Kirish bob. Vatan ozodligi yo‘lidagi kurashlar


Download 124.5 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2023
Hajmi124.5 Kb.
#1144239
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS IHI333

Tinchlik –oliy qadriyat .U muqaddas tuyg’u.1991 yilning 31 avgust kuni tariximiz solnomasida xuddi shunday mo‘’tabar kun sifatida muhrlanib qoldi. Shu kuni qabul qilingan tarixiy qarorga binoan, 1 sentyabr yurtimizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb e’lon qilindi. Xalqimizning asriy orzularini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z orzu-umidlariga mos ravishda hayot kechirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratib berish, yangi mustaqil Vatanni butun choralar bilan mustahkamlash, uni turli xurujlardan himoya qilish istiqlolimizning bosh g‘oyasi, asosiy maqsadi deb belgilandi.
Darhaqiqat, dunyoda mamlakatlar, davlatlar ko‘p. Lekin shu aziz zaminning farzandlari, salkam 35 millionlik xalqimiz uchun muqaddas O‘zbekistonimiz yagona. Uning zamini aziz va qadrli. Vatan mustaqilligi – bu qadr-qimmatini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan, bebaho ne’mat. Shu bois ham biz uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom bo‘lmish Mustaqillik bayramini har tomonlama chuqur tayyorgarlik bilan kutib olish mamlakatimizda ezgu an’anaga aylanib qolgan.
2020 yil 17 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorni o‘qiganda ­bugungi tinch-totuv hayotimizdan, mamlakatimiz va xalqimiz erishayotgan yutuq va muvaffaqiyatlardan mamnun bo‘lish barobarida, ertangi yorug‘ kunlarimiz, kelajagi buyuk O‘zbekistonni barpo etishga bo‘lgan ishonchimiz yanada ortadi.Qarorda ta’kidlanganidek, Mustaqillik yillarida ko‘p millatli O‘zbekiston xalqi o‘zining buyuk salohiyati, mustahkam irodasi va matonatini namoyon etdi, og‘ir sinov va mashaqqatlarni mardona yengib, katta taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.Jamiyatimizda tinchlik va barqarorlik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhiti mustahkamlanmoqda. Yangi O‘zbekistonni barpo etish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar, hayotimizning barcha jabhalarini erkinlashtirish, iqtisodiyot va uning tarmoqlarini, xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari va daromad manbalarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Mustaqillik – bu eng avvalo huquq demakdir. Faqat mustaqillik orqaligina yurtimizda yashayotgan har bir inson o‘z qadr-qimmati, or-nomusi va g‘ururini angladi, istiqlol yurtimizda yashayotgan, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy omili bo‘ldi.Xalqning ma’naviy ruhi mustahkamlandi, ijtimoiy faolligi oshdi, ogohligi ta’minlandi. Yanada muhimi — bugun mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro, jinsi, irqi, millati, tili, dini, e’tiqodi va mavqeidan qat’i nazar, O‘zbekistonni o‘zining aziz Vatani, oltin beshigi deb hisoblaydi. Bu beshikning tinch-totuvligi, yanada gullab-yashnashi uchun o‘zini mas’ul deb biladi. O‘zbekistonning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori kun sayin oshib borayotganidan, nufuzi mustahkamlanayotganidan cheksiz faxrlanadi.Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-totuvlikka, ahil-inoqlikka hammaning havasi keladi. Mamlakatimizning tarixan qisqa davrda o‘zini o‘zi boqishga qurbi yetmagan nochor o‘lkadan o‘z kuchi va salohiyatiga tayangan, o‘z sarhadlari, o‘zining tinch va osuda hayotini himoyalashga qodir bo‘lgan, bugun izchil va barqaror sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan zamonaviy, mustaqil va suveren davlatga aylangani barchamizga g‘urur-iftixor bag‘ishlamoqda.Bu yutuqlarga mustaqillik bois erishildi, davlatimiz rahbarining qat’iyatli, shijoatli xalqchil siyosati, xalqimizning sabr-bardoshi, g‘ayrat-shijoati, ulug‘ kelajakka bo‘lgan qat’iy ishonchi, oliyjanob fazilatlari bois, mustaqil taraqqiyot yo‘lida uchrayotgan turli sun’iy to‘siqlar yengib o‘tilmoqda. Dunyoning turli mamlakatlari millatlararo majarolar, eksterimizm, terrorizm, narkotrafik, odam savdosi kabi balolardan ozor chekib turgan bir paytda, yurtimizda xalqimizning moddiy farovonligi tobora yaxshilanib, yangi ishchi o‘rinlari barpo etilayotgani, oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanib, daromad manbalari ko‘payayotgani havas qilishga arziydi. Xalqimiz chindan ham, bugungi dunyoqarashi, ongu tafakkuri, hayotga, mehnatga, yon-atrofda kechayotgan voqea-hodisalarga munosabati, ijtimioiy-siyosiy qarashlari bilan o‘tgan asrning 90-yillari odamlaridan keskin farq qiladi. Zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, jismonan chiniqqan, xalqaro fan olimpiadalari va sport musobaqalarida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritib, g‘oliblik shahsupalarini birin-ketin zabt etayotgan yoshlar esa buyuk istiqlolimiznin umidbaxsh mevalari, xalqimizning ishonchi va tayanchidirlar.
Dunyo mamlakatlari tarixidan yaxshi ma’lumki, mustaqil fikrlay oladigan, har jihatdan malakali va bilimdon, barkamol yoshlar millat oldida turgan har qanday murakkab, mas’uliyatli vazifani hal etishga qodir bo‘ladilar. Biz bugun bosib o‘tilgan o‘ttiz yillik tarixan qisqa, ammo zalvorli davr ichida erishgan yutuqlarimiz haqida o‘ylar ekanmiz, davlatimizning bu borada tutgan yo‘li naqadar to‘g‘ri ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
Tarixda jangu jadallar bilan mustaqillikka erishgan, ammo beparvolikka yo‘l qo‘yib, hamjihat bo‘lmay, yagona maqsad yo‘lida birlashmay, uni qo‘ldan boy bergan mamlakatlar, xalqlar ko‘p bo‘lgan. Ne baxtki, xalqimiz tarixning bu achchiq saboqlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib, mustaqillikni, mamlakatdagi tinch-totuv hayotni, millatlararo ahil-inoqlikni saqlab qoldi. Milliy mahdudlikka berilmadi, jahon hamjamiyati bilan ikki va ko‘p tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarni keng miqyosda yo‘lga qo‘ydi. Turmush tarzimizda, ong-shuurimizda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi o‘z ifodasini topdi.
Istiqlolni qo‘lga kiritish millat uchun katta bir yutuq bo‘lsa, uni asrab-avaylash, mustahkamlash, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy asoslarini yaratish, jamiyat hayotini tamomila yangitdan izga solish va rivojlantirish, yangi jamiyatning yangi a’zolarini tarbiyalashdek muhim vazifalarni xuddi shunday buyuk g‘alabaga tenglash mumkin.Istiqlolimizning har kuni, har oyi, ta’bir joiz bo‘lsa, har daqiqasi tinimsiz kurashlar, izlanishlar bilan o‘tmoqda. Hamma sohani isloh qilishga, mustaqillik imoratini poydevoridan boshlab qayta qurishga, mamlakat iqtisodini yanada sog‘lomlashtirishga, iqtisodiy uzilishlarning oldini olishga, ya’nikim omilkorlik va tadbirkorlik bilan ish tutishga to‘g‘ri kelmoqda.Donishmand bobolarimiz pandu o‘gitlarida, davlat arboblarining siyosiy-huquqiy qarashlarida har qanday millat ahil va inoq bo‘lmasa, o‘zi ko‘zlagan maqsad sari intilishida bir yoqadan bosh chiqarib, sog‘­lom fikr asosida bahamjihat harakat qilmasa, mas’uliyat va hushyorligini yo‘qotadigan bo‘lsa, oxir-oqibatda o‘zining eng katta, tengsiz boyligi bo‘lmish mustaqilligi va ozodligidan judo bo‘lishi mumkinligi takror-takror uqtirilgan. Bundan anglashiladiki, “ommaviy madaniyat” va bosh­qa turli jozibali niqoblarga burkalib, ong-shuurimizga oshkora-pinhona yopirilib kelayotgan, hayotiy tajribasi hali yetarli bo‘lmagan o‘smirlarni nishonga olayotgan, asl maqsadi buzg‘unchilik, yoshlarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itish, dunyo­qarashini egallash bo‘lgan xatti-harakatlarga aslo befarq bo‘lmaslik kerak.Istiqlol daraxtining har novdasi, har bir bargini begona shamollardan asrash lozim. Bu ish bilan har bir kishi, yoshi va kasbidan qat’i nazar, muttasil shug‘ullanishi, mehnat faoliyatida, oila va mahallada millat taqdiriga, mamlakat kelajagiga daxldorlik tuyg‘usini his etishi, atrofida kechayotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmasligi kerak. Bir kishining be­farqligidan bora-bora bir necha kishining befarq va loqaydligi kelib chiqadi. Bu illat juda tez urchiydi. Har bir kishining ogohligi, kuyunchakligi va fidoyiligi esa keyinchalik umumiy ogohlik va xushyorlikka aylanadi.Biz bugun, hayotimizda eng ulug‘ va eng aziz bo‘lib qolgan bayramimizning o‘ttizinchi yilida shu to‘g‘risida o‘ylar ekanmiz, nechog‘li qiyin va murakkab yo‘lni bosib o‘tganimizni, xalqimizning peshonasiga mustaqillik nuri tekkanida mamlakatda, mintaqa hududida, dunyoda qanday qaltis vaziyat mavjudligini doimo yodda tutishimiz zarurligini his etamiz.Butun insoniyat tarixi , xalqimizning necha ming yillik o’tmishi achhiq saboq va xulosalar asosida bir haqiqatni isbotlab bermoqda .Ya’ni , biz barqaror taraqqiyot va farovon hayotga erishish yo’lida o’z oldimizga qanday reja va dasturlarni qo’ymaylik , barcha oliyjanob orzu –inyilishlarimizni amalga oshirishning yagona sharti va garovi – bu tinchlik va osoyishtalik .Insonning eng ustuvor va muqaddas huquqlaridan biri – tinch yashash huquqidir .Davlat va jamiyatning burchui anashu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdan iborat bu huquqni amlga oshirish davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim shartidir . Demokratiyaning insonparvarligi ham birinchi galda anashu mezon bilan o’lchanadi .* Mustaqil, ozod va obod diyorimizning o'tgan yillar davomida erishgan asrlarga tatigulik yutuqlari bugun dunyo hamjamiyati tomonidan ham baralla e'tirof etilmoqda. Qalbimizda faxr-iftixor tuyg'ularini jo'sh urdirayotgan bu ulkan yutuqlar o'z-o'zidan kelayotgani yo'q. Bularda avvalo yurtimizda tinchlik, millatlararo totuvlik ta'minlangani, inson huquqlari eng oliy qadriyat, deb e'tirof etilib, fuqarolarning qonuniy manfaatlari himoya qilinayotgani, aholining barcha qatlamiga bilim olish, emin-erkin mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shug'ullanishlariga etarli shart-sharoit yaratib berilgani muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda.Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xalqimizning eng buyuk ne'mati bo'lgan tinchlik va osoyishtalik barqarorligini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolarning osuda hayotini ta'minlash yo'lida kun-u tun xizmat olib borilmoqda. Aholi bilan uchrashuvlarda erishgan ulkan yutuqlarimizni, bularda avvalo ----------------------------------------------------------------------------------------------------------------I.karimov.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch .Toshkent .Ma’naviyat.2016-yil .73- bet. I.Karivom .Bizdan ozod va obod vatan qolsin.Toshkent.O’zbekiston .1996-yil.3-bet.
yurtimizda tinchlik, millatlararo totuvlik ta'minlangani, qabul qilingan qonunlar muhim omil bo'layotgani tushuntirilmoqda. Ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonunlarga hurmat va ularga itoat etish hislarini kuchaytirish uchun targ'ibot ishlari olib borilayotir.
Ming shukrlar bo'lsinkim, bugun yurtimizda biror-bir fuqaroning o'zini, oila a'zolarini, ularning sha'nini yoki mol-mulkini himoya qilish uchun o'q otar qurolga ehtiyoji yo'q. Bular davlatimiz tomonidan himoya qilingan va biror-bir shaxs ularga daxl qilolmaydi.
Mustaqillikning ikki yili – ko’xna tariximizni , tarixda bizga ajratilgan o’rnimizni chuqur anglash yillari bo’ldi . Bu yillar shu holatlarning sabablarini mafkuraviy aqidalardan holi ravishda ,aql –idrok bilan tahlil qilish yillari bo’ldi .eng muhimi mustaqillikning dastlabki yillari o’z istiqlol va taraqqiyot yo’limizni sobit qadamlik bilan izlash , O’zbekistonni erkin , qudratli va gullab yashnayotgan mamlakatga aylantirish yo’lidagi intilish davri bo’ldi . bu davrda biz o’zligimizni anglash yo’lida ulkan qadam qo’ydik ,o’zimizning tarixiy yo’limizni tanlab oldik .* Tinchlik, xalqaro tinchlik — xalqlar va davlatlar oʻrtasida zoʻrlik ishlatmasdan tashki siyosat olib borishga, oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga va odatda, xalqaro shartnomalarsa mustahkamlab qoʻyilgan majburiyatlarga rioya etishga asoslanadigan munosabatlar: davlatlar urtasida uyushtirilgan qurolli kurash (yaʼni urush)nint yoʻqligi. Dunyo, jamiyat rivojlanib borgan sari xalqaro munosabatlarning subʼyektlari O‘rtasida vujudga keladi gan mojarolar, nizolar, kelishmovchiliklarni hal qilishning zamonaviy yullari, usullari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagi holatlar hisobga olinmoqda: 21-asr boshlarida mojarolarning sabablari va manbalari; mojarolarning ishtirokchilari; mojarolarning xarakteri va mazmuni; bu mojarolarni hal etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati oʻzgarayotganligi. Tinchlik.ni saklash uchun mojarolarning oldini olish, ularni tugatishda diplomatik metodlarning roli maʼlum darajada kamayib, iqtisodiy va moliyaviy vositalarnin- kuchayib borishi kuzatilmoqda. Shuningdek, nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilishda gumanitar operatsiyalar sezilarli rol oʻynamoqda. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan buyen jahonda va Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barkarorlik zarurligidan kelib chiqib oʻz tashqi siyosatini amalga oshirmoqsa. Mamlakatimiz dunyoda tinchlik.ni saklashning barcha xalqaro huquqiy meʼyorlariga amal qiladi va ularga sodiq qoladi.
O‘z kindik qoni to’kilgan , ota –bobolari hoki yotgan ona yurtini dunyoda tengsiz , muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq,g’rur iftixori yuksak bo’ladi .
Vatan ravnaqi avvalo uning farzandlariga , uning farzandlariga ularning maa’naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog’liq .*
.Hamjihatlik bu insonga xos ezgu g’oyalardan biri bo’lib u kishilarni kuchli qila oladi ,negaki hamjihatlikda bajarilgan yumushlarning natijasi kata bo’ladi .
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
.(O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasidan).
Shu kunlarda mamlakatimizdagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Bag‘rikenglik haftaligi muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab kelayotir. Hozirgi kunda Xalq ta’limi tizimidagi 9942 ta umumta’lim muassasasida 6 million 150 ming nafardan ortiq, shu jumladan, ularning orasida turli xil millatga va elatga mansub o‘quvchi va yoshlarga ta’lim va tarbiya berib kelinmoqda.
O‘quv jarayoni Davlat ta’lim standartlariga muvofiq 7 ta (qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman va o‘zbek) tilda olib boriladi. O‘quvchi va yoshlarga sifatli bilim va ko‘nikmalarni egallashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish maqsadida Davlat ta’lim standartlari bilan belgilangan barcha o‘quv darsliklari ham 7 ta tilda nashr etilib, o‘quvchi kontingentiga ko‘ra taqsimlangan holda umumta’lim muassasalariga yetkazib berilmoqda.
Bugungi kunda barcha umumta’lim maktablarida “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”, “Tarix”, “Dunyo dinlari tarixi” kabi umumta’lim fanlari tarkibida o‘quvchi-yoshlarga bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik yo‘nalishida asosiy tushunchalar bosqichma-bosqich berib borilmoqda.

Xalq ta’lim vazirligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 8-sinf uchun “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani doirasida “Millatlararo totuvlik”, “Diniy bag‘rikenglik” va “Ijtimoiy hamkorlik”, 11-sinf “O‘zbekiston tarixi” fani tarkibida “O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va bag‘rikenglik” va “O‘zbekistonda konfessiyalararo munosabat” kabi mavzular doirasida o‘quvchilarga mazkur yo‘nalish bo‘yicha qator bilimlar berib kelinmoqda.


Umumta’lim maktablarining 1-11-sinf o‘quvchilari uchun “Tarbiyaviy soat” mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha o‘quv-mavzu rejasiga asosan “Ona tiliga ehtirom”, “Bobolarimiz merosi”, “Til – dil ko‘zgusi”, “Barcha fuqarolar tengdirlar”, “Donolar bisotidan”, “Bag‘rikenglik”, “Til bilmoq – el bilmoq”, “Bilimli yoshlar – yurt tayanchi”, “So‘zlashish va nutq madaniyati ko‘p tilsimning kaliti”, “Shirin so‘z – jon ozig‘i”, “Til fikr libosidir”, “Zamon bilan hamnafas”, “Buyuk qadriyatlar yaxshilikka yetaklar” mavzulari o‘qitilib kelinmoqda.
Mazkur mavzular doirasida mamlakatimiz hududida uzoq tarixiy davrlar davomida doimiy ravishda turli elat va millatlar o‘zaro do‘stona munosabatlar asosida ahil va inoq bo‘lib yashab kelgani, bir-birini madaniy va ma’rifiy jihatdan doim to‘ldirgani, millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik holatlari biz uchun milliy madaniyatimizning ajralmas qismi ekani atroflicha tushuntirilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 23 avgust kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi yig‘ilishda “Milliy g‘oya”, “Odobnoma”, “Dunyo dinlari tarixi”, “Vatan tuyg‘usi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, 2020/2021 o‘quv yilidan yagona “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich joriy qilish yuzasidan topshiriqlar berilgandi.
Umumta’lim muassasalaridagi o‘quv rejaga muvofiq taqdim etiladigan akademik bilim va ko‘nikmalar bilan bir qatorda, o‘quvchi-yoshlarda o‘zaro hamjihatlik, hurmat, o‘zga millatga mansub shaxslarga nisbatan bag‘rikenglik madaniyatini rivojlantirish maqsadida mazkur yo‘nalish bo‘yicha turli xil seminarlar, konferensiyalar, “davra suhbatlari” ko‘rik-tanlovlar ham muntazam tashkil etilmoqda.
Bag‘rikenglik haftaligi doirasida barcha umumta’lim maktablarida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik yo‘nalishida ijodiy ishlar tanlovi bilan bir qatorda milliy libos, raqs, taom va qo‘shiqlar yo‘nalishlarida turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ahillik, hamjihatlik saboqlari sifatida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlar yoshlarda istiqlol g‘oyasiga sadoqat, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, mehr-muruvvat, ahillik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bag‘rikenglik haftaligi doirasida barcha umumta’lim maktablarida millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik yo‘nalishida ijodiy ishlar tanlovi bilan bir qatorda milliy libos, raqs, taom va qo‘shiqlar yo‘nalishlarida turli xil ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ahillik, hamjihatlik saboqlari sifatida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlar yoshlarda istiqlol g‘oyasiga sadoqat, vatanparvarlik, yurtga sadoqat, mehr-muruvvat, ahillik tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Evroosiyoning “yuragi”da joylashgan Markaziy Osiyo? Yevropa va Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘lovchi ko‘prikdir». Mintaqamiz tabiiy resurslarga boy, bu yerda ko‘plab mamlakatlar va butun mintaqalar rivojiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot salohiyati mavjud. 
Shu bilan birga, Shavkat Mirziyoyevning fikricha, Markaziy Osiyoda jahonning qudratli davlatlarining manfaatlari kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik o‘choqlariga tutash bo‘lgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro‘y berayotgan barcha salbiy jarayonlar ta’sirini his etmoqda. Millatlararo hamjihatlik qaror topmasa, tajovuzkor millatchilik va shovinizmning halokatli g`oyalari tarqalishi uchun qulay vaziyat yaratiladi. Milliy istiqlol g`oyasining amal qilishiga, kishilar qalbi va ongiga singdirilishiga jiddiy zarar еtkazadi. Shuni hisobga olib, mamlakatimizda bu muammo ilmiy asosda, holisona hal qilinmoqda. Millatlar o`rtasida mojarolarga yo`l qo`ymaslik uchun etnik siyosatda shaxs huquqlari himoya qilinishining ustuvor bo`lishini, mamlakatlararo ziddiyatlarni amaliy tarzda hal qiladigan usullarga asoslanishi bosh yo`limiz ekanligiga, bozor munosabatlarini iqtisodiy taraqqiyotda barcha millatlarga mansub aholining manfaatlariga mos kеlishiga, har bir millat madaniyati, tili, urf-odat va an'analari, madaniy mеrosini rivojlantirishga alohida ahamiyat bеrilmoqda. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 24-yanvarda qabul qilingan farmoniga muvofiq Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi munosabati bilan milliy madaniy markazlarning bir guruh faollari faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. 
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 24-yanvar kuni "O'zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida milliy madaniy markazlar faollari bilan uchrashdi. 
Butun mamlakatimiz bo'ylab keng nishonlanayotgan, do'stlik, ahillik bayramiga aylangan ushbu ayyomning Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tavallud kuni arafasida o'tayotganida teran ma'no mujassam. Buyuk Yo'lboshchimiz istiqlolning ilk kunlaridan tinchlik va farovonlikni ta'minlashning muhim omili sifatida millatlararo totuvlikni mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratdi. Mustaqilligimiz e'lon qilingan tarixiy nutqida "Respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha millat vakillarining konstitutsiyaviy huquqlarini muhofaza etish, ularning madaniyati, milliy urf-odatlari rivojlanishiga, ona tilida so'zlashishi va o'qishiga barcha sharoitlarni yaratish uchun bor imkoniyatlar ishga solinadi. Mustaqil O'zbekistonning siyosati ― insoniylik, ezgulik qonunlariga asoslanadi hamda fuqarolar osoyishtaligi va milliy murosa siyosati bo'lib qoladi", deb davlatimiz siyosatini, jamiyatimiz istiqbolini belgilab bergan edi. 
Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimidagi nutqida mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolar totuvligi, o'zaro hurmat va mehr-oqibat muhitini ko'z qorachig'idek saqlash hamda mustahkamlashni o'zining ustuvor vazifasi, deb hisoblashini alohida ta'kidladi. 
Respublika baynalmilal madaniyat markazining 25-yilligi yurtimiz bo'ylab keng nishonlanayotgani ham mamlakatimizda insonparvar, tinchlikparvar siyosat izchil davom ettirilayotganining yana bir hayotiy tasdig'i bo'ldi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev uchrashuvda ushbu muhim masalaga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratib, milliy madaniy markazlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun zarur barcha ishlar amalga oshirilishini ta'kidladi. 
Davlatimiz rahbari Vatanimizning yuksak mukofotlarini tantanali ravishda topshirdi. 

Download 124.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling