Kurs ishi mavzu: “dengiz hayvonlari va gidrogenizatsiya qilinadigan yog’lar”


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana17.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1279404
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asadbek - kurs ishi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INISTITUTI
“SERVIS” FAKULTETI” “SERVIS” KAFEDRASI
“OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TOVARSHUNOSLIGI VA 
EKSPERTIZASI” FANIDAN 
KURS ISHI
Mavzu: “DENGIZ HAYVONLARI VA GIDROGENIZATSIYA 
QILINADIGAN YOG’LAR” 
 
56101105 – “Xizmatlarsohasi:Tovar ekspertizasi xizmatlarini tashkil 
etish’’ 
Bajardi: 4 – kurs XSE-319-talabasi Urazkulov Asadbek 
Ilmiy rahbari: prof. R. Normaxmatov 
Topshirgan sanasi: ___________________
Himoya qilgan sanasi: ___________________
Baho: ___________________
 
SAMARQAND-----2023 


Mundarija 
Kirish. 
1. Dengiz hayvonlari haqida umumiy ma’lumot. 
2. Dengiz hayvonlarini qayta ishlab olinadigan yog’lar tavsifi. 
3. Hayvon yog’larini gidrogenizatsiya qilib olish usullari va 
texnologiyasi. 
4. Dengiz hayvonlaridan olingan yog’larni saqlash va bu jarayonda 
vujudga keluvchi nuqsonlar. 
5. Xulosa. 
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
Respublikamiz yog'-moy sanoatlari asosiy vazifalaridan biri aholining 
kundalik ovqatlanishida zarur bo'lgan yog'-moy mahsulotlariga bo'lgan 
extiyojini qondirishdan iborat. Respublikamiz rivojlanish bosqichida 
aholi soni ham oshib bormoqda. Bu esa tabiiyki oziq-ovqat 
mahsulotlariga bo'lgan extiyojning oshishga olib keladi. Bu esa hozirgi 
kunning dolzarb masalalaridandir. Aholining yog'-moy mahsulotlariga 
bo'lgan extiyojini qondirishning yana bir imkoniyatlari bu ular 
assortimentini ko'paytirishdan iboratdir. Dengiz hayvonlari yog‘lari 
asosida oziqa salomaslari olishning, ishlab hozirgi kunda taqchil bo‘lgan, 
import o‘mini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan yangi turdagi 
mahsulotlar olish va shu tariqa tabiiy resurslardan yanada samarali 
foydalanish,ekologik muhitni yaxshilash, hamda yuqori iqtisodiy 
samaradorlikka erishish,shuningdek moslashuvchan texnologiyalami 
keng joriy etish, mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishlami tashkil etish 
orqali respublikamiz iqtisodiyotini oshirish har birimizning vazifamizdir. 
Yuqoridagi dolzarbliklardan kelib chiqib
bu sohada qilingan ilmiy 
tadqiqotlar bilan tanishib chiqdim. Xususan, 
“Texnik jihatdan tartibga 
solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, 
shuningdek, 
yog‘-moy 
mahsulotlarining 
xavfsizligi 
yuzasidan 
qo‘shimcha talablarni belgilash maqsadida
O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 17.11.2020-yil sanasida qabul qilingan “Y
og‘-
moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik 
reglamentni tasdiqlash haqida”gi 
724-sonli qarori ham bu sohaning 
qanchalik dolzarb ekanligini va bu sohada bizning respublikamiz ham 
bunga alohida e’tibor qaratayotganligini ko’rish mumkin. Men tahlil 
qilgan ilmiy manbalarda moy va yog’larni katalitik modifikatsiyalash 
mahsulotlari, ularni ishlab chiqish usullari hamda ishlab chiqarilayotgan 


mahsulotlami sifati va ozuqaviy qimmatini oshirish yo‘llari bo‘yicha 
yetarlicha ma‘lumot mavjud. Yog‘lar ko‘p komponentli sistemalar bo‘lib, 
asosan, yuqori molekulyar yog‘ kislotalari va glitserinni murakkab 
efirlarini- triglitseridlami tutadi.
XX asrning ikkinchi yarmida gidrogenlangan moylar oziq-ovqat 
sanoatida keng qo'llanila boshlandi. Gidrogenlangan yog'larni ishlab 
chiqarishni boshlagan birinchi kompaniya Procter & Gamble edi. U 1909 
yilda ilk gidrogenizatsiya qilingan yog’larni ishlab chiqarishni boshlagan. 
Ular hayvon yog'lariga sog'lom alternativ deb hisoblanardi. Ammo 
so'nggi yillarda olimlar ushbu qayta ishlash sog'lom o'simlik moylarini 
hazm bo'lishi qiyin bo'lgan qattiq yog'larga aylantirayotganini aniqladilar. 
To'g'ri, hozirgi kunga qadar sanoatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 
aksariyati vodorodli moylarni o'z ichiga oladi, chunki ular tabiiy 
mahsulotlarga qaraganda ancha arzonroq bo'lib chiqdi. 



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling