10 – Credit Agricole


Download 1.61 Mb.
Sana15.06.2023
Hajmi1.61 Mb.
#1479646
Bog'liq
Dunyoning eng yaxshi banklari


Dunyoning eng yaxshi 10ta banki

10 – Credit Agricole


Credit Agricole Fransiyaning ikkinchi o‘rinda turuvchi banki bo‘lib, 2,117 trln dollarlik aktivlarga ega. Uning bozor qiymati 308 mlrd dollarni tashkil qiladi (reytingda bank aktivlari va bozor qiymati o‘rtasida tafovut mavjud. Ro‘yxat banklar boshqaruvidagi aktivlarga ko‘ra tuzilgan). 1894 yilda tashkil etilgan bu bank dastlab fermerlarga xizmat ko‘rsatgan va keyinchalik deyarli barcha sohalarni qamrab olgan.

9 – Bank of America


Amrika nomini o‘zlashtirib olgan Bank of America bu davlatning ramzlaridan biri hisoblanadi. Dunyo bo‘ylab sochilib ketgan tarmoqlar va 2,281 trln dollar aktivlarga ega bu bank obro‘si juda balandligiga qaramay kamtargina 9-o‘rinni egallagan hamda bozor qiymati 325 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu jihatdan u dunyoda uchinchi o‘rinda turadi. 2008 yilda Merrill Lynch bankini o‘ziga qo‘shib olganidan so‘ng faoliyat qamrovi yanada ortgan.

8 – BNP Paribas


Bu bank 2000 yilda Parij Milliy banki (BNP) va Paribas banklari qo‘shiluvidan tashkil topgan hamda ikki nomni o‘zida jamlagan. 2,357 trln. dollar aktivga ega bu bankning dunyoning 80ga yaqin davlatlarida 40 mln nafardan ortiq mijozlari bor. Bozor qiymati ham yomonmas – 85 mlrd dollar.

7 – HSBC Holdings


Bu bankni bir necha davlatga tegishli deyish mumkin. HSBC bankining shtab-kvartirasi London shahrida joylashgan va uning tarmoqlari butun Yevropa bo‘ylab sochilib ketgan. 1885 yilda Hongkong va Shanxay bankalararo kooperatsiyasi tomonidan o‘sha paytda Britaniya koloniyasida tashkil etilgan bu muassasa nufuzi asrlar osha ko‘tarilib borib, bugungi kunda 80dan ortiq davlatlarda faoliyat yuritadi. HSBC nafaqat kreditlash, balki investitsion loyihalarda ham juda faol. Bozor qiymati – 175 mlrd dollar.

6 – JPMorgan Chase & Co


Bu ro‘yxatning oltinchi o‘rnini egallagan AQSh vakili 2,533 trln dollar aktivga ega va uning bozor qiymati 390 mlrd dollarni tashkil qiladi. 2000 yilda JPMorgan & Co va Chase Manhattan Bank banklari qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan bu ulkan moliyaviy tashkilot nafaqat AQShda, balki dunyoning turli nuqtalarida o‘z xizmatlarini ko‘rsatadi.

5 – Mitsubishi UFJ Financial Group


2005 yilda Bank of Tokyo-Mitsubishi va UFJ Bank moliyaviy tashkilotlari qo‘shiluvidan yuzaga kelgan bu ulkan bank 2787 trln dollarlik aktivlarga ega hamda bozordagi bahosi salkam 112 mlrd dollarni tashkil qiladi.

4 – Bank of China


Bank of China 2,991 trln dollarlik aktivlari bilan bu ro‘yxatni boshlab beradi. 1912 yilda asos solingan bu bank dastlabki 30 yil davomida Xitoy davlati banknotlari emissiyasi bilan ham shug‘ullangan. Hozirgi kunda Bank of China 30ga yaqin davlatda ish yuritadi va sug‘urta faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. Bozor bahosi – 180,6 mlrd dollar.

3 – Agricultural Bank of China


Xitoyning bu bankini qisqartirib AgBank ham deyishadi. Bu nomni olganiga sabab asosan qishloq xo‘jaligini moliyalashtirishga ixtisoslashuvidir. 3,235 trln aktivga ega bu bank 1951 yilda Cooperation Bank va the Farmers Bank tashkilotlari qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan. Bankning Xitoy bo‘ylab 25 mingdan ortiq filiallari va 330 mln nafardan ortiq mijozlari bor. Bozor qiymati – 204 mlrd dollar.

2 – China Construction Bank Corp


Qisqartirib CCB deya ataluvchi bu bank nomida «Xitoy Qurilish Banki» degan ma'no yotadi. Asosiy idorasi Pekinda joylashgan bu bank 3,4 trln dollar aktivlarga ega va korporativ mijozlarga investitsion xizmatlar ham ko‘rsatadi. Shuningdek, g‘aznachilik sohasida ham faoliyat yuritadi va qimmatli qog‘ozlar bozoriga aralashadi. 2013 yilga qadar CCBning 10 foiz aksiyalari Bank of America ixtiyorida bo‘lgan. Bozor qiymati – 253 mlrd dollar.

1 – Industrial & Commercial Bank of China


O‘zbekchasiga «Xitoy sanoat-tijorat banki» nomli bu ulkan moliya muassasasi o‘zining 4,009 trln dollarlik aktivlari bilan dunyo yetakchisi hisoblanadi. 1984 yilda davlat tomonidan asos solingan 
Bugungi kunda ICBC banki Xitoyning o‘zida yarim million nafardan ortiq xodimlarga ega. Shuningdek, Kanada, Makao, Turkiya kabi davlatlarda ham doimiy vakolatxonalariga ega
Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling