1. Zamonaviy ehmlarning dasturiy ta'minoti. Amaliy dasturlar paketi
Avtomatlashtirishda qo'llaniladigan paketlarning sinflanishi
Download 20.89 Kb.
|
aqp ning sinflanishi
3. Avtomatlashtirishda qo'llaniladigan paketlarning sinflanishi.
Amaliy dasturiy paketlar ichida turli hisoblash, modellash va loyihalash jarayonlarini hamda boshqarish tizimlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar ko'pchilikni tashlik qiladi. Umuman olganda bunday ADPlarni avtomatlashtirishda qo'llaniladigan paketlar(AQP) deb atab, ularning tuzilishi, vazifasi(qaysi jarayonlarga qo'llanilishi) va boshqa xususiyatlariga ko'ra sinflash mumkin. AQPlarni vazifasi(qaysi jarayonlarga qo'llanilishi)ga qarab quyidagicha sinflash mumkin: Hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar; Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar; Texnik tizimlarni modellash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar; Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar va hokazo. Hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlarga universal matematik paketlar(kompyuter algebrasi tizimlari: Mathematica, Maple, MathCAD, Matlab, Derive, Reduce, Eureka, Statistica va hk.), turli sohalarga amaliy masalalariga mo'ljallangan paketlar(masalan: buxgalteriya hisoblari uchun mo'ljallangan 1C, 2C va hk.) va murakkab ilmiy tadqiqot muammolariga yo'naltirilgan paketlarni misol qilish mumkin. Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlarga CAD(Computer aided design – kompyuter yordamida loyihalash) paketlar(masalan AutoCAD, ArchiCAD, OrCAD, PCAD va hk.), CAE(Computer aided engineering – kompyuter muxandisligi(injineriyasi)) paketlarni misol qilish mumkin. Texnik tizimlarni modellash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlarga strukturali(yoki blokli) modellash paketlari(masalan: Matlab/Simulink – Matlab paketiga biriktirilgan barcha kengaytirilgan paketlar, VisSim, LabView, Classic, MVTU (МВТУ – Моделирование в технических устройствах) va hk.), fizik multidomenli modellash paketlari (masalan: Matlab/SimMechanics, Matlab/SimPowerSystems, Matlab/ SimPowerElectronics, MultiSim, Dymola, DYNAST va hk.) va murakkab gibrid(aralash) tizimlarlarni modellash paketlari(masalan: Model Vision Studium va hk.) misol qilish mumkin. Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlarni uchta sinfga bo'lish mumkin: A sinf: Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan SCADA paketlar(masalan: Trace Mode va hk.); B sinf: Ishlab chiqarish korxonalari resurslari boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar(masalan: DRCS (Distributed Resource Control System – Resurslar taqsimlash boshqarish tizimi) va hk.); C sinf: Ishlab chiqarish korxonalari rejalashtirish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar(masalan: MPCS (Manufactoriing Planning Control System – Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarish tizimi) va hk.); SCADA(Supervizory Control And Data Acquisition-dispеtchеrlik bоshqаruvi vа mа`lumоtlаrni to'plаsh) sinfining dаsturiy mаxsulоtlаri jаhоn bоzоridа kеng tаrqаlgаn. Bulаr o'nlаb SCADA- paketlar bo'lib, ulаrning ko'pchiligi O'zbеkistоndа hаm qo'llаnilmоqdа. Ulаrdаn eng ko'p tarqalganlari quyidа kеltirilgаn: In Touch (Wonderware) - АQSh; Sitect (CI Technologi) - Аvstrаliya; FIX (Intelection) - АQSh; Genesis (Iconics Co) - АQSh; Factory Link (United States Data Co) - АQSh; Real Flex (BJ Software Systems) - АQSh; Sitex (Jade Software) - Buyuk Britаniya; Trace Mode (Ad Astra) - Rоssiya; Cimplicity (GE Fanuc) - АQSh; SАRGОN (NTV- Аvtоmаtikа) - Rоssiya. Download 20.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling