1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi Tayanch so’z va iboralar
Download 8.09 Kb.
|
1 2
Bog'liq1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati “Zamonaviy moliya”ni o‘r
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi Tayanch so’z va iboralar
- Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir
- Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi
- Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish uchun eng kamida
1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi Tayanch so’z va iboralar 1-mavzu: Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati va uni o‘rganishning obyektiv zarurligi Reja: 1. Zamonaviy moliyaning mazmun-mohiyati 2.“Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi Tayanch so’z va iboralar: zamonaviy moliya (modern finance), moliyaviy tizim (financial system), aktivlar (assets), investitsiyalar uchun aktivlar tanlash, (assetsallocation), majburiyatlar (liability), mulkning sof qiymati, yoki kompaniyaning o’z kapitali (networth), “M o l i ya” arabcha so’z bo’lib, o’zbek tilida eng umumiy tarzda “pul mablag’lari” ma’nosini anglatadi Bu so’z ona tilimizda ishlatilishining quyidagi ko’rinishlari mavjud biror shaxs, oila, jamoa, muassasa, tashkilot yoki davlat tasarrufidagi pul mablag’lari maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish yuzasidan paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar majmui; pul mablag’larini shakllantirish, taqsimlash, ularni sarf qilish tizimi Arab tilidagi “mol”, ya’ni “boylik, mulk; pul jamg’armasi”, shuningdek, “moliyat”, ya’ni “pul mablag’lari; soliq” so’zlari ham moliyaga daxldordir shunday (moliya) ishlar(i) bilan shug’ullanuvchi davlat organi (so’zlashuv tilida) M o l i ya O’zining lug’aviy ma’nosi jihatidan “moliya” so’zi fransuzcha “finance”, lotincha “financia” va ruscha “finansi” so’zlarining ekvivalenti hisoblanib, “daromad” yoki “to’lov” degan ma’nolarni ham anglatadi Moliya davlatning vujudga kelishi va uning resurslarga bo’lgan ehtiyojining rivojlanishi bilan doimiy tovar-pul munosabatlari sharoitida paydo bo’ldi Moliyaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, taraqqiyot qonuniyatlari, tovar-pul munosabatlarining qamrab olish sohasi va ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va funksiyalari bilan belgilanadi Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni ta’minlash hamda davlatning funktsiyalari va vazifalarini bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarga moliya deyiladi. Markazlashgan pul fondlari Davlat va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag‘lari fondlari Xo‘jalik sub’ektlari darajasida tuzilgan pul fondlari Markazlashmagan pul fondlari “Zamonaviy moliya” – o‘ziga xos ilmiy-amaliy fan. Unda, afsuski, hanuzgacha amaliyotimizda yetarli darajada e’tibor berib kelinmayotgan hamda qadriga yetilmayotgan vaqt va noaniqlik sharoitida defitsit pul mablag‘larining taqsimlanish masalalari o‘rganiladi. Bu o‘rinda, “vaqt” va “noaniqlik sharoitida” deb nomlangan so‘z va so‘zlar birikmasiga izoh bering!!!!! Bizni yuqoridagi vaziyatlardan qutqarishga ko‘mak beruvchi “Zamonaviy moliya” (fani) quyidagi uch analitik “ustun” ustida vujudga keladi: *vaqt omili (davrlar o‘rtasidagi muqobil variantlar tahlili)ni hisobga olgan holda pul mablag‘laridan foydalanishni optimal-lashtirish (oqilonalashtirish); *aktivlar qiymatini baholash; * portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv. Shaxslarning ma’lum vaqt mobaynida defitsit pul resurslari kirimi (daromadi) va chiqimi (xarajati)ni qanday boshqarishni o‘rganishga zamonaviy moliya deyiladi. Muayyan (aniq) moliyaviy qarorni qabul qilib, biznesmen (tadbirkor yoki ishbilarmon) uni moliyaviy tizim yordamida amalga oshiradi (hayotga tatbiq etadi). Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim (financial system) deyiladi. Bu tizim aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa moliya instrumentlari bozori, moliyaviy vositachilar (bank va sug‘urta kompaniyalari kabi), moliyaviy xizmatlar taklif etadigan firmalar (masalan, moliya-maslahat firmalari) va shu barcha muassasalar faoliyatini nazorat qiluvchi organlarni o‘z ichiga oladi. “Zamonaviy moliya” (fani) oldida turgan eng muhim vazifalardan biri – bu moliyaviy tizim evolyutsiyasi qonuniyatlarini o‘rganishdir. “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering: • Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fondga qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak? • Siz pul to‘plash (jamg‘arish)ni boshladingiz va ularni bankda (gi hisob varag‘ida) saqlamoqdasiz. O‘z mablag‘ingizni biror bir o‘zaro fondga qo‘yishingiz (joylashtirishingiz) to‘g‘ri bo‘ladimi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa, aynan qaysi fondga qo‘yish (joylashtirish) kerak? Sizga avtomobil kerak bo‘lib qoldi. Uni sotib olish kerakmi yoki shunchaki ijaraga olgan yaxshi (ma’qul)mi?. “Zamonaviy moliya”ni o‘rganishning ob’ektiv zarurligi “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganishga astoydil kirishmoqchimiz? Uning Siz uchun naqadar zarur ekanligini his etishni istaysizmi? Unda, hech bo‘lmaganda, quyidagi hayotiy misol va savollarga bir e’tibor bering: • Siz Jahon banki mutaxassislari guruhida ishlaysiz. Guruhning vazifasi O‘zbekistonning qarz so‘rab qilgan murojaatini tahlil qilishdan iborat. Mablag‘ni ulkan loyiha, ya’ni gidro yoki issiqlik elektrostansiya qurilishiga sarflash ko‘zda tutilgan. Bunday vaziyatda Siz nimalarga asoslanib maslahat berasiz? Bu savollarning haqqoniy yoki asoslangan javoblarini “Zamonaviy moliya”ni o‘rganmasdan ham topaolaman, deb o‘ylamang. O‘quv yurtida o‘qib yurganingizda Siz (masalan, to‘yxona yoki restoranlarda ofitsiantlik) qilib pul topgansiz va o‘qishni tugatgach restoran ochishga ahd (qaror) qildingiz. Sizning shunday qilishingizga bu arziydimi? Umuman, bu to‘g‘ri bo‘ladimi? Buning uchun qancha mablag‘ talab etiladi? Siz bu mablag‘ni qayerdan olishingiz mumkin? “Zamonaviy moliya” (fani)ni o‘rganish uchun eng kamida Download 8.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling