Mexrjon Bayrami Saydoripova Saye yora 2-sinf


Download 225.98 Kb.
bet1/6
Sana22.04.2023
Hajmi225.98 Kb.
#1379609
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mehrjon bayrami senariysi










Mexrjon Bayrami
Saydoripova Saye yora
2-sinf



Kuz – Mexrjon Bayrami Ertaligi Ssenariysi.
Zal bayramona bezatilgan shoʻx musiqa ostida bolalar zalga kirib
oʻz joylarini egallaydilar.


Jarchi: Odamlaru odamlar, bogʻda bitgan bodomlar,
Eshitmadim demanglar, eshitganlar jilmanglar.
Gʻir – gʻir shamol yelibdi, shir – shir barglar tushibdi.
Chak – chak yomgʻir yogʻibdi, oʻlkamga kuz kelibdi .
Exe....... xe....... xe........ xe...........yeeee ...........


Boshlovchi: Assalom xalqimning mirishkorlari,
Assalom xalqimning qahramonlari,
Assalom xalqimning dehqon- paxtakori,
Assalom davramiz mehmonlari.
Bolajonlar assalom, doʻstlar assalom.
Bugun sizga taʼzim hamda ehtirom !


Bolalar “Oltin kuz“ qoʻshigʻini kuylab beradilar .


Bola : Paxtakor otaxonlar, ulkan xirmon muborak,
Dovrugʻingiz boʻldi doston,sharafu-shon muborak !


Bola : Endi katta toʻylar boʻlar, aziz inson muborak,
Sizga yurak olqishlarim, bobo dehqon muborak !


Bola : Bogʻbonlru – dehqonlar, mirishkor paxtakorlar,
Hosilni yigʻib – terib, keldilar mehmon boʻlib.
Bu mehrjon bayrami, hursand qilar hammani !


Bola : Quyosh mehribon boʻlsin , omborlar donga toʻlsin.
Dehqonning baxti kulsin, hosil bayram muborak !


Bola : El tashvishin tashasin, har kun palov oshasin.
Dehqon bobom yashasin, hosil bayram muborak !


Qizlar “Atlas koʻylak”raqsini ijro etib beradilar .


Boshlovchi : Kuzimizning goʻzalligin, siz bolalar koʻrganmisiz ?
Tokdan husayni, yerdan qirqma , shoxdan behi uzganmisiz?
Uzum uzib,sharbat suzib, shinniga oʻt yoqqanmisiz?
Gala – gala, shoda – shoda, duv – duv yongʻoq qoqqanmisiz ?

Bularni ham qoʻyavering, dalamizga chiqqanmisiz?


Paxtazordan uyum – uyum , oq oltinni terganmisiz ?
/ Musiqa ostida davraga KUZ fasli, oʻzining yordamchilari: shamol, yomgʻirla-
ri bilan kirib keladi ./


Kuz : Men kuzman sizlarga oltin kosada,
Sharbat ola keldim, bol ola keldim .
Savat – savat qilib, shirin mevalar,
Omborlar liq toʻla , don ola keldim .
Keng vodiylar toʻla, dalalar toʻla,
Paxta ola keldim, shon ola keldim .



Download 225.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling