10- mavzu: budjet- soliq siyosati reja


Download 445.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana22.06.2023
Hajmi445.13 Kb.
#1648457
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
10-mavzu Bank tizimi. Pul-kredit siyosati



10- MAVZU: BUDJET- SOLIQ SIYOSATI 
Reja: 
10.1. Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari. 
10.2. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari. 
10.3. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi. 
10.4. O`zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining xususiyatlari va uni 
takomillashtirish yo`nalishlar. 
  
10.1. 
Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari.  
  
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. 
Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali 
ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, budjet-soliq siyosati deb ham aytiladi.
Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida 
iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy 
o`sishni ta‘minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni 
o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.  
Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat 
tomonidan rag`batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya‘ni, 
davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini 
oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish 
evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni 
kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy 
salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank 
tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat 
xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. 
Iqtisodiyotda to`liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi 
mumkin bo`lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriksiya olib 
boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni 
(T) oshirish yoki bo`lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali 
iqtisodiyotning davriy o`sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda 
ushbu tadbirlar talab inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori 
soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning 
iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz 
foydalanish qo`shimcha turtki bo`lishi mumkin.

Download 445.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling