1. Zulfiya she’ridagi "Baxtim bormi deya yakkash so’roqlab" misralari kimga bag’ishlangan? H. Olimjonga


Download 216.5 Kb.
bet4/5
Sana11.12.2020
Hajmi216.5 Kb.
#164866
1   2   3   4   5
Bog'liq
ona tili baza 2016

611.”Yovvoyi yo’rg’a”da yovvoyi yo’rg’ani tutib kelganga 1000 $ beraman deb kim aytgan? Montgommer

612.”Mehrobdan chayon” da Anvar necha yoshida 3 oilani ko’rdi? 12 yoshida

613.Qaysi asarda Mansur Halloj bilan Bobo Zangi nomi birga qo’llangan? “Kuntug’mish”

614.Mutlaq tashbex emas....? Bo’rini dog’i galadin dur

615.”Yolg’iz bola yovdan yomon” maqoli qaysi dostonda uchraydi? “Ravshan”

616.”Ravshan”da qalpoq bozori qaysi bozordan keyin joylashgan? Pichoq va qin

617.”Ravshan”da Qoraxon Zulxumorni qo’riqlashda nechta sarboz qo’yadi? 500 ta

618.”O’ktamxon” oquv markazi tikuvchilik, astarli kostyum-shim, pardalar, oqshom liboslari, modellash va malaka oshirish kurslariga o’qishga taklif etadi. Ushbu gapda yasama so’zlar soni nechta? 6 ta

619.Raqamli boshqotirmani to’liq yeching va javoblarda oltita so’zdan tarkib topuvchi maqolni aniqlab bizga qo’ng’iroq qiling. Yasama so’z va yasovchi qo’shimchalar soni nechta? Yasama so’z 6 ta, so’z yasovchi 4 ta

620. Aqlli, bilmdon va hushyor vazir shunday bo’ladiki, bir to’g’ri tadbir qo’llab, g’animni parokanda qilib yubora oladi, murosa-yu madora, xushmuomalalik bilan sipohni birlashtirib, dushman lashkarini o’ziga rom qiladi. Ushbu gapda yasama so’zlar soni nechta? 8ta

621. Aqlli, bilmdon va hushyor vazir shunday bo’ladiki, bir to’g’ri tadbir qo’llab, g’animni parokanda qilib yubora oladi, murosa-yu madora, xushmuomalalik bilan sipohni birlashtirib, dushman lashkarini o’ziga rom qiladi. Ushbu gapda so’z yasovchilar soni nechta? 6 ta

622. Aqlli, bilmdon va hushyor vazir shunday bo’ladiki, bir to’g’ri tadbir qo’llab, g’animni parokanda qilib yubora oladi, murosa-yu madora, xushmuomalalik bilan sipohni birlashtirib, dushman lashkarini o’ziga rom qiladi. Ushbu gapda yasama fe’llar soni nechta? 4 ta

623.Na’l so’zining ma’nosi? Tobut

624.Izohlovchi ishtirok etgan gapni toping? Hayotning poyonsiz ummoni ichra, bor shunday g’ariblar temirsiz hissiz

625.Ikkidan ortiq uyushiq bo’lak tarkibidagi va, bilan, hamda bog’lovchilari bir marta qo’llansa, qanday ma’no kelib chiqadi? Sanashning tugallanganligi aniqlanadi

626.Inkor kesimda uyushiq bo’laklar tarkibida qanday holatda va o’rniga bilan bog’lovchisini qo’llab bo’lamaydi? Fe’l bilan ifodalansa

627. Inkor kesimda uyushiq bo’laklar tarkibida qo’llangan na yuklamasi qanday ma’no bildiradi? Uyushgan bo’laklarni bog’lash va ma’noni ta’kidlash

628.Uyushgan bo’lak va umumlashgan so’z o’rtasidagi munosabat? Uyushgan bo’laklar hususiyatini, umumlashtiruvchi so’z umumiylikni bildiradi

629.Undalma qachon gap boshida qo’llaniladi? So’zlovchi tinglovchining diqqatini nutq jarayonida jalb qilishni istasa

630.Undalma qachon gap o’rtasi va oxirida qo’llaniladi? So’zlovchi tinglovchiga murojaat qilish orqali unga subyektiv maqsad ifodalasa

631.Undov so’z undalmadan keyin kelsa qanday yoziladi? Undov bilan undalma chiziqcha bilan ajratiladi

632.So’roq gapning qaysi turida savolga to’liq javob talab etiladi? So’roq olmoshlari bilan shakllangan gaplarda

633.So’roq gapning qaysi turida ha,yo’q javobi talab etiladi? So’roq yuklamalari

634.Quyidagi she’riy parchada jarangli undosh bilan tugagan yopiq bo’g’inlar sonini aniqlang. Kamtar bo’l barchani etgil bahramand....? 19 ta

635.Egalik qo’shimchasi qo’shilsa jarangsiz jarangliga aylanadigan qatorni toping? Ro’parasida tiniq suvday.... to’xtab qoldi

636.Un paychalarining ishtirokiga ko’ra bir guruxga mansub undoshlar ishtirok etgan so’zni toping? Baland

637.Sodda yasama so’z tarkibida qanday undosh ishtirok etmagan.Ko’rinishidan toza ko’ringan narsa sof bo’lavermaydi.Uni anglay olish uchun insonda mantiq qudrati bor? Lab undoshi

638.Qaysi qatorda portlovchi tovushdan iborat so’z yasovchi bor? Murodga yetishmoq uchun tilaging sof bo’lsin

639.Yod yot, sud sut so’zlaridagi ma’no farqlovchi tomoni? Jarangli yoki jarangsizlik

640.Ilm insonlarning madori,hayoti, raxbari najotidir. Uyushgan bo’lakni toping? Kesim

641.Oftob, osmon so’zlari qanday so’z? Tojikcha

642.Olampanoh, padari buzrukvor so’zlari qanday so’z? Jarjonlar

643.So’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etmagan gapni toping? Endi qayrilish bilmasin qanot

644.Qaysi qatorda o’zbek tilida muqobili bor tojikcha so’zlar berilgan? Chopon, kissa, buqa

645.Xesh so’zining sinonimini toping? Qarindosh

646.Qaysi qatorda matal bor? Qimirlagan qir oshar

647.Yordamchi so’zlar haqidagi qaysi hukm to’g’ri? O’zidan oldingi so’zga grammatik shakl sifatida qo’shilish; o’zidan oldingi so’z bilan bir urg’u ustida birlashadi

648.Nutq uslublariga qaysilar kiradi? Badiiy uslub axborot berishdan tashqari estekik ta’sir uyg’otadi, ilmiy uslub fan yutuqlarini olamga tanitadi, publitistik uslub ijtimoiy masalalarda faol ishtirok ta’monlaydi, so’zlashuv axborot uchun kerakli so’zlar qo’llash

649.Barqaror birikmalar haqida qaysi hukm to’g’ri? Nutqqa qadar tilda mavjudlik, ma’no butunligi, tuzilish va tarkibining barqarorligi

650.Qaysi qatorda sinonilar shakldan tashqari hususiyat ham ifodalaydi? Ulug’, buyuk

651.Ov... qo’shimchasi qaysi sonlarga qo’shiladi? 2 dan 20 gacha bo’lgan sonlarda

652.Yaxshilik qo’lingdan kelmasa, yomonlik ham qilma. Bu esingdan chiqmasin. Olmosh nimaga ishora qilgan? Gapga

653.Bo’lishsizlik yoq, emas so’zlari bilin ifodalansa shaxs son qay holatda qo’shiladi? Emas bilan ifodalansa emas undan so’ng, yo’q bilan ifodalansa undan oldin qo’shiladi

654.Shaxs son, mayl, zamon qo’shma fe’llarga qay holatda qo’shiladi? Ikkinchi qismga qo’shiladi

655.Qaysi bog’lovchi faqat yozma nutqqa hos? Aniqlov bog’lovchisi

656.Hm bog’lovchisi ishtirok etgan jumlada hatt yordamchisi qo’llab bo’lsa? Yuklama bo’ladi ya’ni o’z vazifasida keladi

657.Ohang yordamida bog’langan qo’shma gapning ma’nolarini toping? Ko’prikni biz qurdik, dushmanlar o’tdi- zidlik; qo’ng’iroq chalindi, dars boshlandi- sabab; anor so’zlar, Zaynab qalbi dir dir qaltirar- payt munosabati; oy tunda kerak- qiyoslash

658.Qaysi qatorda kesimlik shakli to’liq ifodalangan? Men ham yozmasaydim

659.Fe’llarning vazifa shakllaridan qaysi biri so’z yasovchi bilan shakldosh bo’la oladi? Ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi

660.Qo’qqisdan osmonni bulut qopladi, suv quyadi. Kelishiklar sonini aniqlang? 1 ta bosh, 2 ta tushum kelishigi

661.Uslubiy betaraf so’zni toping? Yaxshi, qalam, keldi

662.”Alpomish” dostonida bir kam to’qson alpning eng kattasi? Rustam

663.Boybo’ri Boysarini oldiga zakot so’zrab nechta mahramini yuboradi? 14 ta

664.Biylar chupronga qancha tashlab chiqib ketishadi? 80 tilla

665.Qaysi gapda shart mayli bog’lovchi sifatida isgtirok etgan. Ergashgan qo’shma gap, bog’langan qo’shma gap, aralash murakkab q.k, bog’lovchisiz q.k? ergashgan, aralash

666.Balki so’zi qanday qo’shma gaplarni bog’laydi? Bog’langan q.k

667.Akram qafasni ochdi// kaklik o’zicha g’iyq deb qo’ydi. Tinish belgini qo’ying? Ikki nuqta

668.Bog’lovchisiz qo’shma gap tarkibida shart munosabati bo’lsa qanday tinish belgi qo’yiladi? Tire

669.”Padarkush”da boyga kim pichoq sanchgan? Tangriqul

670.”Padarkush”dagi boyning sandig’idan pul o’g’irlash uchun kimlar boradi? Toshmurod, Tangriqul

671.”Hijron” taxallusi kimniki? A.Avloniy

672.Biling o’g’lonlarim. Sizlarni g’amdan qutqarur maktab. Misra muallifi? A.Avloniy

673.O’tar hijron o’tar zamon

Ey vatanim bo’lma hijron.misra muallifi? A.Avloniy

674.”Ikki emas to’rt til kerak” maqolasi muallifi? Behbudiy

675.Avaz O’trning “Har odamning talab yo’lida”gi asarining janri? Musamman

676.Quyidagilardan qaysi biri Hindistonda o’qituvchilik qilgan? So’fizoda

677.”Abulfayzxon” da kim Ulfat bilan Davlatni rozi qilish kerakligini aytadi? Ibrohimbiy

678.Ot va sifat yasovchi qo’shimchalarni toping? -oq, -in, -ik

679.Sifat va ravish yasovchi shakldosh qo’shimcha? -siz, -in

680.Ikki xil munosabat shakli bo’lib keluvchi qo’shimchani toping? -m, -ng

681.Ikki xil munosabat shakli qatnashgan so’zlar? Otam,ukang

682.Ikki xil so’z turkumi vazifasida keladigan so’zlar? Boyi, oqish

683.Asosi bir bo’lgan so’zlar berilgan qatorni toping? Osh, oshpaz, oshko’k, osha

684.Lug’aviy shakl yasovchi bilan omonim bo’lgan qo’shimchani toping? -xon, -ma, -in

685.So’z yasovchi va so’z shakli yasovchi omonim qo’shimchalarni toping? L, m, k, lab, xon

686.So’z va ot yasovchi shakldosh qo’shimcha yo’q qatorni toping? Hasharga yig’ilganlar ishladi

687.Qaysi yasama so’z tarkibida bir qo’shimcha sintaktik shakl yasovchi bilan omonim bo’la oladi? Bilimdon

688.Qo’shma sifat egaga bog’langan qatorni toping? Baxtiyorning shalpangquloq jajji kuchukchasi bor

689.Nechta yasama sifat bor. Bobur tadbirli va jasur....? 6 ta(tadbirli,adolatli,turli,o’qimishli,habardor,yetuk)

690.Olmoshlarning qaysi turida ularning bir turi qo’shma olmosh sifatida ishtirok etadi? Ko’rsatish

691.Kishilik olmoshlari nechta va ularning sintaktik vazifasini aniqlang. Otasi bobdoddan kirsin,dedi u Saltiga qarab, men o’zim yotig’i bilan aytib ko’ray? 4 ega va aniqlovchi

692.Baxtni har kim o’zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni ust boshi but. O’zi uchun yashaydiganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir. Bunday odamlarning borligidan hech kimga hech qanday foyda yo’q. Komil inson esa hammaning joni. Olmoshlarning qaysi turi yo’q? Kishilik, so’roq

693.Baxtni har kim o’zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni ust boshi but. O’zi uchun yashaydiganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir. Bunday odamlarning borligidan hech kimga hech qanday foyda yo’q. Komil inson esa hammaning joni. Olmoshlarning qaysi turi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan? Ko’rsatish

694. Baxtni har kim o’zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni ust boshi but. O’zi uchun yashaydiganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir. Bunday odamlarning borligidan hech kimga hech qanday foyda yo’q. Komil inson esa hammaning joni. Olmoshlarning sonini aniqlang? 8 ta

695.Baxtni har kim o’zicha tushunadi. Kimlarningdir qorni ust boshi but. O’zi uchun yashaydiganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir. Bunday odamlarning borligidan hech kimga hech qanday foyda yo’q. Komil inson esa hammaning joni. Qo’shma olmoshlar sonini? 3 ta

696.O’quvchilarimiz birlashishi uchun bir bosh kerak. Ma’no ko’chishining qaysi turi? Sinekdoxa

697.Bir necha ergash gapli qo’shma gapni toping? Boshimda tegirmon toshi yurgizsinlar, etimni nishtar bilan tilsinlar, men sizdan ayrilmayman

698.Qaysi gap tarkibida 3 ta qo’shma gap bor? Shirinsuhanlik shunday boylikki, u senga obro’ keltiradi, u orqali bitmas ishlar bitadi, do’stlar ko’payadi

699.Gapdagi til undoshlarining soni. Har qanday go’zallik zamirida mehnat yotadi? 18 ta

700.Insoniyat baxtli ter to’kmay turib, haqqoniy go’zallikka ergashib bo’lmaydi. Portlovchi undoshlar soni nechta? 21 ta

701.Quyidagi qaysi so’zlar qo’shilib yoziladi 1.qirq/bo’g’im 2.chala/savod 3.millatlar/aro 4.havo/rang 5.chanqov/bosdi 6,qashqar/gul hammasi qo’shilib yoziladi

702.Texnik ishlarbirikmasida urg’u qaysi bo’g’inga tushgan? Birinchi bo’g’in

703.Orttirma nisbatning qaysi qo’shimchalari paronim hosil qiladi? Kaz, qaz

704.”Dominanta” so’zining ma’nosini toping? Sinflar qatoriga uslubiy hoslanish va so’zlovchi bahosidan holi so’z

705.Ular Hofiz, Navoiy, Bedil va Fuzuliy baytlarini tahlil qilishdi. Tobe bog’lanishlar sonini aniqlang? 6 ta

707.Hayotning ko’p issiq sovug’ini ko’rib tajribamni oshirdim. Gapdagi fonetik o’zgarishlar sonini aniqlang? 3 ta

708.Hayotning ko’p issiq sovug’ini ko’rib tajribamni oshirdim. Gapdagi fonetik o’zgarishlar turini aniqlang? 1 ta orttirish, 2 ta almashish

709.Bo’lishsizlik fe’llarning bir martalik harakat inkori ma’nosidagi so’z qatnashgan gapni toping? Salima inshoni yozib qo’ymadi

710.Havaslansa arzigulik. Gapdagi fe’lning nisbatini aniqlang? Aniq

711.Tavsiyanomalar ishlab chiqib tarqatildi. Gapdagi fe’lning nisbatini aniqlang? Majhul, orttirma

712. Ulug’bek Ali Qushchining fikrlariga tushunganday xo’rsinib qo’ydi. Fe’l nisbati? Aniq

713.Behuda qo’ymaslik…..? harakat nomi

714.Aniq nisbatni toping? Xo’rsindi, tirmashdi, tortdi, ortdi, havaslandi

715.Fe’l nisbatlari birdan ortiq so’zlar? Tiklatishdi, o’qitishdi, uxlatishdi, ilitishdi

716.Mavsumiy so’zida qanday unli ishtirok etmagan? O’rta keng (e. o)

717.Asosdan keyin so’z yasovchi kelgan so’zlar? Boshlandi,boyidi,gapirdi,esladi

718.Ahmoq yolg’onga to’n kiygizdi. Gapning nisbati? Orttirma

719.Lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha ta’sirida asos fonetik o’zgarishga uchragan so’zni toping? Endi qayrilish bilmasin bu qanot

720.Qo’llari ketmon, o’roq ushlayverganidan g’adir-budur, haqiqiy dehqon edilar.gapdagi imlo xatosiga yo’l qo’yilgan so’zning turkumini toping? Sifat

721.Imlosida xatolikka yo’l qo’yilgan qatorni toping? “mumkin? Yuklamalar Amudaryo” jurnali, shuhrat medali

722.Qaysi birliklar o’zidan oldingi so’zga qo’shilib, ajratib yozilishi

723.Imloviy xato so’z? toshdan-toshga

724.Bo’g’iz undoshlari qo’llanmaydigan so’zlar? ..omsemiz, …alqparvar, …ushbichim

725.Imloviy xato qaysi gapda? Voy, uyqichiey

726.Gapdagi nechta so’z xato. G’azapdan o’zingni asra, u tufayli inson maxsatlarini unutadi? 3 ta

727.Imloviy xato so’z? maxliyo

728.Qaysi qo’shimcha turi bilan bog’liq xato bor. Inson umri davomida do’st ortdiradi? Lug’aviy shakl yasovchi

729.N.Dumbadzening zamonaviy mavzudagi qaysi asarida insonlarning bir biriga munosabatlari odamiylik oqibatlari ulug’langan? „Oq bayroqlar“, „Quyosh kechasi“

730.Yetimcha yetti ko’cha maqoli qaysi asarda uchraydi? Ch.Aytmatov „Oq kema“

731.Taka yovmit, yazir, to’klang, ahal eli bir bo’lib, gar qilsa bir … ochilur gul lolasi. Ushbu misralar muallifi? Mahtumquli

732.E.Tompson qaysi asari uchun „Eliot“ mukofotini olgan? „Yovvoyi hayvonlar hayoti“

733.Qaysi qatorda Tompsonning asarlari berilmagan? „Kanada qushlari“, „Bo’lgan voqealar“

734.Firdavsiyning „Siyovush“ qissasi va R.Hamzatovning …. She’rlarini nima bog’lab turadi? Tasvirdagi tush voqealari

735.Xayoldan hasham bichma, yolg’ondan qasam ichma. Gapdagi so’z birikmalarining bog’lanish usuli? Boshqaruv, bitishuv

736... tilidan ilon zahar oladi. So’z birikmalarining bog’lanish usuli? 1 ta moslashuv, 2 ta boshqaruv

737.Insoniyat tarixi bu har birimizga bog’liq bo’lgan o’zligimizni ko’rsatadigan, bizning olis shajaramizni, nasl-nasabimizni, insoniy qadru-qimmatimizni belgilaydigan muqaddas va mo’tabar voqelikdir.gapdagi so’z yasovchi qo’shimchalr soni? 7 ta

738.Hayotiy tarixni bilmasdan turib o’zlikni anglash mumkin emas. So’z yasovchilar soni? 2 ta

739...... ularni noumid qilma, shu ikki buyuk.... uchun baxti yashab bergin, o’g’lonim. So’z yasovchilar soni? 3 ta

740. ..... ularni noumid qilma, shu ikki buyuk.... uchun baxti yashab bergin, o’g’lonim. Yasama fe’llar soni? 2 ta

741. . ..... ularni noumid qilma, shu ikki buyuk.... uchun baxti yashab bergin, o’g’lonim. Mustaqil fe’llar soni? 2 ta

742.Undalmada faqat jarangli undosh qatnashgan gap? Ko’ngil olding, begim

743.Undalmada til oldi jarangli portlovchi tovush qatnashgan gap? Shahzoda, men sulh tuzmoqchiman

744.Undalmada faqt til undoshi qatnashgan gap? Go’zal yulduz, yerimizning.....

745.End gullagan yoshlik chog’imda. Yasama so’zda qanday til undoshi bor? Til oldi, til o’rta, til orqa

746.Yasama so’z asosida sir’g’aluvchi tovush yo’q gap? Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib

747.Sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchi tarkibida nechta portlovchi tovush bor. Yo’qolgan pichoqning sopi oltin? 3 ta

748.Hayot siylar bizni baxt-u quvonch bilan. Apdagi juft so’z qanday sintaktik vazifada kelgan? To’ldiruvchi

749.Affiksatsiya, morfologiya usuli? Sharqona odobga hos mehmondo’st

750.Mis buyumlarni po’lat qalam.? Qandakorlik

751.Taxminiy o’lchov? -cha, -dan, ortiq

752.Oradan qancha yillar o’tmasin.... qo’shma gapningturi? To’siqsizlik

753.Yasama mavhumo? Sevinch

754.Egalik qo’shimchasi qo’shilganda yasama so’zlar tarkibida tovush o’zgarishi yuz bergan qator? Go’zalligi, tilagim

755.Bosh kelishikdagi yasama mavhum it ega vazifasida kelgan qator? Yaxshilik yerda qolmas

756.Qaratqich ikki o’rinda belgisiz qo’llangan gap? Har bir so’z zamirida inson nomi saqlanadi

757.Yasama sifat kesim bo’lib kelhan qator? Usti yaltiroq,ichi qaltiroq

758.Otlashgan sifat to’ldiruvchi vazifasida qo’llangan gap? Hali kattalardan ...... yo’q

759.O’zli olmoshi qaratqich aniqlovchi bo’lib kelgan gap? Kishining hurmati o’z qo’lida

760.Uch va besh bo’ginli so’zlar? Masala, momaqaldiroq

761.Matnda mustaqil gaplar? Mazmunan bog’lanadi

762.Ayiruv bog’lovchisi qatnashgan gapni toping? Qizaloq goh kuldi...

763.Asl ko’makchilarni toping? Bilan, uchun, sari, singari

764.Fikrda so’zlarning xulosasi? Modal so’z

765.Gumon yuklamasi qatnashgan gapni toping? Uyiga yetib borgandir

766.Modal so’zlarni toping? Xullas, demak, ehtimol

767.Eh, havo naqadar issiq. Undov so’zning ma’nosi? His-hayajon

768.So’z birikmasini toping? Kitobni sevmoq

769.Ajratilgan bo’laklar qanday tinish belgilari bilan ajratiladi? Vergul, tire

770.Sifat yasovchi qo’shilsa qanday tovush o’zgarish bo’ladi? Tovush tushishi, almshinishi, ortishi (qaynoq, qattiq, qaynoq)

771.Urg’u so’z yasovchi qo’shimchaga tushgan javobni toping? Terma(ot), gapirma(ot), qaynatma(ot), tortma(ot)

772.Birovning narsasini so’roqsiz olish kechirilmas gunoh sanaladi. Tovush o’zgarishi nechta? 3ta

773.Harakat tarzini bildirgan qaysi fe’l ravishdoshning –a, -y shaklida qo’shilgan? Olmoq

774.Ko’makchi fe’llardan qaysi biri harakatning bosqichini bildiradi? Boshlamoq

775. –la qanday holatda omonim bo’la oladi? Ko’makchi, yuklama

776.Sodda fe’l tarkibida –la fe’l yasovchisi sinonim emas? Tezla

777.Odamlar g’urur, chegarasiz manmansirash tufayli ne-ne kulfatlarga duchor bo’lmagan deysiz, shuning uchun ham islom tafakkurining buyuk natijasi hisoblangan so’fizmda inson o’z “men”idan kechmay turib Ollohni tanimaydi, degan aqida bor edi. Yasama fe’llar soni? 2 ta

778.Unim yo’q, bunim yoq.

Uyimda unim yo’q

Ishinda unum yo’q

Aytishga unim yo’q. Tovush o’zgarish nechta? 3 ta

779.Sherlarning qaysisida lirik qahramon oradan bir necha yil...? “Qishlog’im”, “.....”

780.Qo’shma gaplarning birinchi qismida keyin kuchli to’xtam bo’lsa qanday tinish belgisi qo’yiladi? Nuqta

781.”Davlat tili” haqidagi qonunning qaysi moddasi O’zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslarning talim olishi haqida? 9 modda

782.Umumturkiy adabiy til haqida kim eng yengili o’g’uz, eng to’g’risi yag’mu deb ta’kilagan? Mahmud Koshg’ariy

783. XII asr g’arbiy til an’anasida yozilgan asar? Qul Ali “Qissai Yusuf”

784.Eski turkiy tildagi “butlamoq’ so’zining ma’nosi? Tarqalmoq, tortdi

785.Tilga hos hususiyatlar qaysi? Voqelik, jamiyatga xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy hodisa

786.Vergul qachondan qo’llangan? G’arbiy Yevropada 15 asrdan

787.Veksel//qog’oz pul//qarz olganlik haqida hujjat//qog’oz puldir. Qo’llanishi lozim bo’lgan tinish belgilarini aniqlang? Tire, vergul, vergul, nuqta

788.Olamni quyosh yoritadi, insonni-ilm. Gapda tirening qo’llanish sababi? Kesim ifodalanmay qolganligi sababli

789.Aglutinativ tillarga hos hususiyatlar? Nechta grammatik ma’no bo’lsa ularni ifodalovchi shuncha grammatik ma’no bo’ladi; grammatik shakllar chegarasi aniq bo’ladi; grammatik ma’noning ko’payishi bilan grammatik shakllar chapdan o’ngga siljiydi; grammatik qo’shimchaning qo’shilishi asosning fonetik o’zgarishiga olib kelmaydi

790.Kesimlik ma’nosini hosil qiluvchi shakllar? Shaxs, zamon, bo’lishlilik, bo’lishsizlik

791.Qaysi so’zning ma’nosi arabcha “uy’ ma’nosini bildiradi? Bayt

792.Quyidagilardan aysi biri Cho’lponning taxallusi emas? Mirza Andijoniy

793.A.Qodiriyning yozuvchilikdagi birinchi mashqi? “Yangi masjid va madrasa” nomli habar

794.Qaysi ijodkorning lirik qahramoni “zafaroniy ko’ylar, arg’uvoniy kamzihur” da tasvirlanadi? Furqat

795.Oshiqqa chamanzorza sarv daraxti bilan yosuman gulining nozik va ko’rkam deyishlari g’alati tuyiladi, chunki yorining qomati sarvdan, ko’ylagi guldan nozik ya’ni go’zal? Furqat

796.Tasavvuf adabiyotida o’zini Olloh ishqiga yetishmoqa bahshida etgan ramz? Tarso go’zali

797.Ogahiy kimning “Yusuf va Zulayxo’ asarini tarjima qilgan? Jomiy

798.’Ishqqa o’lim tabiatning qonuniga zid” so’zlarini qaysi qahramon aytgan? Otello Dezdemonaga

799.Quyidagilardan qaysi biri Shekspirning tragediya janrida yozilmagan? “Yoz kechasidagi tush”

800.M.Alining “Boqiy dunyo” asari bilan bir xil janrda yozilgan asarni toping? Pushkin “Yevgeniy Onegin”

801.”Lanatlar bu yurtga yolg’on vatanga” parcha qaysi asardan olingan? ‘Seleziya to’quvchilariga”

802.O.Yoqubovning mustaqillik yillarida yaratgan romani? “Adolat manzili”

803.Oybek shu qadar qizg’in mehr bilan qalam tebratdiki, 6 oy badalida milliy ozodlik harakatida mehnatkash xalq ongining munavvarlashishini yaratdi. Bu fikrlar muallifi kim? Homil Yoqubov

804.”Zulm qayerda bo’lsa uni yondirish kerak” deb qaysi qahramon aytgan? Yo’lchi “Qutlug’ qon”

805.Oybek gapirolmay qolganda xotirasi susayganida ozgan asari? “Ulug’ yo’l”

806.Go’dakday mehribon bo’lgani uchun ham bag’ri ifloslik va kirlarga to’la hayot uni sig’dirmaydi. Fikr kim haqida? Zebi

807.Cho’lpon tarjima qilgan “Osilgan yetti kishi” asarining muallifi? Andreev

808.Quyidagilardan qaysi biri Cho’lponning dramasi emas? “Qalandar ishqi”

809.Bo’lishsizli qo’shimchasi ham yetakchi ham ko’makchi fe’lga qo’shilsa qanday ma’no anglatadi? Bo’lishsizlik

810. –la qaysi so’z turkumidan fe’l yasasa yasashga asos qismdan anglashilgan tus holatiga kirishini ifodalaydi? Sifatdan

811.Eng faol fe’l yasovchi qo’shimcha? -la

812.Sifatdosh qatnashgan gapni toping? Men o’ylaymanki, bugungi kun hayotingizda o’chmas iz qoldiradi

813.So’z ulug’ qudrat eritgay toshni ham? Sodda ot kesim, sodda fe’l kesim

814.Qo’shma ot kesimli gap berilgan qatorni toping? Bog’imizning gavjum bo’lishi bejiz emas edi

815.Uyimizdan yaxshilar qadami uzilmas edi. Kesim qaysi so’z turkumi bilan ifodalangan/ sifatdosh

816.Qo’shma fe’l kesim qatnashgan gapni toping/ tun o’rnini tongga bo’shatib berdi

817.Kesim yasama bo’lib faqat til undoshlaridan tashkil topgan qatorni toping/ tarixni anglash orqali insonda..... shakllanadi

818.Onamdan eshitgan gapni aytdim. Nomustaqil to’ldiruvchi qaysi bo’lakning bo’lagi bo’lgan? Aniqlovchi

819.Nomustaqil to’ldiruvchi aniqlovchiga bog’langan qatorni toping? o’zidan keyin kelayotgan avlodning zakovatiga ishonadigan

820.To’ldiruvchi ravish bilan ifodalangan gapni toping? Ko’pdan ko’p aql chiqar

821.Hol ot kesimga bog’lansa qanday ma’no anglatadi? O’rin ma’nosini

822.Shaklan tugallangan lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi bo’lsa, bog’lovchisiz qo’shma gapda qanday tinish belgisi qo’yiladi? Ikki nuqta

823.Kurashda bir tabiat qonuni bor bir polvon mag’lub bo’lsa.... tinish belgisi? Ikki nuqta, nuqtali vergul, nuqta

824.Suhbatdoshning savoli javobsiz qolsa qanday tinish belgisi qo’yiladi? Ko’p nuqta

825.Nutqdagi alohida ajratilgan ta’kidlangan so’zlardan keyin qavs ichida qanday tinish belgisi qo’yiladi? Undov

826.Qo’shma gaplarning birinchi qismidan keyin kuchli to’xtam bo’lsa qanday tinish belgisi qo’yiladi? Nuqta

827.Mantiqiy urg’u? Gapda ayrim so’zlarning kuchliroq aytilishi

828. X va H tovushlari noto’g’ri qo’llangan so’zni toping? Xaykal, hislat, huruj

829.Lug’aviy shakl yasovchi so’z yasovchi bilan omonim bo’lgan qatorni toping? Chaqin bo’lma, bo’lma guldurak


Download 216.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling