1. Zamonaviy ehmlarning dasturiy ta'minoti. Amaliy dasturlar paketi


Download 20.89 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi20.89 Kb.
#1541608
1   2   3
Bog'liq
aqp ning sinflanishi

2. Amaliy dasturlar paketi.
Bugungi kunda yuqorida keltirilgan ADlar alohida amaliy dastur ko'rinishida, ba'zilari esa fоydаlаnuvchi hаl etаyotgаn vаzifаlаrni to'liq аvtоmаtlаshtirib, kоmpyutеr аxbоrоtni qаytа ishlаsh jаrаyonidа birоr ishni qаndаy bаjаrаyotgаnini bilish zаruriyatidаn to'liq оzоd etаdigan amaliy dasturlar paketlari ko'rinishida namoyon bo'lmoqda.
Amaliy dasturlar paketi(ADP) – bu muayyan sinf vazifalarini hal etish uchun mo‘ljallangan dasturlar majmuidir.
Yaqin kungacha foydalanuvchi o`zining ilmiy masalasini yеchish uchun nafaqat matеmatikani bilishi balki kompyutеrda ishlashni, kamida bitta dasturlash tilini bilishi va murakkab hisoblash usullarini o`zlashtirgan bo`lishi kеrak bo`lar edi. Hozirda esa dasturlashni bila olmaydigan yoki xohlamaydiganlar uchun tayyor ilmiy dasturlar majmualari, elеktron qo`llanmalar va tipik hisob-kitoblarni bajarishga mo`ljallangan dasturiy vositalar bo`lgan – amaliy dasturlar pakеtlari mavjud.
Bu pakеtlar foydalanuvchi uchun kеrakli bo`lgan barcha ishni yoki ishning asosiy kеrakli qismini bajarish imkonini bеradi: muammoni tadqiq qilish (analitik shaklida ham); ma'lumotlarning tahlili; yеchim mavjudligini tеkshirish; modеllashtirish; optimallash; grafiklarni qurish; natijalarni hujjatlashtirish va shakillantirish; taqdimotlarni yaratish. Bu pakеtlarni ishlatishda mutaxassis undan ongli foydalanib chеgirmalar qilishi mumkin: pakеtni uning muammosiga rostlashi, dasturni modifikatsiyalash, yangilash, hisoblash vaqtini tеjash va h.k.
XX asrning oxirlarida boshlab hozirgi kunga qadar shaxsiy kompyuterlarda juda samarali joriy qilinayotgan kompyuter algebrasi tizimlari muayyan tizimlarni tadqiq etish uchun amaliy dasturlar paketlarini yaratishda yangicha texnologiyalarni qo`llash imkoniyatlarini ochib berdi. Kompyuter algebrasi tizimlari hisoblash tizimlari uchun qo`llaniladigan "kompyuter intellekti" tushunchasini mazmun va mohiyatini amalda namoyish qilish imkoniyatini yaratdi. Bu tizimlar amaliy dasturlar ta’minotini yaratuvchi mutaxassislar uchun quyidagi vositalarni yaratadi:

  • yuqori saviyadagi dasturlashtirish tizimi;

  • hujjatlar va dasturlarni yaratish hamda tahrirlash imkoniyatini beruvchi redaktorlar;

  • foydalanuvchilar uchun bevosita muloqot asosida ishlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy ko`p oynali interfeys;

  • yuqori saviyadagi ma’lumotnoma tizimi;

  • matematik ifodalarni qayta ishlovchi algoritm va qoidalar majmuasi;

  • analitik va sonli amallarni bajaruvchi dasturiy protsessor;

  • muloqot jarayonida sodir bo`ladigan xatoliklarni ko`rsatuvchi diagnostika tizimi;

  • tizimning bevosita yadrosiga biriktirilgan funksiyalar kutubxonasi;

  • tizimni qo`llash va matematik usullarni tatbiq qilish uchun kerak bo`ladigan paketlar majmuasi.

Bu vositalar amaliy dasturiy ta’minot yaratishdagi masalaning matematik modelini keltirib chiqarish, hisoblash usullarini tanlash, hisoblash eksperimentlarini o`tkazish va natijalarni tahlil qilish jarayonini to`liq avtomatlashtirish imkonini beradi. Bu esa, amaliy dasturlar ta’minotni tashkil qilishning tamoyillarini va masalalarni EHMda yechishning an’anaviy texnologiya doirasida qo`llanilib kelgan usullarini tubdan o`zgartiradi.


Download 20.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling