Butir monologi


Download 16.53 Kb.
Sana19.10.2023
Hajmi16.53 Kb.
#1709948
Bog'liq
Lirika


Davlat bolalari - BUTIR MONOLOGI
Odam dunyoga nima uchun keladi? Yaxshi yashash uchun keladi! Bolalarni esa davlatni o’zi boqib olaveradi. Yo gapim noto’g’rimi a?!..
Mana men ota onamni kimliginiyam bilmayman… Hammani aldab, akademikni o’g’liman deyman… Qani? Qani o’sha akademik? Qayerlarda o’sha akademik??? Kimni o’g’liman unda, o’zimam bilmayman…
Otani tayini bo’lmasligi mumkin, Lekin farzand onasiz dunyoga kelmaydiku, to’g’rimi?! To’g’ri…Kimdir meni tuqqan bo’lishi kerak! Lekin kim??? Hech kim bilmaydi… Qaniydi men ham ayamni ko’rsam, oyoqlariga yopishib olib hech qo’yvormasdim, ko’ksilariga boshimni qo’yib, to’yib-to’yib hidlab, “Ayajon! Ayajon!” deb chaqirgim keladi…
Demak ,ota-onam yoshlik paytlarida o’ynab-kulib qolaylik deyishgandirda… Mayli men ularga ta’na qilmayman. Tarallabedod yashayverishsin! Davlatimiz boy, yetimparvar davlat! Qancha yetim bola bo’lsa boqib olaveradi, och qoldirmaydi, yalong’och qoldirmaydi… Meni otamam, onamam davlat! Davlat meni boqdi, davlat kiyintirdi. Menam o’ylab-o’ylab, oxiri osongina Butir Davlatovich bo’lib boyib ketdim! Odam ism-familyasiz bo’lmaydiku… Hatto, ismimniyam o’zim tanladim. Butir! Bolalar uyining tirmizagi degani… hech kimda yo’q yagona ism… Ilojim qancha…
Mana siz, ko’chada yurgan daydi itlarni ko’rganmisiz, ularni ko’zlarini, mungli boqib turgan ko’zlarini ko’rganmisiz?! Yoooq! Ko’rmagansiz! Aksincha, qo’rqqansiz, jirkangansiz!... Daydi itam yetim boladay gap! Hammaningam rahmi kelib o’ziga yaqinlashtiravermaydi. To’g’ri, dunyo faqat xudbin odamlardan iborat emas, yetimparvar, shavqatli odamalaram bor. Ular ko’pincha bolalar uyiga kelib ota-onasi tashlab ketgan bolalarni o’zlariga farzand qilib olishadi. Ana o’sha paytda biz yetimlarni ahvolini ko’rsanglar edi!...
Birov bola oladi degan so’zni eshitsam, hammadan oldin yasanib-tusanib, shay bo’lib turib olaman…Zora meni olishsa… Nimalar qilmasdim, nimalar qilmasdim, sherlar aytib berardim, raqsga tushib berardim, qo’shiqlar aytib berardim… lekin negadir meni emas, boshqalarni olishardi…
Bir kun meniyam olishmoqchi bo’lishgan. Bo’lajak dadamlar yurist chaqirib, hujjatlar rasmiylashtirguncha, bo’lajak ayamlar meni bog’ga sayr qilishga olib ketdilar. Ana o’sha paytda xursandligimni ko’rsanglar. |Huddi egasini topib olgan kuchuk bolasiday ayamlarni ortilaridan irg’ishlab chopaman deng… Lekin baxtiyorligim uzoqqa cho’zilmadi. Bolalar uyiga qaytib kelgach bo’lajak ota-onam mendan aynib qolishdi. Nimalarnidir shivirlashdida, sekin xayr-xo’shniyam nasiya qilib, jo’nab qolishdi… Men hayron bo’lib qolaverdim...
Keyin so’rab surishtirsam, meni bir qulog’im ikkinchisidan kattaroq,shalpangquloq ekan. Ana shu kamchiligimni sezib meni bolalar uyidan olishmabdi… Ko’cha-kuyda yursam, ayol, erkak-u kimni ko’rsam, sekin bildirmasdan qulog’iga nazar solaman… |Afsuski, meni qulog’imga o’xshaydigan boshqa quloqli insonni ko’rmadim…
Meniku otamam, onamam… Axir sizlarniki borku… Shukur qilinglar…!
Tazarru
Artaman yuzlaring yuvgan tomchini,
Bilaman bu yurak yoshlaring ona.
Garchi tan olishni suymaydi jinim -
Meni deb oqardi sochlaring ona.

Ba'zida itoat qilmay yig'latdim,


Ko'zyoshing nazarga ilmay yig'latdim.
Goh bilib, gohida bilmay yig'latdim,
Meni deb oqardi sochlaring ona.

Ko'zimga keng olam torayib bordi,


Ko'rligim kun sayin zo'rayib bordi.
Borgan sari yuzim qorayib bordi,
Meni deb oqardi sochlaring ona.

Yuragim yonmoqda lolazor kabi,


Xuddi ko'ksimda bir ajdar bor kabi.
Qora parqdan yoqqan oppoq qor kabi
Meni deb oqardi sochlaring ona.

Bolang bo'lib bir bor darding olmadim,


Yuragingga ozor berib tolmadim.
Kechir, oq sutingni oqlayolmadim,
Meni deb oqardi sochlaring ona.

Dunyoda tirnoqqa zor o'tgan qancha,


Tirnoqqa yetib ham xor o'tgan qancha.
Tosh tug'sang bo'lmasmi meni tug'gancha,
Meni deb oqardi sochlaring ona.

Tabassuming ko'rib ko'nglim chog'layman,


Qaniydi bir umr shodliging ko'rsam.
Bilmadim, o'zimni ne deb oqlayman,
Ertaga Xudoning oldiga borsam.


Meni deb oqardi sochlaring Ona.
Download 16.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling