10- sinf Adabiyot


Download 25.52 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi25.52 Kb.
#196425
Bog'liq
10 sinf aabiyot II chorak


10- sinf Adabiyot

II chorak

1.“Bu aziz kitob hazrati xoqon Shohrux Mirzo podshohligi davrid boshlab ,shu zamonga qadar yer yuzini ravshan vujudlari bilan bezagan va bezab turgan olim va shoirlardan ko’plarning ba’zi sifatlaridan va ahvollaridan bayon qiladi”. Ushbu jumla qaysi asar haqida va kimning tilidan aytilgan?

Majolis un-nafois: Xondamir

Nasoyim ul-muhabbat: Xondamir

Majolis un-nafois: Rashidiy

Nazm ul-jabohir: Abduramon Jomiy

2.”Xazoyin ul-maoniy”dagi devonlarni tartib bilan joylashtiring.

1.Badoyi ul-vasat 2.G’aroyib us-sig`ar 3.Favoyid ul-kibar 4. Navodir ush- shabob

A. 1;2;3;4 B. 2;1;4;3 C. 2;4;1;3 D. 4;3;2;1

3.Noto`g`ri hukmni toping.

A. Navoiy arab, fors, hindiy tillari qatorida o`zbek tilining ham eng qadimiy tillaridan biri ekanligini alohida ta`kidlaydi.

B. Adib turkiy tildagi yuzta fe`lni keltirib, ularning ma`nosini anglatadigan so`zlarning arab tilida mavjud emasligini ko1rsatadi

C. “Majolis un- nafois” asari o`zbek adabiyoti va madaniyati tarixi uchun noyob manba hisoblanadi

D. Qabog` so`zining ma`nosi ko`z va qoshlar orasini biliradi.

4. Navoiyning tasavvuf tarixiga bag`ishlangan asari qaysi?

A. Nasoyim ul-muhabbat B. Mahbub ul-qulub C. Majolis un-nafois D. Tarixi mulki ajam

5. Navoiyning qaysi g`azali boshdan oyoq “ tardi aks” san`atiga tayanadi?

A. “Ey sabo” g`azali B. “Ko`zing ne balo qaro bo`lubtur” g`azali

C. “Meni men istagan” g`azali D. “Kelmadi” radifli g`azali

6. Navoiyning qaysi g`azalida ma`shuqaning oshiq uchun naqadar aziz va qadrli ekanligini obrazli tarzda aks etgan?

A. “Ko`zing ne balo qaro bo`lubtur” g`azali B. “Meni men istagan” g`azali

C. “Kelmadi” radifli g`azali D. “Ey sabo” g`azali

7. Navoiyning qaysi qit`asi ayrim bandalarning noshukurligi hamda behuda ta`magirligi haqida?

A. “Saxo-vu buxl bobida nukta surmak va arolarida ikki vosita kelturmak”

B. “Haq taolo in`omi-yu karami omi boride o`zgadin nima tilagoning tamayi xomi-yu zoti nofarjomi”

C. “Ul bobdakim jahon ahli bevofadur va alardin vafo ko`z tutmoq xatodir”

D. “Shohni ajdahoga nisbat qilib tururkim, ganj umidi ham andin boru ranj biymi ham”

8. “Ko`z bila qoshing yaxshi, qabog`ing yaxsi,

Yuz bila so`zing yaxshi, dudog`ing yaxshi.

Eng bila menging yaxshi, sadog`ing yaxshi,

Bir-birin ne deyin, boshdin oyog`ing yaxshi.” Ushbu she`r qaysi janrda yozilgan?

Qit`a B. Ruboiy C. G`azal D. Murabba

9.”Farzand ato qullig`in chu odat qilg`ay,

Ul odat ila kasbi saodat qilg`ay”. Ushbu ruboiy qaysi asardan olingan?

Hayrat ul- abror B. Mahbub ul- qulub C. Nasoyim ul-muhabbat D. Nazm ul- javohir

10. “Hech kim turkey she`rni undan yaxshiroq ayta olmagan va nazm durlarini undan yaxshiroq socha olmagan”. Ushbu fikrlar kim tomonidan aytilgan?

A. Hakimshoh Qazviniy B.Xondamir C. Rashidiy D. Abdirahmon Jomiy

11. “Davron meni o`tkardi sari somondin,

Oyirdi meni bir yo`li xonumondin

Gah boshima toj, gah baloyi ta`ma,

Nelarki, boshima kelmadi davrondin.” Ushbu ruboiy qaysi paytda yozilgan?

Hirot o`lkasi uchun jang bo`layotgan paytda

Otasi vafoti payti

Samarqandni muvaffaqiyatli qo`lga kiritib, so`ng yana dushman qo`liga berib qo`ygan paytda

Bobur amalorlari bilan ovga chiqqan payti

12. Quyidagilardan Boburning masnaviy janrida yozilgan asarini toping?

A. Mubayyin B. Muxtasar C. Chorgah D. Harb ishi

13. Gvaliyar shahri qaysi davlatda joylashgan?

A. Xuroson B. Movarounnahr C. Hindiston D. Afg`oniston

14. 1500-1501- yillar voqealari bayonida bir hukmdor Boburga iltifot ko`rsatmaganida Bobur qaysi misralarini eslaydi?

A. “Mening ko`nglimki, gulning g`unchasidek tah-batah qonur

Agar yuz ming bahor o`lsa, ochilmog`I ne imkondur”

“Jonimdan o`zga yori vafodor topmadim,

Ko`nglumdin o`zga mahrami asror topmadim”


  1. “Sendek menga bir yori jafokor topilmas,

Mendek senga bir zori vafodor topilmas”

  1. “Kim ko`rubtur, ey ko`ngul, ahli jahondin yaxshilig`?

Kimki ondin yaxshi yo`q, ko`z tutma ondin yaxshilig`”

15. Bir- birini takrorlamaydigan 33 xil lola turi qayerda edi?

A. Kobuldagi Gulbahorda B. Hindistondagi Kashmirda

C. Afg`onistondagi Dashti Qipchoqda D. Afg`onistondagi Dashti Shayxda

16.Umarshayx mirzo aksar hollarda qaysi kitobni mutolaa qilar edi?

A. Xamsatayn B. Shohnoma C. Bo`ston D. Fuzuliy g`azallari

17.”Bobur o`lkani 322 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi”. Ushbu fikrlar kimga tegishli?

A. Hasanxo`ja Nisoriy B. Rumer Goden C.Monstyuart Elfinston D. Javoharla`l Neru

18. Bobur asarini tugatib o`g`li Humoyunga taqdim etganida qaysi ruboiysini ilova qiladi?

A.”Jonimdan o’zga yori vafodor topmadim,

Ko’nglumdin o’zga mahrami asror topmaim.”

B.”Bu olam aro ajab alamlar ko’rdim,

Olam eliding turfa sitamlar ko’rdim…”

C.”Tuz osh Zahriddin Muhammad Bobur,

Yuz oh Zahriddin Muhammad Bobur…”

D.”Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,

Shod etmas emish ko’ngulni g’urbatda kishi…”

19.”Ismning yudga olinishini hakimlar ikkinchi umr deganlar”. Ushbu jumla qaysi asarda keltiriladi?

A.”Hayrat ul-abror”

B.”Nasihatlar”

C.”Silsilat uz-zahab”

D, “Boburnoma”

20.Boburning xayrixohi , Bobur nomusi uning nomusi bo’lgan shaxs kim edi?

A.Qosimbek

B.Umarshayx Mirzo

C.Abulmusin

D.Muzaffar Mirzo

21.Xurosonga yuborilgan Sayyid Afzal bilan Sulton Muhammad do’ldoydan xatlar keldi. Ushbu xat nima haqida edi?

____________________________________________________________________________________

22.Boburning yonida kelib Xurosonda qishlamoq taklifini bergan kimlar edi?

_____________________________________________________________________________________

23.Navoiyining yashaydigan uyi qanday nom bilan atalardi?

_____________________________________________________________________________________

24.”Har bir yaxshi-yomonlikni mulohaza qilib ko’rsang , hayot uchun xayrli ishlarga sabab bo’ladi”. Ushbu jumla ma’nosida yozilgan bayt qaysi asarda uchraydi?

_____________________________________________________________________________________

25.Bobur kim bilan bo’lgan urushda olmos qo’lga kiritgan edi va bu olmosni kimga in’om qilgan edi?

_____________________________________________________________________________________

Javoblar.





1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

16

17

18

19

20




a

c

b

a

b

a

a

b

d

a

c

a

c

d

d

b

b

b

d

a

21. Sulton Husayn mirzo vafoti haqida

22. Muhammad Burunduqbek va Zunnunbek

23. Unsiya

24. “Boburnoma” asarida



25. Ibrohim; Muhammad Humoyunga
Download 25.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling