10- mavzu transport vosita detallarning tiklash uslublari. Reja


Mis va uning qotishmalarini payvandlash


Download 177.35 Kb.
bet13/15
Sana18.06.2023
Hajmi177.35 Kb.
#1583086
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
10- maruza

Mis va uning qotishmalarini payvandlash. Mis va bronza faqat nomal alangada payvandlanadi. 10 mm gacha qalanlikdagi misga 150 dm3G’soat, 10 mm dan qalin misni payvandlashda esa 200 dm3G’soat bo’lishi kerak yoki ayni vaqtda ikkita gorelka olish kerak: bittasi metallni qizdirish uchun; ikkinchisi metallni suyuqlantirish va payvandlash uchun kerak.
Misni payvandlashda sof mis yoki tarkibida 0,2% gacha fosfor va 0,3% gacha kremniy bo’lgan mis sim, bronzani payvandlashda esa payvandlanadigan bronza tarkibiga yaqin tarkibli sim ishlatiladi.
Oksidlardan oksidlash xususiyatini yo’qotish uchun tarkibida sof bura yoki 50% bura va 50% borat kislota bo’lgan aralashma ishlatiladi. Suyuqlantirib qoplangan chok strukturasini yaxshilash uchun u 200..3000S temperaturada qizdiriladi, so’ngra 500 ...5500S temperaturada yumshatiladi va suvda tez sovitiladi.
Latun tarkibida 30...40% gacha kislorod bo’lgan alangada payvandlanadi. Bunda suyuqlantirilgan metall sirti ruxning keyin bug’lanishidan saqlaydi. Mis va rux oksidlarini ketkazish uchun quyidagi tarkibdagi flyuslar: 35% borat kislota, 15% natriy fosfat, qolganlari suyuqlantirilgan bura, yoki 80% borat kislota va 20% suyuqlantirilgan bura, yoki maxsus suyuq BM-1 va BM-2 flyuslar ishlatiladi. Bu flyuslar atsetilen bilan birga maxsus idish-flyus bilan ta`minlagichdan gorelkaga uzatiladi. Flyuslarning bug’i zaharli bo’lganligi uchun payvandchi respirator taqib ishlashi kerak, payvandlash joyiga esa mahalliy so’rish ventilyatsiyasi o’rnatilishi lozim. Tarkibi jihatidan payvandlanadigan latunga yaqin bo’lgan sim yoki tarkibida oksidsizlantiruvchi moddalar-qalay va kremniy bo’lgan maxsus qo’shilmalar-LK62-0,5, LO60-1 hamda LOK59-1-03 simlari qo’shilma material sifatida ishlatiladi.
Alyumniy va uning qotishmalarini payvandlash. Alyumniy va uning qotishmalari gaz alangasi yordamida faqat nomal alanga bilan yaxshi payvandlanadi. Tarkibi payvandlanuvchi metall tarkibiga yaqin bo’lgan qo’shilma material ishlatiladi. Alyumniy oksid pardasini yo’qotish uchun litiy, natriy, kaliy va bariy ftorid tuzlari bor AF-4A, AN-4A, AN-A201 flyuslaridan foydalaniladi. Payvandlangandan keyin flyus qoldiqlari issiq suv bilan yuvib ketkaziladi. Yoy bilan payvandlashdagi kabi oksid pardani maxsus qirg’ich yordamida qirqib olib tashlash mumkin. Payvandchi bunday holda katta malakaga ega bo’lishi lozim, chunki chokka oksid pardasining qoldiqlari tushib, metall suyuqlanmay qolishi mumkin



Download 177.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling