Boshlovchi: Xush kelibsan ! Oltin Kuz. Bolajonlarga nimalar olibkelding?
Kuz : Men sizlarga topishmoqlar olib kelganman . Men ularsiz saxovatli
Oltin Kuz boʻla olmayman .
Yer tagida oltin qoziq, u hammaga boʻlar oziq .( sabzi ).
Yer ustida mushtday quyruq . ( qoʻziqorin ) .
Oʻzi koʻm – koʻk , yuzi qip – qizil . ( olma ).
Kichkina dekcha ichi toʻla miqcha . ( anor ) .
Pak – pakana boʻyi bor , yetti qavat toʻni bor .( piyoz ) .
Xoʻppa semiz bir tuki yoʻq . ( tarvuz ).
Boshlovchi : Oʻlkamda kezar bu dam , oltin kuz sirli rassom .
Oʻynatadi moʻyqalam, dilda qaynaydi ilhom .
Paxtalarga kumush rang, surmoq boʻlib shoshadi.
Bogʻni qilgan rang – barang,koʻrib zavqing toshadi .
Bolalar “Olma pishganda” raqsini ijro etib beradilar .
Boshlovchi : Bolalar qaranglar davramizga Dehqon bobo tashrif buyurayapti!
Dehqon bobo “ Dilxiroj “ musiqasiga Paxtaoy bilan birga raqsga tushib kirib keladilar . /
Dehqon bobo : Assalomu alaykum aziz mehmonlar , jajji bolajonlar!Ho-zir men sizlarning huzuringizga paxtazoru – bogʻlardan, tinmay mehnat qilayotgan ishchi – dehqonlar oldidan kelyapman .Mana , bu yil meva – sabzavotlarimiz moʻl – koʻl boʻldi . Paxta va bugʻdoy rejalarimiz ham bajarildi .
Men oʻzim bilan Paxtaoyni olib kelganman
Paxtaoy : Men Paxtaoy, Paxtaoy , Oʻzbekiston menga boy.
Xalqimni ziynatiman, mehmonni izzatiman .
Qalbim yumshoq oppoqdir, kelajagim porloqdir .
Meni derlar Paxtaoy yurtimni qilaman boy.
Besh yulduzdir chanogʻim, ochildim yoʻq sanogʻim .
Yana ham koʻtarib boʻy , yurtga beray katta toʻy .
Bolalar “ Paxta “ qoʻshigʻini kuylab beradilar .Shundan
soʻng bolalar “ Paxta “ raqsini ham ijro etib beradilar .
Do'stlaringiz bilan baham: |