10- mavzu: hayvonot olamining xilma-xilligi. Tayanch tushunchalar: binar nomenklatura, populyatsiya tur, hayvonot olami, qizil kitob, noyob turlar. Adabiyotlar
Download 29.14 Kb.
|
10-MA\'RUZA
Nazorat savollari:
Evolutsiyaning qanday paleontologik dalillari mavjud? Evolutsiyaning solishtirma anatomik dalillariga nimalar kiradi? Evolutsiyaning embriologik dalillariga nimalar kiradi? Hayvonot dunyosi evolutsiyasining qanday bosqichlari mavjud? Hayvonlarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati. Tabiatda hayvonlar ham, o‘simliklar kabi, katta ahamiyatga ega. Hayvonlarning hayoti o‘simliklar bilan bog’liq. Yashil o‘simliklar o‘txo‘r hayvonlar uchun oziq bo‘ladi. Ammo hayvonlar ham o‘simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. O‘simliklarning o‘sishi va ekinlarning hosildorligi to‘proqning unumdorligiga bog’liq. To‘proq hosil bo‘lishi jarayonida esa turli mikroorganizmlar bilan birga hayvonlar ham ishtirok etadi. Daraxtlardan to‘kilgan barglar, kuz kelishi bilan qurib qolgan o‘tlar turli xil bakteriyalar, zamburug’lar, bir hujayrali hayvonlar, har xil chuvalchanglar, hasharotlar va boshqalar uchun oziq hisoblanadi. To‘proq organizmlarining faoliyati natijasida o‘simliklar qoldig’i maydalanadi, tarkibidagi organik moddalar parchalanib chiriydi va tuproqda boshqa o‘simliklarninig o‘sishi uchun zarur moddalar to‘planadi. Tuproqda yashovchi hayvonlar; yomg’ir chuvalchanglari, zahkashlar, chumolilar, hasharotlar va ayrim sut emizuvchilar (kemiruvchilar, chumolixo‘rlar) to‘proqni aralashtiradi, yumshatadi, kislorodga boyitadi va unga suv shimilishini yaxshilaydi. Bundan tashqari, bir qancha hayvonlar gulli o‘simliklarning changlanishida ishtirok etib, ularning hosildorligini oshirishga yordam beradi. Kungaboqar, grechixa, qoqio‘t, sebarga kabi bir qancha o‘simliklar faqat hasharotlar bo‘lgandagina changlanadi. Ko‘pchilik gulli o‘simliklar hasharotlar yordamida changlanganida ancha yuqori hosil berishi ma’lum. Hayvonlar tabiatda sanitar vazifasini ham bajaradi. Bir qancha hayvonlar o‘lgan hayvonlarning murdasi, o‘simliklar qoldig’i, to‘qilgan barglar bilan oziqlanib, ulardan Yer yuzini tozalaydi. Suvda yashovchi ko‘pchilik hayvonlar suvni o‘z ichagidan filtrlab o‘tkazib, o‘ziga oziq topadi va suvni ifloslanishdan saqlaydi. Hayvonlarning inson hayotidagi ahamiyati. Odamlar hayotida hayvonlar katta ahamiyatga ega. Odamlar qadimdan hayvonlarni ov qilib kun kechirishgan. Hayvon go‘shti ibtidoiy odamlar uchun oziq-ovqat bo‘lgan, ularning terisidan kiyim-bosh, suyaklaridan turli ov qurollari tayyorlangan. Ular hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, xonakilashtira boshlashgan. Itlar qo‘lga o‘rgatilgan dastlabki yovvoyi hayvon bo‘lgan. Keyinroq odamlar cho‘chqa, qoramol va parrandalarni xonakilashtirganlar. Hozirgi davrda ham inson hayotida hayvonlarning ahamiyati katta. Uy hayvonlaridan oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun teri, yung va pilla olinadi. Yovvoyi hayvonlar, xususan baliqlar, qisqichbaqasimonlar va mollyuskalar oziq-ovqat sifatida ishlatilishidan tashqari, dori-darmon va vitaminlar olishda foydalaniladi. Ularning chiqindisidan tayyorlangan un chorva mollari ozuqasiga qo‘shib beriladi yoki Yerga solinadigan o‘g’it sifatida yerga solinadi. Yovvoyi hayvonlarning terisidan kiyim tikiladi, pati, shoxi va suyaklaridan ham sanoatda foydalaniladi. Yovvoyi qushlar zararkunanda hasharotlar, sichqon va kalamushlarni qirib, katta foyda keltiradi. Asalarilar qimmatli asal berish bilan birga, o‘simliklarni changlatib, hosildorligini oshirishga katta hissa qo‘shadi. Tut ipak qurtidan to‘qimachilik sanoati uchun qimmatli xomashyo olinadi. Yirtqich va parazit hasharotlar qishloq xo‘jaligi ekinlari zarakunandalariga qarshi kurashda insonning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. Hayvonlar orasida inson salomatligiga, chorva mollari va qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiradigan turlari ham bor. Ular ekinlarni eb, hosildorlikni pasaytiradi, oziq-ovqat qishloq xo‘jalik mahsulotlari (teri, yung, yog’och) va ulardan tayyorlanadigan buyumlarni buzib, katta zarar keltiradi. Ko‘pgina hayvonlar odam, chorva mollari va uy hayvonlarida parazitlik qilib, har xil kasalliklar keltirib chiqaradi. Ayrim hasharotlar va kanalar odam va hayvonlarga turli xavfli kasalliklar (vabo, bezgak, tif va boshqalar) ni yuqtiradi. Bir qancha hayvonlar: baqalar, dengiz cho‘chqalari, kalamushlar, itlar, mushuklar, quyonlar, maymunlar, hasharotlar (masalan, drozofila pashshasi) va boshqalardan biologiya, tibbiyot, veterinariya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda laboratoriya hayvonlari sifatida ilmiy maqsadlarda foydalaniladi. Vatanimizda Yer va uning boyliklari suv, o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot duyosini muhofaza qilish haqida juda ko‘p muhim davlat qarorlari qabul qilingan. Ana shunday muhim xujjatlardan biri O‘zbekiston «Qizil kitobi» hisolanadi. «Qizil kitob» ayrim viloyatlar, mamlakatlar yoki butn duyo bo‘yicha kelajakda xaf ostida turgan o‘simlik va hayvonlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lgan rasmiy xujjatdir. 1948 yili BMT ning Yunesko tashabbusi bilan tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalkaro ittifoqi tuzildi. Ushbu tashkilot maxsus komissiya tuzib Yer yuzida yuqolib borayotgan va noyob o‘simlik va hoyvon turlarini aniqlash hamda ularni saqlash, tiklash dasturini ishlab chiqish topshirildi. 1948-1954 yillari komissiya yuqolish xavfi ostidagi hayvonlar ro‘yxatini tu’zib chiqdi. Buning uchun maxsus kriteriyalar ishlab chiqildi. U yoki bu turni ro‘yxatga olish uchun Ushbu kriteriyalar asos bo‘lgan. Qabul gilingan kriteriyalar. Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tomonidan maqullanib, muhofazaga olish uchun o‘simlik va hayvon turlarini ayrim kategoriyalarga ajratgan holda «Qizil kitob» yaratishiga asos bo‘ldi. 1966 yili stol ustidi foydalaniladigan kalendar sifatida turli ranglarga ega bo‘lgan varaklardan iborat birinchi xalqaro «Qizil kitob» nashr qilindi. 1978-1979 yillar O‘zbekistonda davlat qarorlari va fanlar akademiyasining ilmiy kengashi O‘zbekiston «Qizil kitobi» ni ta’sis etdi. 1983 yili nashr qilingan «Qizil kitob» ning birinchi tomida 22 turdagi sutemizuvchilar, 33 tur qushlar, 5 tur sudralib yuruvchilar, 5 tur baliqlar bor. «Qizil kitob» da hayvonlar soni va uning o‘zgarish sabablari ayrim turlarning ahvoli va ularning ko‘payishiga, muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan hamda mo‘ljallangan tadbirlarga alohida e’tibor berilgan. Shuningdek, biotexnik tadbirlar qo‘riqlanadigan zonalar va qo‘riqxonalar barpo etish, kishilarning ekologik bilimini oshirish taklif etilgan. Respubliakamiz «Qizil kitob» ni har 5 yilda yangilab turish ko‘zda tutilgan. «Qizil kitob» ning hayvonot dunyosini O‘zbekiston fanlar Akademiyasining «zoologiya va parazitologiya» instituti zimmasiga yuklatilgan. Hozirgt kunda O‘zbekiston «Qizil kitob» ga kiritilgan ayrim turdagi sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar va baliqlar alohida nazorat ostidadir. O‘zbekiston hayvonot dunyosini chuqurroq o‘rganish natijasida «Qizil kitob» ning ikkinchi nashriga qoshiqburun va qorabosh qulog’ichni kiritishni olimlar tavsiya etmoqda. O‘zbekiston «Qizil kitob» da faqat umurtqali hayvonlar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Qayta Chop etiladigan «Qizil kitob» da umurtqasiz jonivorlar vakillari ham kiritilishi maqsadga muvofiq bo‘lsa kerak. O‘zbekiston «Qizil kitob» ning ikkinchi tomi davlat muhofazasiga olingan yovvoyi holdagi 163 tur o‘simlik kiritilgan. Ushbu «Qizil kitob» dagi o‘simlik turlari tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan klassifikastiyaga binoan 4 kategoriyaga ajratildi. Ular quyidagilardan iborat. – yuqolib yoki yuqolish arafasidagi turlar: – noyob turlar (ma’lum kichik maydonlarda o‘ziga xos sharoitlarda saqlanib qolgan va tez yuqolib ketishi mumkin bo‘lgan va jiddiy nazoratni talab etuvchi turlar) : – yuqolib borayotgan turlar: – kamayib borayotgan turlar: «Qizil kitob» ning Yangi nashirga olingan o‘simlik turlari soni 300 ga boradi. «Qizil kitob» da o‘simlikning har bir turi nomi, qaysi oilaga mansubligi va qisqacha ta’rifi, tarqalishi haqida ma’lumot keltirgan. Ilmiy ma’lumotlar asosida tabiatdagi miqdori va Ushbu tur arealining o‘zgarish sabablari keltirilgan. Tabiiy sharoitda ko‘payish yullari va nihoyat muhofaza qilish chora-tadbirlari haqida ma’lumotlar bayon etilgan. Shunday qilib «Qizil kitob» ning mohiyati shundaki, ular nabotot va hayvonot olamining noyob, yuqolib ketish xavfi ostidagi turlar haqida ma’lumot beruvchi xujjatdir. Uning vazifasi jamoatchilik va davlat ijroiya muassasalarini tabiatni muhofazasi muammosiga jalb etishda va turlar genofondini saqlab qolishga ko‘maklashishdan iborat. «Qizil kitob» lar vatanimizda o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasidagi eng muhim xayrli ishlardan biri bo‘lib hisoblanadi. a) Noyob hayvonlar. Download 29.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling