Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0,89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
1-MAVZU. SIYOSATSHUNOSLIK FANI PREDMETI, MAQSAD VA VAZIFALARI Reja: 1. Siyosatshunoslik fanining tadqiqot ob’yekti, predmeti va asosiy vazifalari 2. Siyosatshunoslik fanining tarkibi, kategoriyalari va metodlari 3.“Siyosat” tushunchasi. Uning tuzilishi, vosita va usullari 4. Siyosatning shakllari, darajalari va vazifalari Tayanch tushunchalar:
Bugungi kunda, mamlakatimizda, fuqarolarning siyosatshunoslikni o’rganish zaruriyati yanada ortdi. Buning boisi shuki, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish har bir kishi oldiga g’oyat katta talablarni qo’ymoqda. Undan ilgarigidek qaram, mute, beparvo bo’lib qolishlik emas, balki erkin, mustaqil bo’lishni talab qilinmoqda. Ijtimoiy hayotning turli sohalarida siyosiy faoliyatning, davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining ish usullarini, siyosat va insonning, davlat va jamiyatning o’zaro munosabatini, siyosatshunoslikning asosiy tushunchalarini tushunishga tobora ko’proq ichki ehtiyoj paydo bo’lmoqda. Hozirda siyosiy fanlarni o’rganish — inson kamolotining, mamlakatda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning zarur shartidir. Bu haqda O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A. Karimov shunday deydi: "Demokratik jarayonlar o’z ob’ektiv qonuniyatlari asosida rivojlanadi. Ularni o’rganib borish, ularga amal qilish talab etiladi." Download 0,89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling