1. Зилзила келиб чиқиш сабаблари. Ўлчаш прибори
Download 15.78 Kb.
|
FVV oraliq nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolar muhofazasi
22-variant 1.Зилзила келиб чиқиш сабаблари. Ўлчаш прибори 2.Ҳозирги вазиятда Фуқаро муҳофазасининг мақсади ва аҳамияти. 3. Фуқаро муҳофазасининг иқтисодиёт тармоқларидаги ташкилий структураси. 1. Yer silkinishi yuzaga kelish sabablariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: Tektonik zilzilalar; Vulkon zilzilalari; Ag‘darilish, o‘pirilish zilzilalari; Texnogen (insonning muxandislik faoliyati bilan bog‘liq) zilzilalar. Yuqorida qayd etilgan yer silkinishi turlari ichida katta maydonga tarqaladigani va eng ko‘p talofat keltiradigani tektonik yer silkinishidir. Bunday yer silkinishlar xaqida gap ketganda litosfyerada bo‘ladigan harakat (tektonik kuchlar) tushuniladi. Qiya sathdarida tog‘ jinslarining katta bo‘laklarini ag‘darilishi, yoki tog‘larning o‘pirilishi natijasida yuzaga keluvchi yer silkinishlar ag‘darilish zilzilalari deyiladi. Zilzila turlaridan eng xavflisi (talofotlisi) tektonik zilzila hisoblanadi. Ma'lumki, har yili planetamizda 100000 dan ortiq yer silkinishlarini seysmik asboblar (seysmograflar) qayd etadi. Bo‘lardan 100 tasi vayron qiluvchi fojia bo‘lib, imorat va inshootlarning buzilishiga, yer yuzasida yoriqlarning paydo bo‘lishiga, ming-minglab insonlar yostig‘ining ko‘rishiga olib keladi. Zilzila odatda keng hududlarni o‘z ichiga oladi va og‘ir oqibatlarni keltirib chiqaradi: binolar va inshootlarning vayronaga aylanishi, ular ostida insonlar bo‘lishi ham mumkin, ommaviy yong‘inlar chiqishi, kommunal-energetika tarmoqlarining izdan chiqishi, noqulay sharoiti kommunikatsiyalari va aloqa tizimlarining ishdan chiqishi. Ular suv ostida bo‘lsa, ulkan to‘lqinlar-sunami vujudga keladi, ular 60 metrdan ham baland bo‘lgani tufayli quruqlikda katta talofatlarni chiqaradi. Zilzilalar chog‘ida aholini ko‘pchilik qismida ruhiy kasalliklar yuzaga keladi, insonlar qutqarish choralarini qilmaydilar, xavotirga moyil bo‘lib qoladilar. Zilzila kuchi ikki xil o‘lchov birligida o‘lchanadi- ballarda va magnitudada. Dunyoning juda ko‘p davlatlarida yer silkinish kuchi 12 balli Xalqaro o‘lchov birligida o‘lchanadi. Ball - yer yuzasining tebranma harakat darajasini ko‘rsatadi.Silkinish kuchini ballarda o‘lchashda "seysmograf"lardan foydalanib, tog‘ jinsi zarrachalarining tebranma harakat tezligi topiladi. Ya'ni yozib olingan "seysmogrammalar" orqali zarrachalarning tebranish amplitudasi aniqlanadi. Ikkinchi o‘lchov birligi bu Rixter shkalasi bo‘yicha magnituda (M) hisoblanadi. Magnituda shkalasi 1935 yilda Amerika seysmologi Ch.Rixtyer tomonidan taklif qilingan. Magnituda yer silkinishining umumiy energayasini ko‘rsatib, u yerning maksimal surilish amplitudasi logarifmini belgilaydi va mikronlarda aniqlanadi. Magnituda gipotsentrdan ajralib chiqqan energiyaga proportsional kattalik hisoblanib, uning maksimal qiymati 9 M gacha bo‘ladi. Yer silkinishining umumiy energiya miqdori quyidagi formula bilan topiladi: E Bu yerda, S, - yer silkinish gipotsentridagi mavjud tog‘ jinslarining zichligi, g/sm2; V- tog‘ jinslarida seysmik to‘lqinlarining tarqalish tezligi, m/soniya; A – tog‘ jinsi zarrachasi tezlanish amplitudasi, mm; T- seysmik tebranish davri, soniya; - 3,14. 2. Hozirgi davrda Sayyoramizda ro‘y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik, ijtimoiy, harbiy-siyosiy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, talofatlar ko‘lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan zararlarning oldini olish yoki ularni kamaytirishni ta’minlash o‘ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Biz oldindan ogohlantirishlarning barbod bo‘lishini qanday tahlil qila olamiz, agar ular aralashib ketgan bo‘lsa? Xar xil xolatlarda barbod bo‘lgan oldindan ogohlantirishlarning har bir faktorini alohida va muammoli nuqtasini metodologik tomondan qo‘rib chiqish va ularni tushunishga xarakat qilishimiz zarur, bu xolatlarni tizimli ravishda kelajakdagi FUQARO MUXOFAZASIning oldindan ogohlantiruvchi strategiyani ishlab chiqayotganimizda hisobga olishimiz zarur2.
Mustaqillik davrida fuqarolar muhofazasi sohasida yetarli ijobiy ishlar qilina boshlandi. Jumladan, mustaqilligimizning dastlabki davrlarida fuqarolarni va hududlarni tabiiy ofatlardan, turli xildagi avariyalardan muhofaza qilish, fuqarolarning mо‘tadil hayot faoliyatini ta’minlash borasidagi vazifalarni hal etish uchun О‘zbekiston hukumati tomonidan 1991 yilda fuqaro mudofaasi tizimi fuqaro muhofazasi tizimiga aylantirildi. Mamlakat fuqarolar muhofazasini rivojlantirishning asosiy konsepsiyasi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 1994 yil 9 aprelda Toshkent shahrida bо‘lib о‘tgan Respublika faollarining Kengashida sо‘zlagan nutqida bayon etilgan. Keyinchalik, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 4 martdagi farmoniga binoan aholini va iqtisodiyot tarmoqlari inshootlarini tabiiy ofatlardan muhofaza qilishning samarali tizimini tashkil etish, Respublikada tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi negizida О‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tashkil qilindi. FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yо‘nalishi asosan: favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlar yuz berganda ularning oqibatlarini tugatish hamda zararini kamaytirish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday hollarda harakatlarni boshqarishning davlat tizimi (FVDT)ni tashkil etish va uning faoliyatini ta’minlash, fuqaro muhofazasiga rahbarlik qilish, vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va hokazolarga qaratilgan3. Download 15.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling