odamparvar, xush hulq-u xushsuxan diyor! Butun olamni kezib chiqqanda, barcha ajoyib-u g ‘aroyib, mo ‘jizakor joylarni tomosha qilganda O ‘zbekistonning kichik bir qishlog ‘idagi fayz-u tarovatdan bahra olganday, lazzatlanganday bo‘lmaydi. Dunyoning qay bir go‘zal yurtiga bormang, dam o‘tmay ona-yurt dilingizni o‘rtab, o‘ziga chorlayveradi. Bu tuyg‘u kindik qoni tomgan muqaddas zaminga, uning betakror, mislsiz fazilatli odamlariga bo‘lgan muhabbatning sehrli kuchi va qudratidan bo‘lsa kerak. Bu o‘lkada kimlar yashab o‘tmagan? O ‘zbek nomini ulug ‘lab, shon-u shuhratini olamga yoygan, o‘z iqtidori, is‘tedodi, san‘at-u iste’dodidan olam ahlini bahramand etgan har bir sohaning yetuk namoyandalari ham bizning ajdodlarimizdir.


Okean ortidagi mamlakatni birinchi bo ‘lib kashf etgan kim? Bu Abu Rayhon Beruniydir. Ne-ne sarkardakar bilan ololmagan joylarni qalam kuchi bilan zabt etgan kim? Mir Alisher Navoiy! Tib ilmining asoschisic-hi? Abu Ali ibn Sino! Buyuk matematik Al-Xorazmiydek allomani kim voyaga yetkazgan? O‘zbekistonning muqaddas tuprog‘i! Mirzo Ulug ‘bek, Ahmad Yassaviy, Al-Buxoriy, At-Termiziy…Eh-he, sanab sanog‘iga yetib bo‘larkanmi bu donishmand ajdodlarimizni! Ular behad-behisob, bebaho va topilmas mo‘- jiza, duri noyob oliy maqom insonlar sirasiga kiradirlar.
O‘zbekiston bag‘ridan joy olgan qadimiy shaharlar ta‘rifi dunyo xalqlari tilidan tushmaydi. Azim shahar Samarqand, Buxoro, Xorazm, Shahrisabz, Termiz, Farg‘onaning har biri o‘ziga xos boy bir tarixga ega.Bu yerlardagi ko‘zni qamashtiruvchi obidalar, uzoq va yaqin o‘tmishda yashab o‘tgan o‘z sohasining yetuk namoyandalari…
Bularning hammalari bizlarga buyuk ajdodlarimizdan qolgan bebaho tufha, hammamizga birdek qadrdon, qondosh-u jondosh qavmlarimiz bo‘- ladilarki, biz ular salohiyatiga qo‘limizni ko‘ksimizga bosib, hamisha ta’zim qilmog‘imiz misli yo‘q iqtidorli kishilarimiz bilan haqli ravishda faxr etmog‘- imiz lozim.
Yarim jahonni zabt etib, buyuk imperiyani vujudga keltirgan, shohlik saltanatida no‘sh‘u-namo qilgan Zahiriddin Muhammad Bobur ona-yurti Andijonni loaqal bir-bor ko‘rish orzusida hasrat-nadomatlar chekib, olamdan ko‘z yumgan bo‘lsa, Xo‘qandi latifning benazir shoiri Furqat yurtidan yiroq bo‘lishni shunday ta ‘riflaydi:
Fig‘onkim, gardishi davron, ayirdi shah suvorimdin,
G ‘amim ko‘p, ey ko‘ngil, sen bexabarsan oh-u zorimdin.
…Adashgan it kabi Furqat qayon borgum bilolmasman ,
Qachon bo‘lgaykim, topgaymen, xabar yor-u diyorimdin. 
O ‘zbekiston diyorida yo‘q narsaning o‘zi yo ‘q.
Paxtami, pillami yer osti, yer usti boyliklarimi, shirin-shakar mevalar-u, turli-tuman poliz ekinlarimi, hamma-hammasi muhayyo bizda. Hozirgi kunda ona-Vatanimiz O ‘zbekiston jannatmakon o‘lkaga aylangan. Har-xil mevalar-u, shirin-shakar qovun-tarvuzlar, hattoki, tosh ham unar bu tuproqda.
Foydali qazilma boyliklarini aytmaysizmi. Neft, gaz, ko ‘mir, marmar va hokazo.Tillasi jahonda eng yuqori sifatliligi bilan ajralib turadi. Qorako‘l terisi-yu, «oq oltini» jahonni o‘ziga maftun etadi. Vatan, sening madhingni dilimda kuylayman, tilimda so ‘ylayman, ongimda seni sevib e’zozlayman. Boringga shukur, O ‘zbekistonim!

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling