Hisobni o‘rganib oldim!


Download 73.78 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi73.78 Kb.
#1588852
  1   2   3

HISOBNI O‘RGANIB OLDIM!”
(1-sinflar uchun sinfdan tashqari o’tkaziladigan tadbir ssenariysi)
Maqsadlar:
ta’limiy: o’quvchilarning matematika faniga bo’lgan bo’lgan qiziqishini oshirish, matematika faniga oid turli didaktik o‘yinlarda ishtirok etish orqali BKM larini mustahkamlash;
tarbiyaviy: o’quvchilarni bir-biriga yordam berish, sezgirlik,ahillik, do‘stlik, hamjihatlik, do’stona raqobat ruhida tarbiyalash;
rivojlantiruvchi: og’zaki nutqini o’stirish, dunyoqarashini, tez, aniq mantiqiy fikrlashini rivojlantirish.
Tadbir turi: o’yin-musobaqa.
Tadbir metodi: tezkor savol-javob, guruhlarda ishlash, turli didsktik o‘yinlar.
Tadbir jihozi: Maktab zali shar, matematika darsligining katta maketi bilan bezatiladdi, sahna to’riga “HISOBNI O‘RGANIB OLDIM” jumlasi katta harflar bilan yozib qo’yiladi.
Tadbirning borishi:
O’qituvchi: Assallomu alaykum, qadrli ustozlar, mehribon ota-onalar, aziz o‘quvchilar, davramiz qatnashchilari! Mana, ko’z ochib yumguncha IV chorakka ham yetib keldik. O’tgan davr mobaynida bizning jajji 1-sinf o‘quvchilari o’sib-ulg’aydi, bo’ylari ham cho’zildi. Ular qunt bilan bilim olib, ifodali o’qishni, husnixat bilan yozishni, hisob-kitobni o’rganib oldilar. Bugun ular ikki guruhga bo’lingan holda “HISOBNI O‘RGANIB OLDIM” deb nomlanuvchi tadbirimizda matematika fanidan olgan bilimlari yuzasidan o’zaro belashmoq uchun chog’lanib turibdilar. Musobaqa quyidagi shartlar asosida o’tkaziladi:

  1. “Kim chaqqon”

  2. “Masalani tez yeching”

  3. “Eshitganingni ishla”

  4. “Shakllarni sana”

  5. “Mantiqiy savollar”

Mana, shartlar bilan ham tanishib oldik. Endi maktabimizning tajribali ustozlari va faol ota-onalardan iborat hakamlar bilan tanishtiramiz… Barcha shartlar 10 balli tizimda baholanadi va hurmatli hakamlarimiz tomonidan e’lon qilib turiladi. Bolajonlar o‘z guruhlariga chiroyli nom topib, guruh sardorini saylab, emblema chizib tadbirga oldindan tayyorlanganlar. Endi davramizga matematika darsligini taklif etamiz. Marhamat!
Bir o‘quvchi matematika darsligining maketini ko’tarib chiqadi va quyidagi sh’erni aytadi:
Mening ishim hisob-kitob,
Hamda berish nur-u-oftob.
Bo‘lmay qolsam agar bir kun,
Dunyo bo‘lar zim-ziyo tun.
O‘rgan meni erta-yu kech,
”Yomon” baho bo‘lmasin hech.
Kimki bilsa meni a’lo,
U bilimli hamda dono.

Download 73.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling