10- mavzu: pedagog psixologiyasi. Pedagog shaxsiga qo`yiladigan psixologik talablar. Pedagogning umumiy va maxsus xususiyatlari


Download 140.5 Kb.
bet6/13
Sana07.05.2023
Hajmi140.5 Kb.
#1439480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
PPva PO`M 10-ma`ruza

Perseptiv qobiliyatlar – bu o‘quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchi shaxsini vaqtinchalik, psixik holatlari bilan bog‘liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatlardir.
Nutq qobiliyati - kishining o‘z tuyg‘u hislarini nutq yordamida shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir.
Tashkilotchilik qobiliyati — bu birinchidan. o‘quvchilar jamoasini uyushtira bilish, unda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o‘zining shaxsiy ishini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir.
Avtoritar qobiliyat - o‘qituvchining rostgo‘ylik, irodaviy uddaburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy hislatlarga shu bilan birga o‘quvchilarning tarbiyasida javobgarlikni his etish uning e’tiqodi, o‘quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olishga ishonch kabi xislatlarga ham bog‘liqdir.
Komunikativlik qobiliyati - bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga o‘quvchilarga yondashish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga ular bilan pedagogik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishida psixolog I.V.Straxov benihoya katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, bunda muhimi - o‘quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish tarbiyaviy ta’sirni qo‘llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olgan holda, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.
Pedagogik xayol - bu kishining o‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyhalashtirganda o‘z ish harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan maxsus qobiliyatdir.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, o‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashqari o‘qituvchi inson shaxsining maqsad sari intilishi uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi qator insoniy xislatlarga ega bo‘lishi lozimdir.

Download 140.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling