Amaliy topshiriqlar. Hurmatli talabalar! Quyida masalalar berilgan. Har bir talaba individual tarzda
Download 199.58 Kb. Pdf ko'rish
|
biomasalaamaliy (1)
Amaliy topshiriqlar. Hurmatli talabalar! Quyida masalalar berilgan. Har bir talaba individual tarzda masalalarni ishlab, hamda pdf holatida Ism familiyangiz yuqori qismida ko’rsatilgan holatda yuborishingiz so’raladi. Noto’g’ri javob taqdim etgan yoki boshqa talabaning javobini yuborgan, ism familiyasi qayd qilinmagan, shartlar bo’yicha javob taqdim etmagan talabalarning javoblari baholanmaydi. 1. Onasi shabko`r (geterozigota), otasi polidaktiliya bilan kasallangan sog` qiz otasi shabko`r va polidaktiliya bilan kasallangan, onasi sog` yigitga turmushga chiqdi. Yigit shabko`rlik bilan, uning ukasi polidaktiliya bilan kasallangan. Shu oilada tug`ilgan farzandlarning echa %i shabko`rlik bilan kasallangan bo`lishi mumkin? 2. Odamlarda polidaktiliya va o‘naqaylik dominant belgilardir. Otasi 6 barmoqli, onasi har ikkala belgiga nisbatan sog‘lom oiladan chapaqay va barmoq-lari soni normal bola tug‘ildi. Bu oilada yana qanday fenotipli bolalar tug‘ilishi mumkin? 3. Odamda polidaktiliya va katarakta 1 ta autosomada joylashgan dominant genlar bilan irsiylanadi. Erkak katarakta va polidaktiliya bilan kasallangan bo`lib, unga bu genlardan biri onasidan o`tgan. Ayol 2 belgisi bo`yicha sog`lom. Nazariy jihatdan krossingover 3% bo`lsa, shu oilada tug`ilishi mumkin bo`lgan bolalarning necha foizi ota-onaga fenotip jihatdan o`xshash bo`ladi? 4. Xitoy primulasi gulining ustunchasi va og‘izcha rangini belgilovchi genlar bitta xromosomada joylashgan. Gul ustunchasining kaltaligi (A) dominant, uzunligi (a) retsessiv, ustuncha og‘izchasining yashil rangi (B) qizil rangi (b) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ustunchasi qisqa gomozigota, og‘izchasi qizil bo‘lgan o‘simlik uzun ustunchali yashil og‘izchali o‘simlik bilan chatishtirilib, F1 da 100 ta, F2 da 990 ta duragay olingan: a) F2 da necha xil gameta hosil bo‘ladi? b) F2 da nechta o‘simlik kalta ustunchali va yashil og‘izchali? d) F2 da necha xil genotip hosil bo‘ladi. 5. Odamlarda ranglarni ajrata olmaslik (daltonizm) retsessiv belgi bo‘lib, uni belgilovchi d geni va uning dominant alleli D geni (ranglarni normal ajrata olishlik) X xromosomada joylashgan. Ranglarni normal ajrata oladigan qiz, xuddi shunday ranglarni normal ajrata oladigan yigitga turmushga chiqqan. Oilada tug‘ilgan qizlarning hammasi normal, o‘g‘illarining ayrimlari esa daltonik bo‘lgan. Ota-onaning genotipi qanday bo‘lgan? 6. Bolalarda immunitet yetishmasligi qonda γ – globulin sintezlanmasligi oqibatida vujudga keladi. Ushbu kasallikni keltirib chiqaruvchi genning bir turi autosomada, ikkinchi turi jinsiy X xromosomada joylashgan. Kasallik belgisi ikkala holda ham retsessiv irsiylanadi. Ona ikki belgi bo‘yicha geterozigotali, ota sog‘lom va uning avlodlarida kasallik kuzatilmagan bo‘lsa, tug‘ilgan farzandlarning necha foizi 1-belgi bo‘yicha sog‘lom bo‘ladi? 7. Itlarning bir zotida tanasi rangi ikki juft allel bo`lmagan genlar bilan boshqariladi. Genotip A_B_ holatda tanasi rangi qora, A_bb holatda malla, aaB_ holatda jigarrang hosil bo`ladi. Ikki juft retsessiv genga ega bo`lgan itlar rangi och sariq rangda bo`ladi. Qora urg`ochi va malla erkak itlar chatishtirilganda qora, malla, och sariq, jigarrang itlar hosil bo`lgan. Qora kuchukchalar genotip bo`yicha qanday ajralish beradi? 8. Hidli no`xatning gultojbarglari oq va qizil rangda bo`ladi. Genotipi boshqa – boshqa bo`lgan ikkita oq gultojbargli shakli chatishtirilgan. Natijada F1 da qizil, F2 da esa oq va qizil shaklli formalar olingan. Dastlabki ota-ona va F1 duragaylarining genotipini toping. 9. Otlar yungining kulrang belgisi ikki xil allel bo‘lma-gan dominant gen ishtirokida rivojlanadi. Ularda B qora, b malla rangni ifodalaydi. Boshqa xromosomada joylashgan I gen; B va b genlar funksiyasini susaytiradi va otlar rangi kulrang bo‘lib qoladi. Gomozigota kulrang biya bilan malla yungli ayg‘ir chatishtirilgan. F1 da kulrang otlar olingan. Ular o‘zaro chatishtirilganda F2 12 ta kulrang 3 ta qora va bitta malla yungli otlar olingan. Chatishtirishda ishtirok etgan biya va ayg‘irning, F1 va F2 duragay otlarning genotipini aniqlang. 10. Qovoqda U geni mevaning sariq rangini, u geni yashil rangini ifodalaydi. S dominant ingibitor , s qovoqlarda rangning yuzaga chiqishiga to`sqinlik qilmaydi. Ikki juft dominant genlar bo`y`icha gomozigota oq qovoq yashil qovoqlar bilan chatishtirilishi natijasida hosil bo`lgan F1 duragaylari o`zaro chatishtirilsa, F2 da olingan 1040 duragaylarning nechtasi keyingi avlodda ajralish beradi? 11. Sichqonlarda jun rangining sariq va qora bo`lishi bir juft allel genlarga (A-a) bog`liq. Ma`lum bo`lishicha, sariq rangli sichqonlar faqat geterozigotali holatda bo`ladi. Agar sariq rangli sichqonlar sariq rangli sichqonlar bilan chatishtirilsa, nisbat qanday bo`ladi? 12. Odamda A geni bo`yning normal bo`lishini, retsessivi nanizmga olib keladi. B geni esa terida normal pigmentlilikni, retsessiv alleli esa, letal hisoblanadi. Har ikkala belgisi bo`yicha geterozigota ota onalardan letal belgili farzandlarning tug`lish ehtimoli % da qanday? 13. Bug`doy donining rangi ikki juft noallel kumulyativ polimer genlar faoliyatiga bog`liq. Oq va qizil rangli bug`doylar chatishtirilganda F2 da 6400 ta o`simlik olingan. Hosilning nechtasi och qizil rangda bo`ladi? 14. DNK molekulasida 3240 ta vodorod bog’ mavjud bo'lib, undagi T nukleotidi soni 165 ta. Shu DNK asosida sintezlangan t-RNK dagi fosfat kislotalar qoldig'i sonini aniqlang. 15. i-RNK dan sintezlangan oqsil massasi 16800 Daltonga teng. i-RNK sintezlangan DNKni 30% S tashkil qiladi. Shu DNK qo’sh zanjiri yoyilayotgan vaqtda nechta vodarod bog’ uziladi? (bitta aminokislotaning og’irligi 120 D deb olinsin). 16. DNK zanjirida 450 ta T nukleotidi bo‘lib, u barcha nukleotidlarning 15 %ini tashkil qiladi. Shu DNK dagi vodorod bog‘lar sonini hisoblang. 17. DNK zanjirida 180 ta vodorod bog‘i va 20 ta Guanin borligi ma’lum bo‘lsa, DNK fragmentining uzunligi necha nanometr? 18. Agar RNK zanjirida A-800, G-1600, U-2000, C-600 bo‘lsa, shu RNK nusxa olgan DNK da T –necha foiz? 19. DNK uzunligi 816 A0 va 20 ta Adenin bo‘lsa, azotli asoslar orasida nechta vodorod bog‘i bor? (Qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A) 20. DNK fragmentida 800 ta dezoksiriboza bor. DNK fragmenti uzunligi necha A0 ? (Qo‘shni nukleotidlar orasidagi masofa 3,4 A) Download 199.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling