1 zulmat ostonasidagi muhabbat (1-fasl) Stefani Mayer
https://telegram.me/e_kutubxona
Download 1.24 Mb. Pdf ko'rish
|
Zulmat ostonasidagi muhabbat [@e kutubxona]
- Bu sahifa navigatsiya:
- https://telegram.me/e_kutubxona
- Birinchi fasl tugadi.
https://telegram.me/e_kutubxona 171 ― Faqat jahling chiqmasin... ― Jeykob, sendan xafa bo’lishga hech qanday asosim yo’q. Billi amakidan ham xafa emasman. Gapiraver. ― Bella, bilaman bu ahmoqlik, lekin dadam yigiting bilan uchrashmasligingni istayapti. Sendan iltimos qilishimni so’radi. ― Billi amaki juda irimchi-da... ― Ha. Finiksda falokatga uchraganingda dadam aqldan ozay dedi. Dadam ishonmadi... - u gapini oxirigacha aytolmadi... ― Men zinadan yiqilib tushdim, - dedim dona-dona qilib. ― Bilaman, - dedi u tezgina. ― Dadang shu ishda ham Edvardning qo’li bor deb o’ylayaptimi? - jahlim chiqdi. Jeykob boshini yerdan ko’tara olmadi. ― Hech bo’lmasa, sen gapimga ishon, - gapim samimiy chiqdi shekilli Jeykob tortinib qarab qo’ydi. ― Edvard rostdan ham hayotimni saqlab qoldi. Agar Edvard bilan doktor Kallen bo’lmaganida hozir birga raqs tushmayotgan bo’lardik. ― Albatta, - dedi u gaplarimga ishonib. Jeykob dadasiga ham ta'sirini o’tkaza olishidan umid qilardim. ― Lekin dadam yana bir gapni yetkazib qo’yishimni so’radi. ― Xo’sh... Gapiraqol cho’zmasdan... ― Mayli... Eh, shunaqa ahmoqlik ham bo’ladimi... - peshanasini tirishtirdi yigit. ― Dadam haligi... biz seni kuzatib yurishimizni aytdi. Bella, men bu ishda ishtirok etmoqchimasman! Kulib yubordim xuddi ayg’oqchilar haqidagi kinolardagidek. ― Xo’sh, dadamga nima deb qo’yay? O’z ishingizdan qolmang, deymi? ― Yo’q, - xo’rsindim. ― Rahmat deb qo’y. Axir Billi amaki menga yaxshilik istayapti-ku! Qo’shiq tugagach sekin qo’limni oldim. Lekin Jeykob qimirlamadi. ― Balki yana raqs tusharmiz? - dedi u boshini egib. ― Senga biror narsa olib kelaymi? ― Rahmat, Jeykob, - gapga aralashdi yerdan chiqqandek qarshimizda paydo bo’lgan Edvard. ― Bellaga g’amxo’rlik qilishni o’zimga qo’yib ber! Jeykob cho’chib tushdi. ― Qachon paydo bo’lding... Sezmay qolibman. Mayli, Bella, uchrashguncha, - dedi u va ikkilanib orqaga tisarildi. ― Ko’rishguncha, - dedim men ham. Navbatdagi musiqa yangragach, Edvard xo’jayinlarcha belimdan quchdi, men esa sekingina mushakdor yelkasiga bosh qo’yib so’radim: ― Tinchlandingmi? ― Unchalik emas. ― Billi amakidan jahling chiqmasin. U dadamning yaqin do’sti, menga yaxshilik istaydi. ― Undan emas, o’g’lidan jahlim chiqyapti. Ishonqiramay ko’zlariga tikildim. ― Nega? https://telegram.me/e_kutubxona 172 ― Birinchidan, uni deb va'damni buzdim. Yoningdan jilmayman deb so’z bergandim. ― Ha-ya, mayli kechirdim. ― Rahmat. Lekin bu hammasi emas. Sabr bilan davomini kuta boshladim. ― U ko’rinishing chiroyli dedi, - qovog’ini uydi Edvard, ― Sen shunchaki chiroyli emas juda go’zalsan. ― Oshirvording, sen xolis baho bermaysan. ― Yo’q, xolisman! - biz musiqaga mos aylana boshladik. ― Xo’sh, bu taraddudning sababini tushuntirib berasanmi? - so’radim. Edvard hayratlanib tikilganini ko’rib, ko’zimni olib qochish uchun devordagi gullarga qaradim. Shundan keyin biz aylangancha tashqariga qarab harakatlana boshladik. Yo’lda raqs tushayotgan Mayk bilan Jessikaga duch keldik, ular bizga qo’l siltab qo’yishdi. Mana Anjela, Li, Samanta... Barcha sinfdoshlarim bizga havas bilan qarashar, biz esa gir aylangancha ularning yonidan suzib o’tardik. Nihoyat maktab hovlisiga chiqdik. Quyoshning so’nggi nurlari ostida bir-birimizga termulgancha ancha payt turib qoldik. U o’jarlik bilan lablarini qimtidi. ― Nima gap? - so’radim. Edvard qorong’u osmonga chiqib kelgan oyga tikildi. ― Yana qorong’ulik... Kun qanchalik yaxshi bo’lmasin, baribir tugaydi... ― Dunyoda vaqt ta'sirini o’tkaza olmaydigan narsalar ham bor, - shivirladim. ― Men seni bitiruv kechasiga olib kelish uchun taraddud qilgandim, - nihoyat savolimga javob berdi u. ― Chunki hayoting tabiiy kechishini istayman. Hamma odamlarniki qatori... Agar Karlayl meni olib qolmaganida, menda ham shunday bo’lardi. Afsuski, o’shanda o’lib ketmaganman... Titrab ketdim. ― Albatta, o’z ixtiyorim bilan bitiruv kechasiga kelarmidim? . Agar sen mendan uch ming marta kuchli bo’lmaganingda, kelmasdim. Edvard jilmaydi, lekin ko’zlari sovuq boqib turardi. U oyga tikilib qoldi, men esa unga. ― Bitta savolimga javob berasanmi? - dedi oydan ko’z uzmay. ― Sendan biror nimani yashirganmidim? ― So’z ber. ― Yaxshi, - dedim va shu zahoti afsuslandim. ― Bitiruv kechasiga olib kelayotganimni bilib nega hayratlanding? ― Shunchaki... ― Demak boshqa narsadan umid qilgansan! Seningcha men seni qayerga taklif qilishim mumkin edi? So’z berganimga pushaymon bo’lib, "gapirgim kelmayapti" dedim. ― Va'da berding! ― Esimda... - u meni uyalyapti deb o’yladi. ― Unda gapir. ― Aytsam jahling chiqadi-da... ― Baribir nima kutganingni bilishim kerak, - Edvardning qovog’i uyuldi. - https://telegram.me/e_kutubxona 173 Xo’rsindim, undan qutulish osonmas. ― M-men biror muhimroq voqeaga tayyorlanayapmiz deb o’ylabman... - dedim cho’zib. ― Odamlarga xos bitiruv kechasiga emas! - dedim yerdan ko’z uzmay. ― N-nima? Odamlarga hos? - qayta so’radi u. ― Mayli, - taslim bo’lib ochiqcha gapirishga qaror qildim. ― Men fikringdan qaytdingmi deb o’ylabman... - uning jahli chiqqanini ko’rib, darrov qo’shimcha qildim: ― O’zing so’rading, aytmoqchi emasdim... ― Rostdan ham shunchalik xohlayapsanmi? - hayratlandi Edvard. Men bosh silkidim. ― Unda tayyorlan! Hozir hammasi tugaydi va hayotingning zulmati boshlanadi! Kelajaging bilan xayrlashishga ham tayyormisan? ― Yo’q. Bu men uchun hayotimning intihosi emas, ibtidosi bo’ladi! ― Men bunga arzimayman, Bella! Kulib boshimni ko’targanimda ko’zlarimiz uchrashdi. ― Esingdami, menga o’z qadringni bilmaysan deganding? Sen ham shunaqasan! ― E, yo’q, men o’z qadrimni bilaman! Ey, odam degan ham shunaqa qaysar bo’ladimi?.. Mayli, tayyormisan? - so’radi u ko’zimga tikilib. ― Ha, tayyorman... U shirin jilmayib lablarini bo’ynimga bosdi... Birinchi fasl tugadi. https://telegram.me/e_kutubxona uchun tayyorlandi. Jahon va o’zbek adabiyotining eng sara asarlarini https://telegram.me/e_kutubxona manzilidan yuklab oling. https://telegram.me/e_kutubxona Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling