b) S2- va S2O32- ionlarini ajratish va aniqlash. S2- va S2O32- saqlagan eritmaga yangi tayyorlangan CdCO3 suspenziyasi qo’shiladi (2-3 tomchi CdCl2 eritmasiga 2--3 tomchi Na2CO3 eritmasidan qo’shiladi) va aralashtiriladi. Eritmada sariq cho’kmaning xosil bo’lishi, S2- ioni borligini ko’rsatadi.
CdS cho’kmasi eritmadan sentrifugalanadi va tashlab yuboriladi. Eritma saqlagan S2O32- ioni esa ikki qismga bo’linadi. Birinchi qism eritmaga yodning KJ dagi eritmasi qo’shiladi. Eritmaning rangsizlanishi S2O32- ioni borligini ko’rsatadi. Ikkinchi qism eritmaga esa 2 n H2SO4 qo’shiladi. Bunda eritmaning loyqalanishi S2O32- ioni borligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |