10- mavzu. Matn va uslub Reja
Download 44 Kb.
|
10-mavzu
10- mavzu. Matn va uslub Reja:
O’zbek tili uslublarini vazifaviy jihatda tasnif qilish ikki omilga - til va tildan tashqarida bo’lgan omillarga tayanadi. Bu uslublaming N.A.Baskakov, A.Sulaymonov, A. Shomaqsudov, G’.Abdurahmonv, B.O’rinboyev, S.Muhamedovlar tomonidan tavsiya qilingan variantlari bo’lib, ularda asosan beshta: so’zlashuv, ommabop, ilmiy, rasmiy, badiiy uslublar e’tirof etiladi. 1 «Matn» atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. O'zbek tilining izohli lug'atida matn so'zining arabchadan o'zlashganligi, eskirgan kitobiy so'z ekanligi va aynan tekst so'zi anglatgan ma'noga tengligiga ishora qilinadi. Ayni lug'atda tekst so'ziga quyidagicha ta'rif beriladi: [r 1 QurbonovaM., Yo’ldoshev B. Matn tilshunosligi. - Toshkent: Universitet, 2014. - B.43. MATNNING USLUBIY XOSLANGANLIGI MASALASI Matnda gaplar o'zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga takroriy bo'laklar, olmoshlar, xizmat konstruksiyalar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so'zlar kabi turli leksik- grammatik birliklar kiradi. «Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qo'shma gap komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o'xshab ketadi, faqat murakkabroq ko'rinishda yuzaga chiqadi. Ma'lumki, qo'shma gap komponentlari orasida biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, aniq lash, izohlash kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar qo'shma gapning uch turi: bog'lovchisiz, bog'langan va ergash gapli qo'shma gaplarda komponentlarni o'zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalar-intonatsiya, bog'lovchilar, bog'lovchi vazifasidagi so'zlar, gap bo'laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so'zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo'laklar, kesimlarning zamon munosabati kabilar orqali reallashadi. Ko'rinadiki, qo'shma gaplarda sintaktik aloqa predikatsiyalar orasida o'rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar, superfrazali sintaktik butunliklar, abzaslar, qismlar, bo'limlar, boblar o'rtasida yuzaga chiqib uning mazmuniy va struktural birligini ta'minlaydi»22. Demak, matn tarkibidagi gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki mazmunan ham bir- birini taqozo qilishi kerak ekan. Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik ahamiyatli bo'lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim Masalan:
Mazkur gaplardan matnning so'z va uning mas'uliyati haqida ekanligini payqash qiyin emas. Lekin fikrning to'g'ri, tugal va oson anglanishi uchun mazmun yaqinligining o'zi yetarsiz. Bu gaplar yig'inidagi mazmun izchilligining buzilganligi tufayli matn butunligiga putur yetgan. Endi mazkur gaplarni qayta terib chiqamiz: Maktab о 'qituvchisining so'zi o'ttiz bolaga yetib boradi. Dorifunun domlasining so'zi yuz talabaga yetib boradi. Notiqning so'zi ming tingl ovchiga yetib boradi. Qalamkashning so'zi bir yo'la o'n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning so'z mas'uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir.{01. Hoshimov) Muallif aytmoqchi bo'lgan filer, aslida, oxirgi gapda keltirilgan. Agar yozuvchi faqatgina oxirgi gapni keltirib qo'ya qolganida o'sha fikrning ta'sirchanligi bu darajada bo'lmasligi mumkin edi. Adib maqsadini qiyoslash hamda miqdoriy gradatsiya usulidan foydalanib to'la va aniq yetkazishga erishgan: o'qituvchi va bunga parallel ravishda o'ttiz bola, domla - yuz talaba, notiq - ming tinglovchi, qalamkash- o'n ming, yuz ming kitobxon. Bu matndagi pog'onama- pog'ona «kengayib boruvchi" leksik-semantik birliklar fonida yana-da aniq ifodasini topgan: 1. Muassasalar: maktab > dorilfunun > ijtimoiy - ijodiy maktab, ya'ni hayot; 2. Kasb egalari: o'qituvchi > domla > notiq > qalamkash; 3. Miqdor o'ttiz > yuz > ming > o' n ming, yuz ming. Ohang ham shunga muvofiq ko'tarilib boradi. Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
3 Rasmiy uslubning sintaktik alomatlari haqida gapiring.
Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling