10-11–mavzu: umumiy o‘rta ta'lim tizimida jismoniy tarbiyani o‘rni va ahamiyati. Reja


Jismoniy tarbiya darsida xatolar va ularni aniqlash va bartaraf etish usuliyati


Download 22.95 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi22.95 Kb.
#1537450
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-11 MAVZU

1.5. Jismoniy tarbiya darsida xatolar va ularni aniqlash va bartaraf etish usuliyati
Jismoniy tarbiya jarayonidagi mashg’ulotlar jumladan, maktab darslarida o’quvchilar tomonidan xatolar sodir bo’lishi kuzatiladi. Bunday xatolar asosiy va asosiy bo’lmagan xatolar deb guruhlanadi. Asosiy xatolar deganda o’rganilayotgan harakat faoliyati yoki jismoniy mashqning texnikasi asosida qo’yilgan xatolar, acosiy bo’lmagan xatolar esa harakat akti texnika-sining zvenolari yoki detallarida sodir bo’lgan xatolar tushuniladi.
Ularni sodir bo’lishining sabablari turlicha: mashq texnikasini tushuntirishdagi e’tiborsizlik; mashq texnikasining asosi haqida to’la tasavvurga ega bo’lmaslik; mashqni yoki uni texnikasini tasavvuriga ega bo’la turib uni bajarish uchun jismoniy tayyorgarligini va harakat koordinasiyasi zahirasini kamligi; o’qituvchi tanlangan o’qitish uslubiyatini taolim jarayoni uchun mos emasligi va h.k.lar...
Ta’lim jarayonida sodir bo’lgan xatolarni aniqlash va ularni to’g’irlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shunga ko’ra eng avvalo harakat texnikasi tarkibidagi asosiy xatolar so’ng, asosiy bo’lmagan xatolar aniqlanadi va ular shu ketma-ketlikda to’g’rlanadi. Ta’lim jarayoni amaliyoti shundan guvohlik beradiki, asosiy xatolarni to’g’rlanishi asosiy deb hisoblanmagan xatolarni o’z-o’zidan to’g’rlanib ketishiga olib keladi. Demak, avval asosiy xatolar aniqlanadi va tuzatiladi, so’ngra ikkinchi darajali ya’ni harakat faoliyati texnikasining zvenolari va detallaridagi xatolar tuzatiladi.
Download 22.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling