Qovun : Sertoʻridan, sarigʻidan, meni qovun deydilar.
Obihayot shirinnovvot, uzib qoling deydilar.
Piyoz : Ishladilar bahor, yoz, kuzda pishdim men piyoz .
Sabzi : Yupqagina poʻstim bor, “A” vitamin doʻstim bor.
Topishmoqda yoziqman, oʻsha oltin qoziqman .
Qalampir: Men qalampir, qalampir achchigʻim yeb soʻng gapir .
Tarvuz : Men tarvuzman, men tarvuz, kelib qolibdiku kuz.
Chertib, chertib soʻngra uz, rejalarim boʻlsin yuz .
Karam : Barglarim taram- taram , meni deydilar karam.
Tuzlab koʻproq yeydilar, mazzasi zoʻr deydilar .
Sholgʻom : Shoʻrva qilib solasiz, ichib terlab qolasiz.
Boʻling doimo sogʻlom, meni ismimdir sholgʻom .
Nok : Mevalarning ichida, qomatlarim oʻzgacha.
Rangim sariq va koʻkroq, nokman husnim boʻlakcha.
Xurmo : Olislardan kelganman, xoʻp dunyolar kezganman.
Oʻzbegimning uyiga, xurmo boʻlib kelganman .
Yongʻoq : Men yongʻoqman boy yongʻoq, turar joyim balandroq.
Oʻzim kichik dumaloq, kaltak olib soʻngra qoq .
Dehqonbobo : Olib qoling, olib qoling, keling doʻstlar, sotib oling!
Meva va sabzavotlar , oʻzini koʻz- koʻz qilar .
Qani- qani, olinglar, ovqatga tez solinglar.
Bularni yegan bola , sogʻlom boʻladi juda !
Endichi ,bolajonlar! Mana shu sehrli meva va sabzavotlardan “ Kim tez
savatchalarga meva va sabzavotlarni yigʻish “ harakatli oʻyinini oʻynaymiz.
Men sizlarni chaqqonliklaringni bir koʻray- chi.
Bolalar “ Kim tez savatchalarga meva va sabzavotlarni yigʻish”
harakatli oʻyinini oʻynab beradilar .
Dehqonbobo : Bolalar, men sizlarga topishmoq aytaman, sizlar esa topish-
moqni qunt bilan tinglab, oʻylab topishingiz kerak . Topishmoqning nomi,
“ Bu qanday fasl ? “ deb nomlanadi .
Kunlar borgan sari qisqaradi .Dehqonlar yerga ekkan sabzi, piyoz,
kartoshka, karam va paxtalarni yigʻib – terib oladilar. Qaldirgʻoch, turna,
mayna va boshqa qushlar issiq oʻlkalarga uchib ketadilar. Olmaxonlar yon-
gʻoq yigʻadilar.
Qani aytinglar-chi, bu oʻzgarishlar qaysi faslda roʻy beradi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |