Bayramingiz muborak, aziz ustozlar
Download 28.38 Kb.
|
1 2
Bog'liq1-Oktabr bayramingiz muborak, aziz ustozlar ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi Assalomu-alaykum shu muhtasham dargohga tashrif buyurgan qalbi ummon, mehri daryo ustoz va murabbiylar! 2-boshlovchi
- _________________
- - Allomalar chiqishi (1.Farobiy 2. Avloniy 3. Behbudiy 4. Navoiy 5. Beruniy )
1-OKTYABR “O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR” KUNIGA BAG‘ISHLANGAN “BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ USTOZLAR” MAVZUSIDAGI SSENARIY 1-boshlovchi Qadaming gul erur, nigohing bo‘ston. Ta’rifing shoirlar tilida doston. Bundayin sharafga yetishmoq uchun, Ustoz bo‘lib tug‘ilmoq emasdir oson. 2-boshlovchi Bugun jahongirlar maktabga borar Mehr chirog‘idir qaroqlaringiz Olamda eng ulug‘ kamtarin zotlar Hech qachon o‘chmasin chiroqlaringiz 1-boshlovchi Assalomu-alaykum shu muhtasham dargohga tashrif buyurgan qalbi ummon, mehri daryo ustoz va murabbiylar! 2-boshlovchi Assalomu-alaykum davramiz ahli, aziz mehmonlar va davra qatnashchilari. Bugun biz o‘z qalb qo‘rini, ko‘z nurini, mehr – muhabbatini barkamol avlodlarni tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani zimmalariga olib, bel bog‘lagan ustozlarimizni, murabbiylarimizni qutlash maqsadida to‘planganmiz. 1-boshlovchi Davrani ochib berish uchun ilk tabrik so‘zini ______________________________________________________________________________________________________ marhamat. 2-boshlovchi Muallim qasidani sizga atadim, Sizni ta’riflamoq bo‘ldi maqsadim. Bir umr sodiqman shogirdlik ahdim Insonlar insoni sizsiz muallim, Zamonam vijdoni sizsiz muallim. _________________ 1-boshlovchi O‘qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Dunyoning hech qaysi mamlakatida o‘qituvchi murabbiylarga bu qadar e’tibor qaratilmagan. Respublikamiz Prezidentining farmoni bilan 1997-yildan boshlab 1-oktabr – o‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelinmoqda. 2-boshlovchi Jamiyatning buguni va ertasi uning madaniy-ma’rifiy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarning fidokorona mehnatlariga bog‘liq ekanligi barchamizga ayon. 1-boshlovchi To‘g‘ri aytasiz Nodiraxon. O‘qituvchilikning ko‘p qirrali, sermazmun, murakkab faoliyatida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularning ilm-fan sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi. 2-boshlovchi Hurmatli mehmonlar, aziz murabbiylar bugungi bayram dasturi sizlar uchun. Marhamat, tomosha qiling. Qo‘shiq. Ijro etadi ____________________________ 1-boshlovchi Keling endi tarix zarvaraqlariga bir nazar tashlaylik. Bizning xalqimiz qadim-qadimdan dunyoga ko‘plab allomalar, aziz avliyolar, shoir va mutafakkirlarni yetkazib bergan. Ularning ilm-u fikrati butun dunyoni lol qoldirgan. 2-boshlovchi Nega she’r yozmayin yurakdan yonib, Nega tazim qilmay sizga bu mahal. Nega xizmatingiz qilmay quvonib, Ey aziz muallim, ustozi avval - Allomalar chiqishi (1.Farobiy 2. Avloniy 3. Behbudiy 4. Navoiy 5. Beruniy ) - (parda ortida) Mustaqil vatanim ozod diyorim Qalbimiz baxshida zamonamizga Ildamchim o‘zingsan kuylar qalb torim Jo‘r bo‘ling azizlar taronamizga Download 28.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling