1. Òzbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. "Òzbekistonning eng yangi tarixi" òquv fanining predmeti, maqsad va vazifalari


Download 26.36 Kb.
bet1/5
Sana26.11.2021
Hajmi26.36 Kb.
#177763
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Òzbekistonning eng yangi tarixi



Jumaboyev Abdumannon

Mavzu: “O’zbekistonning eng yangi tarixi” òquv fanining predmeti, masadi va vazifalari, nazariy-metadologik tamoyillari.

Reja.

1. Òzbekiston tarixini davrlashtirish masalasi.

2. "Òzbekistonning eng yangi tarixi" òquv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

3. Òzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M Mirziyoyevning ma'naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning òrni va saboqlari tòĝrisidagi fikrlari.

4. XXI globallashuv asrida talim sohasida mazkur fanni òqitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilĝor inovatsiyalar.

" O'zbekistonning eng yangi tarixi" haqida so’z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib o’tgan tarixiy yo’li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini ushbu ma’ruza matnlarida tushunasiz.

O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv fanining predmeti -O’zbekistonning qariyb 70 yillik zulmdan qutilib, shu kunlargacha bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy taraqqiyoti davrlari jarayonini o’rganish. “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani dunyoda eng qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqining bir necha ming yillik tarixiy va ma’naviy taraqqiyotini o’rganuvchi va o’rgatuvchi, tarixidan g’urur va iftixor tuyg’ularini uyg’otuvchi fandir. Markaziy Osiyoda, jumladan, O’zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati hazinasiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. O’zbek halqi Markaziy Osiyodagi barcha halqlar qatorida doimo erkinlik, hurlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi kurash olib borgan va shu jihatdan u o’zining chuqur ildiz otgan an’analariga egadir.

O’zbekistonning eng yangi tarixi” o’quv faning vazifasi – mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini tushinish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.

Institut bakalavr yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalar bilishi kerak bo’lgan umumiy bilim doirasi “O’zbekistonning eng yangi tarixi “fani oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:

Birinchidan, Yurtimiz tarixini o’qish va o’rganish jarayonida yoshlarda tarixiy bilimlar, ilmiy-nazariy tushunchalar va tasavvurlar shakllanmog’i lozim. Chunki voqyea va hodisalarni bilmasdan, ular haqida tushuncha va tasavvurga ega bo’lmasdan turib mustaqillik xaqidagi dunyoqarash haqida gap yuritish mumkin emas;

Ikkinchidan, Vatan tarixini yoritish, o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, xolislik, tarixiy haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yo’nalish bo’lishi lozim;

Uchinchidan, tarixining har bir satri, har bir varog’i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug’orilgan bo’lishi va milliy g’oya va milliy mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor;

To’rtinchidan, Vatan tarixining boshidan oxiriga qadar singib ketgan asosiy g’oya - otashin vatanparvarlik, baynalminalchilik, insonparvarlik kabi ulug’ fazilatlarga qaratilmog’i kerak;

Beshinchidan, Vatan tarixi fani mustaqil respublikamizning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy qadriyatlarining yanada mustahkamlanishi va ravnaq topishiga


Download 26.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling