1. Zamonaviy matn muharrirlari va ularning turlari
Download 15.49 Kb.
|
1. Zamonaviy matn muharrirlari va ularning turlari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi maydoni
1-Rasm. Matn muharrirlari
Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asasiy vazifalarni bajaradi: ma'lumotlarni kiritish; xatolarni tuzatish; belgilar , so`zlar , satrlar , abzatslar o`rnini almashtirish yoki o`chirib tashlash; matnni biror "qolipga solish ", ya'ni chap va o`ng tomonlarini to' g'rilash, satrlar orasidagi masofani o`zgartirish; matnni diskda saqlash; matnni diskdan o' qish; chop etish. Matn muharrirlarida asosan matnning mazmuniga etibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko 'rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo 'lmaydi. Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladi Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi ham katta axamiyatga ega bo 'lganda qo 'llaniladi. Matn protsessorlari matnning tashqi ko 'rinishiga ta`sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o 'lchami, rangi va ko 'rinishlarini o 'zgartirish va hokazo. Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko 'p qo 'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi. Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi xaqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va xokazo) axborotni xam o'zida saqlaydi. Bular maxsus kodlar bo'lib, ekranda ham, qog'ozda ham ko'rinmaydi. Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo 'llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar xar xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o 'tishga xar doim ham erishib bo 'lmaydi. Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo 'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun biror matn muharririda ishlashni mukammal o 'rganib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlashni ham qiyinchiliksiz o'zlashtirib olasiz. Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu. Ishchi maydoni.Matn muharriri kompyuter ekranida "ishchi maydoni" deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks ettirilib boradi. Yurgich.Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qaerida aks etishini ko 'rsatib turadi. Odatda gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko 'rinishida bo 'ladi. Menyu.Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida asosan matnlarni diskdan o 'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi . Download 15.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling