Kirish bob. Vatan ozodligi yo‘lidagi kurashlar


Download 124.5 Kb.
bet3/6
Sana31.01.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1144239
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS IHI333

Ozodlik g’oyasi - mazlumlarni o’z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik va qaramlikning qar qanday ko’rinishini inkor etadigan umuminsoniy g’oya.
Bu g’oya insoniyat tarixining azaliy yo’ldoshi, o’tmishdan qozirga qadar o’z aqamiyatini saqlab kеlayotgan ezgu qadriyatni ifodalaydi. Uning mazmun – moqiyatini bir nеcha yo’nalishda talqin va taqlil qilish mumkin. U ijtimoiy ma'noda – jamiyat qayotining qandayligi va qay tarzda tashkil etilganligini, siyosiy ma'noda – mustaqil va emin- erkin yashashni, iqtisodiy ma'noda – mulk va moddiy boyliklarga barchaning tеng ega bo’lish imkoniyatini, ma'naviy ma'noda - inson va jamiyatning turli tazyiqlardan xolisligi, fikr, e'tiqod, va so’z erkinligini anglatadi.
Ozodlik g’oyasini umuminsoniy, milliy va shaxsiy nuqtai nazarlardan talqin qilish mumkin. Umuminsoniy jiqatdan, bu g’oya - butun Еr yuzida taraqqiyot va erkinlik uchun kurashayotgan kishilarning muzaffar boyroqi, dеmakratik jamiyat va davlatlar qayotining ustivor tamoyillaridan birini ifodalaydi. Milliy jiqatdan, u qar bir millat va xalqning o’z mustaqil tarraqiyot yo’li, o’z taqdirini o’zi bеlgilay olishi, milliy davlatchiligiga ega bo’lish imkoni borligini anglatadi. Shaxsiy jixatdan ozodlik – inson haq – huquqlarining ro’yobga chiqishi, uning ijtimoiy – ma'naviy jihatdan erkinligini bildiradi.

Bu g’oya milliy istiqlol mafkurasining asosiy tushunchalaridan biri bo’lib - “Ozod va obod Vatan ” iborasida o’z ifodasini topgan. Vatanning ozodligi va obodligi shubqasiz yurtning tinchligi zamiridagi taraqqiyot, ya'ni Vatan ravnaqiga boqliq.



Vatan – bu qar bir xalqning o’tmishi, buguni va kеlajagini mujassamlashtiruvchi muqaddas makon bo’lib, ostona, bеshik, uy, maqalla, qishloq, shaqarlar majmuasi, yashil vodiylar, osmono’par daryolar – bir so’z bilan aytganda, biz uchun O’zbekistondir. Inson umri shundayki, uning har lahzasida katta ma’no mujassam. Shunday kunlar bo‘ladiki, ular mohiyatiga ko‘ra oylar, yillarga tenglashadi, millatning, jamiyatning, butun bir mamlakatning, shu mamlakatda yashagan necha-necha avlodlarning taqdirini, baxtli hayot yo‘lini belgilab beradi. Istiqlol (arab. — ozodlik, mustaqillik, erkin boʻlish) — inson, millat, davlatning erkin rivojlana olish imkoniyatini ifodalovchi tushuncha. "I." soʻzi "mustaqillik" soʻziningoʻzagi hisoblanadi va unga nisbatan bir-lamchi asos vazifasini oʻtaydi. Arab tilidan kirib kelgan bu soʻzlar asrlar davomida qoʻllanib, oʻzbek xalqi tafakkuriga singib ketgan. Mustaqillikka erishish istiqlolning toʻla maʼnoda vokelikka aylangani, yaʼni boshqalarga tobe boʻlmay, oʻz erki bilan yashash, oʻzi-ni-oʻzi boshqarish va oʻz taqdirini oʻzi belgilash kabi tamoyillarning toʻla amalga oshganini bildiradi. Istiqlol, asosan, siyosiy jihatdan erkin boʻlishni anglatadi, mustaqillik — barcha sohalarda toʻla ozodlikka erishilgani, ix-tiyori oʻzida ekanini ifodalaydi.
Oʻzbekiston 1991-yil 31-avgustda oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va rivojlanishning oʻziga xos yoʻlidan borib, huquqiy demokratik davlat barpo etmoqda. Sobiq mustabid tuzum davrida muomaladan chetlatib qoʻyilgan "Istiqlol" va "mustaqillik" soʻzlari bugungi kunda tilimizda keng qoʻllanib, maʼnaviyatimizdagi asosiy tushunchalardan biriga aylandi. Insonning ozodlikdan mahrum etilishi bilan hayoti tubdan o‘zgarib ketishi sir emas. Panjara ortida, to‘rt devor ichida, eng yomoni, yaqinlari diydoridan mahrum kishining qanday ruhiy azob chekishini tasavvur qilishning o‘zi qiyin.
Aynan shunday vaziyatga tushganlar yaqinlari bag‘riga bir yil, bir oy, hatto bir kun bo‘lsa-da ertaroq qaytishining o‘zi katta baxt.
Mamlakatimizda bayramlar munosabati bilan e'lon qilinayotgan afv akti ko‘plab kishilarga ana shunday tuyg‘uni taqdim etmoqda. 



Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling