10. Mukammal raqobatlashgan bozorda faoliyat olib borayotgan firmaning umumiy xarajatlar funksiyasi quyidagicha berilgan:
TC=2000+1600Q-20Q2+0.5Q3
Narxlarning qanday darajasida firma ishlab chiqarishini to‘xtatib bozorni tark etadi?
11. Mukammal raqobatlashgan tarmoqda bir xil umumiy xarajatga ega bo‘lgan firmalar harakat qilmoqdalar, ularning umumiy xarajat funksiyasi TC=0.2Q3-8Q2+120Q ga teng. Tarmoq mahsulotlariga talab funksiyasi esa QD=1360-10P ko‘rinishida berilgan. Uzoq muddatli oraliqda tarmoqda nechta firma faoliyat yuritadi?
12. Raqobatlashayotgan firma X tovarni ishlab chiqarishi uchun 2 birlik A resursdan va 3 birlik B resursdan foydalanadi. A resursning narxi 8 ming so‘m B resursniki esa 5 ming so‘m, firmaning o‘zgarmas xarajatlari esa 1.2 milion so‘mga teng. X tovar narxi qancha bo‘lganda firma bozordan chiqib ketmaydi?
13. Raqobatlashayotgan firmaning umumiy xarajatlari TC=800+40Q+2Q2 ga teng. U qisqa muddatli oraliqda 1000 pul birligiga teng foyda olishi uchun tovar narxi va tovar hajmi qanday bo‘lishi kerak?
14. Raqobatlashayotgan firmaning chekli xarajati MC=30+2Q ga va o‘zgarmas xarajatlar miqdori 500 $ ga teng. U qisqa muddatli oraliqda 1100 $ ga teng foyda olishi uchun ishlab chiqarayotgan mahsulotining narxi va hajmi qanday bo‘lishi kerak?
15. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firmaning umumiy xarajatlar funksiyasi TC=50 000 +20∙Q+X∙Q2+1/3∙Q3 bu erda X>0. Bizga ma’lumki, narx 50$ ga teng bo‘laganda firmaning optimal ishlab chiqarishi hajmi 5 birlikni tashkil qiladi. X topilsin.
16. Umumiy xarajatlar funksiyasi quyidagicha berilgan:
TC=2Q2-20Q+800
Bu erda Q- ishlab chiqarish hajmi, ming donada.
a) agar firma mahsulotining bozor narxi 32 ming dollar bo‘lsa u qancha foyda yoki zarar ko‘radi?
b) agar firma zarar bilan ishlayotgan bo‘lsa, qisqa muddatli oraliqda u bozorda qoladimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |