10- amaliy mashg‘ulot. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati


Download 41.7 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi41.7 Kb.
#1402692
  1   2   3   4   5
Bog'liq
amaliy mashg-10


10- amaliy mashg‘ulot. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati



Маvzuga doir masala va topshiriqlarning namunaviy yechimlari





  1. Mukammal raqobatlashgan firmaning umumiy xarajatlar funksiyasi

TC=0.5×Q3-15×Q2+300×Q+250 000 ko‘rinishida bo‘lsa. Tovarning narxi necha so‘mni tashkil etsa, firma o‘z faoliyatini to‘xtatadi? Yechimi:
Qisqa muddatli oraliqda narx o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlarning minimumidan past bo‘lsa firma yopiladi, ya’ni PO‘rtacha xarajatlarni topsak AVC=(0.5Q3-15Q2+300Q)/Q=0.5Q2-15Q+300
AVC ni minimumini topish uchun undan hosila olib 0 ga tenglashtiramiz:
Q-15=0 bundan Q=15:
Min AVC=AVC(15)=0.5×225 -225 +300 = 187.5
Javob: Narx P<187.5 bo‘lganda firma yopiladi.
2. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firmaning umumiy xarajatlari funksiyasi TC=0.2Q2+4Q+80 ko‘rinishida berilgan, bu erda Q-ishlab chiqarish hajmi, ming dona hisobida. Firma mahsulotining bozor narxi 12 $ ga teng bo‘lganda firmaning maksimal foydasi aniqlansin. Yechimi:
CHekli xarajatlar funksiyasini aniqlash uchun umumiy xarajatlar funksiya sidan birinchi tartibli hosila olamiz TC'=MC=0.4Q+4. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashayotgan firma maksimal foydaga P=MC da erishadi, bizda bozor narxi 12$ ga teng. 12=0.4Q+4 bundan Q=20 ni topamiz.
Firma foydasi π=TR-TC=12×20-(0.2×202+4×20+80)=240-240=0
Javob: firma foydasi 0 ga teng.
3. Tarmoqda 130 ta firma harakat qiladi. Har bir firmaning umumiy xarajatlar funksiyasi TC=Q3-36Q2+384Q ko‘rinishida berilgan. Bu erda Q-ishlab chiqarish hajmi, ming dona hisobida. Uzoq muddatli oraliqda firmalar muvozanat holatda bo‘lishlari uchun bozor narxi va tarmoq taklifi aniqlansin. Yechimi:
Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashayotgan firmalarning mahsuloti narxi P=minATC bo‘lishi kerak. O‘rtacha xarajat ATC=TC/Q=Q2-36Q+384=(Q-18)2+60 bu funksiya minimum qiymatga Q=18 bo‘lganda erishadi va minimum qiymati 60 ga teng bo‘ladi.
Tarmoqning taklif hajmi Qs=130×18=2340.

Download 41.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling