1 Zamonaviy futbolda jismoniy va texnik — taktik Tayyorgarlik darajasiga bo`lgan talab
Sportchilarni xolatini pedagogik nazo rat qilish usullari
Download 62.61 Kb.
|
BOBBUR KURS ISHI11
1.2. Sportchilarni xolatini pedagogik nazo rat qilish usullari
Sportchining muvaffaqiyati uning qobiliyatiga, mashg`ulot usuliyatining mukammalligiga, trenerning malakaviy darajasiga hamda mashg`ulot va musobaqalarni o`tkazish uchun shart-sharoitlarning mavjudligiga bog`liq. Unda sportchi tayyorgarligining barcha jihatlari miqdoriy jihatdan ko`rsatib berildi. Tizim uch darajadan iborat: I-musobaqa faoliyati ( musobaqalashuv model i); II-sportchi tayyorgarligining asosiy jihatlari (sport mahorati model i); III-sportchi organizmining tizimi (mavjud imkoniyatlar model i). Bunday ierarxiyada darajalardan birining ikkinchisiga bo`ysundirilishi yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda shubhaga o`rin qoldirmaydi. Ishlab chiqilgan sxema tadqiqotchiga sport tayyorgarligi jarayonlarining xilmaxilligi sharoitida to`g`ri yo`lni topa bilish hamda tadqiqot vazifalarini to`g`ri belgilashda yordam beradi. Mazkur tizimning har bir darajasi uchun model tavsifnomalar tuziladi. Bunday tavsifnomalarni tuzishda quyidagi ko`rsatkichlardan foydalanish zarur: 1-musobaqa bellashuvi, seriya va h.k.ni o`tkazish davomida tuzatishlar kiritishga yordam beradigan ko`rsatkichlar. 2-musobaqa jarayonida urinishlar, seriyalar va h.k. orlig`ida tahrir qilishga imkon beradigan ko`rsatkichlar. 3-sport faoliyati samaradorligi darajasini pasaytirgan yoki uning o`sishiga ko`maklashgan ma`lumotlar yig`indisi bo`lmish ko`rsatkichlar. Sportchilar tayyorlashning model tavsifnomalarini ishlab chiqishda quyidagi qoidalarni hisobga olish zarur. Maxsus jismoniy tayyorgarlikning xususiyatlariga, asosiy jismoniy sifatlar rivojining eng yuqori bosqichiga hamda ulardan musobaqa faoliyati rejimida sport mashqini bajarish vaqtida foydalanish darajasiga alohida ahamiyat berish lozim. Texnik tayyorgarlikning model tavsifnomalarini tuzish chog`ida eng muhim o`lchamlari muvozanat fazalari va unsurlari hamda ularning texnik harakatlari sur`atidagi aksini tasvirlaydigan ko`rsatkichlarga e`tiborsiz bo`lish mumkin emas. Texnik mahoratning integral o`lchamlari, ritm-sur`at tizimi bilan maxsus jismoniy tayyorgarlik ma`lumotlari orasidagi o`zaro bog`lanishni aniqlash kerak (V.M.D`yachkov, 1984). Ritm sarflanayotgan kuchlanishlarni aks ettirib, ularning qiymati, sarflanayotgan vaqt va boshqa harakat xususiyatlariga bog`liq bo`ladi. Harakatlar ritmiga qarab, ularning mukammalligi haqida fikr yuritish mumkin (D.D.Donskoy, 1979). Taktik tayyorgarlikning model tavsifnomalarini tuzishda texnik-taktik echimlarning eng maqbullarini yanada aniqroq ajratib ko`rsatish kerak, ular sport musobaqalarining ayni keskin vaziyatlarida qo`llanishi mumkin. Masalan, kurash sohasida usullarning ritm-sur`at tuzilishi ustida tadqiqotlar o`tkazilgan edi. (F.A.Kerimov, 1984). Shunda quyidagilar aniqlandi: oqilona texnika asosida biomexanik qonuniyatlar, aniqrog`i, hujum harakatlarining ritmik tavsifnomalari yotar ekan. Oddiy va murakkab hujum harakatlarining (OHH va MHH) kinotasmaga tushirilgan maxsus materiallarini ritm-sur`at jihatidan tahlil etish ular orasida anchagina tafovutlar borligini ko`rsatdi. OHH texnik harakatning (usulning) asosiy tuzilishi doirasida, MHH (usul) esa harakatning asosiy qismlari orasidagi bog`lovchi unsur bo`lmish qandaydir tayyorgarlik harakati yoki hujumga taktik tayyorlanish yo`li bilan bajarilgan. Yonboshga olib oshirib otish usulini bajarishda vaqt bosqichlari tayyorgarlik harakatining yo`nalishiga bog`liq bo`ladi. Agar tayyorgarlik harakati oshirib otish amalga oshirilgan tomon yo`nalsa, u holda asosiy bosqichning vaqti qisqaradi. Oshirib otishga tayyorgarlik harakati raqibning «to`xtash nuqtasi»ni («myortvaya tochka») yuzaga keltirib, yonboshga olib oshirib otish usulining mutlaqo boshqacha ritmini tashkil etadi. Sportchining texnik-taktik tayyorgarligiga model tavsifnoma ishlab chiqilayotgan paytda bularning barini hisobga olish lozim. Uchinchi darajali model tavsifnomalari yoki potentsial sport imkoniyatlari model larini ishlab chiqishda, organizmdagi etakchi tizimlarning amal qilishi o`ta kuchlangan faoliyat model larida belgilanadi. Mazkur metodologik yondashuv ixtisoslashgan sport faoliyatida sifat jihatidan yangi, yanada yuqoriroq rekord ko`rsatkichlariga erishish maqsadida zahiradagi imkoniyatlarni yanada oshirish yo`llarini belgilashga imkon beradi. Uch darajaning model tavsifnomalarini bunday batafsil tahlil etish birdan-bir maqsad emas, u sportchilarni tayyorlash, mashg`ulot vositalarini tanlash va ularni qo`llashni takomillashtirish bo`yicha vazifalarni aniq rejalashtirish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Model tavsifnomalarning uch darajasini tahlil qilish natijasida musobaqa faoliyati (birinchi daraja) borasida nuqsonlar aniqlansa, unda ikkinchi darajadan sportchi organizmining funktsional ko`rsatkichlarini (uchinchi daraja) hisobga olgan holda maxsus vositalar tanlab olinadi. Mazkur model tavsifnomalar har bir daraja doirasida ham, jami uch daraja orasida ham mustahkam aloqadorlikka ega bo`lishi zarur. Sportchilar tayyorlashni boshqarish tizimida ularga alohida xususiyatlarini hisobga olgan holda yondashish u yoki bu sportchini musobaqa bellashuvining avvaldan ishlab chiqilgan muayyan sxemasiga kiritish, shuningdek, model tavsifnomalar bo`yicha kompensatsiya zonalarini aniqlashga imkon beradi. Bu masalalarni faoliyatning muayyan turida o`rganish orqali tayyorgarlikning aniq vositalarini maqsadga muvofiq ravishda rejalashtirish hamda yuqori malakali sportchilar tayyorlash jarayonini tezlashtirish mumkin bo`ladi. Yosh sportchilarni tayyorlashda yuqorida ko`rsatilgan uch darajali model o`zaro bo`ysunishning teskari tartibiga ega bo`ladi. (M.Ya.Nabatnikova (1982) o`spirinlarni tayyorlashda uch darajali model tarkibidagi darajalarni quyidagi tartibda joylashtirib chiqqan edi. Birinchi daraja - potentsial sport imkoniyatlari modeli Ikkinchi daraja - sport mahorati modeli. Uchinchi daraja - musobaqalashuv modeli. Shunday qilib, sport tayyorgarligi tizimida oldinga qo`yilgan maqsadlardan kelib chiqib, darajalar ierarxiyasida o`zgarishlar qanday sodir bo`layotganligini kuzatish mumkin. Agar sport bilan shug`ullanish endi boshlanganda (bolalik chog`ida) birinchi darajada potentsial sport imkoniyatlari model idan foydalanish kerak bo`lsa, yuqori malakali sportchilarni tayyorlashda musobaqalashuv modeli qo`llaniladi. Tabiiyki, ko`p yillik mashg`ulotlar jarayonining muayyan bir bosqichida darajalar ahamiyatining o`zgarishi sodir bo`ladi. Ko`rinib turibdiki, bolalik paytida mashq jarayoni sportchi organizmidagi tizimlarni rivojlantirishga yo`naltirilgan bo`lishi lozim, shuning uchun tayyorgarlik dasturida yosh sportchining jismoniy rivojlanish xususiyatlarini belgilovchi potentsial sport imkoniyatlari modeli eng muhim hisoblanishi zarur. 13-16 yoshda asosiy sifatlarning rivojlanishi shiddatli tus olib, bazaviy texnika shakllanadi. Shuning uchun sportchilarni tayyorlashda sport mahorati modeli birinchi o`rinda turishi kerak. 16 yoshdan musobaqalashuv model ining ahamiyati ortib boradi va 18-19 yoshda u juda katta ahamiyatga ega bo`ladi. Uch darajali tizimda model lardagi o`zgarishlarning xususiyatlarini belgilashda mashg`ulot vositalaridan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish uchun tayyorgarlikning o`ziga xos darajasiga qaysi bosqichda ko`proq e`tibor berish zarurligini aniq bilib olish juda muhim. Mashg`ulot jarayonini oqilona tashkil etish uning maqsadlari, vositalari hamda usullarini birlashtirish demakdir. Sportchilarning ko`p yillik tayyorgarligida darajalar ahamiyati dinamikasining modeli. Sportchilarning ko`p yillik tayyorgarligida darajalar ahamiyatining o`zgarishi model ini sport tayyorgarligini tashxisli tahlildan o`tkazgach, mashg`ulot jarayonini dasturlashda qo`llash mumkin. Demak, sportchilarning ko`p yillik tayyorgarligida mashg`ulot jarayonini tashkil etishda uch darajali tizim model lari o`zgarishlarini muntazam hisobga olib turish shubhaga o`rin qoldirmaydi. Shunday qilib, ko`p yillik tayyorgarlikni boshqarishda darajalar ahamiyatining o`zgarish model lariga muvofiq holda sportchilar tayyorgarligini tahlil etish turli yosh davrlarida yuzaga keladigan sport muammolari xususiyatlarini aniqlab, shunga mos ravishda boshqaruvning yanada aniq yo`llarini ishlab chiqishga sharoit yaratadi. Download 62.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling