1. Zamonaviy axborot texnologiyalari nima. Zamonaviy axborot texnologiyalari turlari


Download 23.96 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi23.96 Kb.
#1452875
  1   2
Bog'liq
labaratoriya 1 tayyor


Qurolov Navro’zbek

4-kurs S-0701(19) –guruh talabas Qurolov Navro’zbek
Laboratoriya mashg‘uloti №1
Topshiriq.
1. Zamonaviy axborot texnologiyalari nima.
2. Zamonaviy axborot texnologiyalari turlari
3. Zamonaviy axborot texnologiyalari qo`llanilayotgan sohalar haqida
misollar keltring
4. Zamonaviy dasturlardan foydalanib Informatika va axborot
texnologiyalari fanidan dasturiy vosita yarating.

Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini 


anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun 
usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya 
ob'ektining dastlabki, boshlang'ich holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob 
beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, 
smetana, yog' va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang'ich xom ashyo sifatida 
axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. 
Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga 
"axborot" so'zini qo'shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy 
mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin. Texnologiya - bu sun'iy ob'ektlarni yaratishga yo'naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o'zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta'riflash mumkin. Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Kundalik hayotimizda turli ko’rinishdagi axborotlar masalan, matnli, grafikli, jadvalli, ovozli(audio), rasmli, tasvirli(video) va boshqa axborotlar bilan ishlashga to’g’ri keladi. Axborot texnologiyasi biror obyekt, jarayon yoki hodisaning holati haqidagi axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi jarayondir. Zamonaviy axborot texnologiyalari–shaxsiy kompyuterlar va telekommunikasiya vositalaridan foydalanilgan holdagi zamonaviy muloqotni o’rnatuvchi axborot texnologiyasi hisoblanadi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash uchun har xil texnik tavsifnomalarga ega bo’lgan axborot qurilmalari kerak bo’ladi. Bu axborot qurilmalari zamonaviy axborot texnologiyalarining texnik ta’minotini tashkil qiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining asosiy texnik vositalari sifatida hozirgi kunda kompyuterlar, hisoblash vositalari, audio va video qurilmalar, aloqa vositalari, teletayplar, telefakslar, telekslar, kseroks va boshqalar qo’llaniladi. Zamonaviy axborot texnologiyalarining dasturiy ta’minoti axborot texnologiyalari ishini tashkil qilish va boshqarishni amalga oshiradi. Agarda diskret televidiniya bilan oddiy televidiniyani solishtirsak, birinchisining imkoniyatlarini yakkol kurishimiz mumkin. Masalan: Diskert televidiniyada kuyidagi imkoniyatlar mavjud.  -kadr tasvirini tuxtatish;  -kurilayotgan tasvirni kerakli kismlarini kattalashtirish;  -tasvirni kitob varogiga uxshab varoklash;  -ranglarni uzgartirish;  -ekranda bir vaktning uzida bir necha tasvirlarni xosil kilish;  -tasvirga xarakatlanuvchi va xarakatlanmaydigan yozularni kuyish xamda xosil kilish;  -kadr burchagida kichik ulchamda vakt (soat, minut)ni kursatish. Xozirgi kunda axborotlarni keng ommaga uzatishda va tarkatishda televidiniya, radio vositalaridan keng foydalaniladi. Bu vositalar yordamida biz mamlakatimizdagi va boshka mamlakatlardagi siyosiy, iktisodiy, texnikaviy uzgarishlar tugrisida, madaniyat, sport va boshka soxalardagi yangiliklardan xabardor bulamiz.



Download 23.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling