10-1 Ma’ruza. Teskari aloqa datchiklari. Ushbu datchiklarning raqamli dasturli boshqaruv jixozlarda kesuvchi asboblarning almashinuv jarayonlaridagi o’rni. Mavzu rejasi
Download 0.78 Mb.
|
РДБ 10-1-мавзу Лазер датчик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teskari (orqa) aloqa datchiklarining vazifalari.
- Lazer datchiklari
- Nazorat savollari
10-1 Ma’ruza. Teskari aloqa datchiklari. Ushbu datchiklarning raqamli dasturli boshqaruv jixozlarda kesuvchi asboblarning almashinuv jarayonlaridagi o’rni. Mavzu rejasi: Teskari (orqa) aloqa datchiklarining vazifalari. Lazer datchiklari Teskari (orqa) aloqa datchiklarining vazifalari. Teskari (orqa) aloqa datchigi deganda surish harakati ishchi organning haqiqiy ko’chishi yoki holatini dasturiy signallar shakli va tabiatan o’xshash signallariga aylantiradigan o’lchash o’zgartirgichlarni tushuniladi. Teskari (orqa) aloqa datchiklarning asosiy vazifasi ishchi organning haqiqiy holatini o’lchash, tegishli shakldagi signalga o’zgartirish hamda ushbu signalni taqqoslama qurilmasiga uzatishdan iborat. Ishchi organning raqamli dastur bo’yicha berilgan va haqiqiy ko’chish signallari taqqoslash qurilmasida farq (xato) signaliga aylantiriladi, so’ng xato signali kuchaytirilib ishchi organ surish yuritmasi dvigateliga xatoni kamaytirish yoki ishchi organ berilgan holatga talab etilgan aniqlikda etganida harakatni to’xtatish uchun uzatiladi. Ishchi organning haqiqiy holatini o’lchash aniqligi, birinchidan, orqa aloqa datchigi aniqligi, uning sxemaviy va konstruktiv xususiyatlari, ikkinchidan, datchikni va o’lchanayotgan ko’chishni bog’lanishi bilan aniqlanadi. Surish yuritmalarining o’lchanayotgan ko’chirishlari to’g’ri chiziqli va aylanali bo’lishi mumkin. Ishchi organning haqiqiy ko’chishi yoki holati haqidagi signalning aniqligi yuqori bo’lishi uchun o’lchash signalini ishchi organiga bevosita o’rnatilgan datchikdan olish to’g’ri bo’ladi. Shunda orqa aloqa datchigi hamda ishchi organning surish yuritmasi o’rtasidagi kinematikaviy zanjirlar bekor bo’ladi. Demak, chiziqli ko’chirishlarni o’lchash uchun chiziqli datchiklardan, doiraviy ko’chirishlarni o’lchash uchun doiraviy orqa aloqa datchiklaridan foydalanish to’g’ri bo’ladi. Datchiklarga qo’yilgan talablar quyidagilarga bo’linadi: Konstruktiv talablar (gabaritlari, massasi, fazoviy holati); Ekspluatatsion talablar (o’lchanayotgan ko’chirishlarning maksimal tezligi va miqdori, elektrik parametrlar, ishonchlilik va hokazo); Metrologik talablar (xatolik va diskretlik). Konstruktiv talablar datchik turi hamda u o’rnatilgan dastgoh bilan belgilanadi. Holat datchiklari chiziqli ko’chishlar uchun 10-20 m/min gacha bo’lgan, doiraviy ko’chishlar uchun 30 ayl/min gacha bo’lgan tezliklarda o’lchashni ta’minlashi lozim, bunda tekshirilayotgan сhiziqli ko’chishlar bir necha ming millimetni tashkil etishi mumkin. Doiraviy o’zgartirgichlar uchun esa tekshirilayotgan ko’chishni maksimal qiymati cheklanmaydi. Holat datchiklarning diskretligi bir necha mikrometrdan to mikrometr bo’lagini tashkil qilishi mumkin (сhiziqli ko’chishlar uchun), doiraviy ko’chishlarda esa - butun burchakli sekundan to uning bo’lagi. O’lchash xatoligi esa bir necha mikrometr (burchak sekun) dan oshmasligi kerak. Teskari aloqa datchiklari quyidagi belgilar asosida klassifikatsiya qilinishi mumkin: Vazifasi bo’yicha: Chiziqli, burchakli, detal o’lchami bo’yicha, ishlash rejimi bo’yicha; Fizikaviy xususiyati bo’yicha: elektromexanikaviy, elektromagnitli, fotoelektrikaviy, elektrostatikaviy, ionizatsionli; Fizikaviy parametmi o’zgarish xarakteri bo’yicha: absolyut, sikl bo’yicha (davriy); Ko’chishni qaytarish xarakteri bo’yicha: diskretli, analogli; Chiqish signalini shakllash usuli bo’yicha: impulsli, kodlangan, fazali. RDB dastgohlarning surish yuritmalarida orqa aloqa datchiklari sifatida turli o’lchash o’zgartirgichlaridan foydalaniladi. Quyida ushbu maqsad uchun keng darajada qo’llaniladigan datchiklarning asosiy turlari ko’rib chiqilgan. Lazer datchiklari Lazer datchiklari (o’lchov o’zgartirgichiari) juda istiqbolli bo’lib, RDB dastgohlari surish yuritmalarida keng qo’llaniladi. Ular boshqa turdagi datchiklar ta’minlay olmaydigan ko’chish tezligida yuqori imkon berish qobiliyati va aniqlikda o’lchash xususiyatiga ega. Lazerli o’lchov o’zgartirgichining tarkibi lazer, raqamli ko’chish hisoblagichi, oynalar va prizmalar tizimi va fotopriyomnikdan tashkil topgan (5.8-rasm). 5.8-rasm. Lazer datchigining sxemasi: 1 - o’lchash chizg’ichi; 2 - lazer; 3 - optik tizimi; 4-fotopriyomnik Lazer datchiklari quyidagi afzalliklariga ega: O’lchashlarni ko’chirishlarning eng yuqori tezliklarida (18 m/min gacha) amalga oshirish qobiliyati; Yuqori o’lcham aniqligi (0,5 mkm/m); O’lchash va signalni o’zgartirishda eng yuqori ildamlikni ta’minlash. Nazorat savollari: 1. Teskari aloqa datchiklarining vazifasi. 2. Teskari aloqa datchiklari klassifikatsiyalanishi. 3. Aylanadigan transformatorlar va ularning afzalliklari 4. Lazer datchiklari va ularning afzalliklari. 5. Redusin va induktosinlar va ularning afzalliklari. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling