To’ra Sulaymonning “ armon” she’rining tahlili


Download 10.39 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi10.39 Kb.
#1481312
Bog'liq
ХУСАНОВА НОДИРА 2215


To’ra Sulaymonning “ ARMON” she’rining tahlili .

Bobomning orzulari amalga oshmas bo‘lsa,
Yurgan yo‘limda o‘lan, qo‘shiq qalashmas bo‘lsa,
Qo‘shiqlarim bog‘lardan, tog‘lardan oshmas bo‘lsa,
El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo‘lsa,
Ko‘nglimda armon yotar
Cho‘kib qolgan nor misol.


Bemavrid xeshlarimning ko‘zlarida yosh ko‘rsam,
Bir mard bilan nopokning taqdirin tutash ko‘rsam,
Qaysi bir begunohni keng yo‘lda adash ko‘rsam,
Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko‘rsam,
Ko‘nglimda armon yotar
Terskaydagi qor misol.

Aro yo‘lda qolguday bo‘lsa biror yo‘ldoshim,
Manzilga yetmay turib, qoqilsa qayg‘udoshim,
Muhtoj bo‘lsa kimgadir, jon ayamas qurdoshim,
Badkor degan nom olsa biror bir vatandoshim,
Ko‘nglimda armon yotar
Ulab bo‘lmas tor misol.

Gulzorni alaf bossa, zog‘ bossa bog‘bon turib,
Muallaq qolsa kimdir, yer turib, osmon turib,
Bir gazanda toptasa tuproqni posbon turib,
Bir yo‘rtoq yo‘l boshlasa, qudratli karvon turib,
Ko‘nglimda armon yotar
Buzilgan ro‘zg‘or misol



  1. Ushbu she’r TO’RA SULAYMONning “ARMON “ deb nomlangan she’ri .

  2. Bu she’r 1996 yilda yozilgan.

  3. Tuyg’u va tushunchalarni har bir inson o’zicha – o’z darajasidan kelib chiqib anglaydi . Masalan, kimningnidur o’zini baxtli hisoblashi uchun unchalik ko’l narsa kerak emas. Boshqalarning havasini keltiradigan hovli-joy , betashvish yashayni ta’minlaydigan mol dunyo bunday odamlar uchun baxt manbasi hisoblanadi. Boshqa bir odam uchun esa bu narsalarning hammasi – bor-yo’g’i qulay yashash sharoitidan boshqa narsa emas . Bunday insonlar baxt tushinchasiga juda katta ma’no yuklaydilar. Bu ma’naviy ruhiy ehtiyojlar bilan bog’liq bo’lib, ularni qondirish oson kechmaydi . TO’RA SULAYMONning lirik qahramoni bu his, bu tushunchaga jiddiy talab bilan yondashadi . Uning ko’nglini hayotning mayda – chuyda hoyu havaslari, o’tkinchi manfatlari armonga to’ldirolmaydi . Bu lirik qahramon hayotda o’ziga nihoyatda katta talablar qo’yadi . O’sha talablarga loyiq bo’lmaslik uni tashvishga soladi .She’rning har bir misrasida faqat lirik qahramon taqdiriga emas ,balki xalq va millat , kelajak va insoniyat taqdiriga daxldor muammolarni bu qahramon o’z muammolari deb bilishi ochila boradi .

  4. Keling shu katta armonga sabab bo’ladigan ayrim holatlariga to’xtaylik:

El-yurt baxtini kuylash menga yarashmas bo’lsa… “
Shu birgina misrada bir necha ma’no nazarda tutilayotganiga e’tibor qarataylik .
Xo’sh , shoirga el- yurti baxtini kuylash qachon yoki nega yarashmaydi?
-agar el-yurt aslida baxtsiz bo’lsa-yu, uni “ baxtli “ deya kuylash chinakam shoirga yarashmaydi ;
- agar o’zini shoirman deb yurgan inson el-yurt baxtini samimiy , ishonarli va ta’sirli kuylay olmasa bu ham yarashmaydi ;
-agar shoir o’z ijodida nuqul muammobozlikni hasrat bilan shug’ullanib , baxt qo’shiqlarini kuylashdan qolgan bo’lsa , bu zo’rma zo’rakilik yarashmasligi bilan darrow o’zini fosh qiladi…
5 Mening fikrimcha , iste’dodli shoir har bir misraga falon qatlamli ma’no singdiraman , deya oldindan reja qilishi shart emas . Ilhom mahsuli bo’lmish quyma misralar shoir ixtiyoridan ayri holda o’zining mong bir jilvasi va ming bir ma’nosini bag’riga jo qilib dunyoga keladi
Shunday shoirlardan biri deb TO’RA SULAYMONni hisoblayman. Ijod namunalarini har doim kuzatib , o’rganib boraman . Bundan tashqari , shoirning “ARMON” nomli she’rining har bir misrasidan ruhiyatga oziq bo’luvchi ma’nolarni ko’plab topa oldim
Download 10.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling