10-amaliy mashg’ulot : darslarda o’yin texnologiyalardan foydalanish reja


Yorib o’tishlar texnologiyasi va V.Erxard maktabi


Download 275.34 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/11
Sana10.11.2023
Hajmi275.34 Kb.
#1761164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-Amaliy mashg\'ulot

Yorib o’tishlar texnologiyasi va V.Erxard maktabi.  Bu texnologiya 
menejerlarni qayta tayyorlash o’qishlaridan iborat bo’lib, uning maqsadi har bir 
odamda mavjud bo’lgan (lekin kundalik bir xildagi hayot va ish bilan bo’g’ib 
qo’yilgan) qobiliyatlari va intilishlarini an’anaviy muammolarni yangi muammo 
sifatida yechish uchun kundalik izlanishlarga aynan uyg’otish hisoblanadi.
Bu kurslar tinglovchining fikrlashi va hulqidagi shaxsiy stereotiplarni bartaraf 
qilish, o’z imkoniyatlarini va eskirgan muammolarni yangicha yechish yo’llarini 
ko’ra olishlarini faollashtirish va o’zgartirish bo’yicha ishlab chiqilgan ko’p sonli 
mashg’ulotlardan iborat.
Bu kurslarning afzal jihatlari-inson omilini ishga solishga qaratilgan bo’lib, 
maxsus mablag’lar sarflashni talab qilmaydi, erishilgan samara so’nib qolmaydi, 
ya’ni olingan samara yangi shakl va mazmunda hamda sharoitlarda muntazam 
kuchayib borishi bilan takror va takror samara olinishini ta’minlaydi. Bu texnologiya 
alohida yirik yangiliklar yaratishga, hosil bo’lgan favqulodda holatlardan 
noan’anaviy chiqish yo’llarini izlashga ham qaratilganligi bilan farqlanadi. Bunday 
yo’nalishdagi 50 dan ortiq kurslar va seminarlar AQSHning yuzga yaqin 
shaharlarida va dunyoning boshqa mamlakatlarining yuzdan ziyod shaharlarida 
tashkil etilgan va ular muntazam faoliyat ko’rsatmoqda. Ushbu kurslarning 
tinglovchilari soni 60 ming nafar atrofidadir.
«Vakolatli ta’lim» texnologiyasi. Ushbu texnologiya 1995 yilda AQSHda 
“Ayollar yetakchiligi” deb nomlangan treninglardan boshlangan bo’lib, ta’limning 
xalqaro texnologiyasi sifatida 1997 yildan boshlab Ukrainada shakllandi va 
keyinchalik Ozarbajon, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Litva, Moldova, 
Tojikiston hamda O’zbekistonga tarqaldi. 2002 yilda Afg’oniston, Birma va 
Indoneziyada tegishli treninglar tashkil etildi. Hozirgi paytda dunyoning turli 
mamlakatlarida bu texnologiyaning shakllanish va joriy ettirilish jarayonlari davom 
etmoqda.
Ta’limning ushbu texnologiyasini ayni kunlarda mutaxassislar quyidagicha 
t’riflaydilar: “Vakolatli ta’lim-genderlik adolati va zo’ravonliklarsiz munosabatlar 
asosida tashkil etiladigan o’quv jarayoni bo’lib, u bevosita tajriba orqali ta’lim olish 
yo’li bilan guruhning o’z-o’zini tashkil qilish ko’nikmalarini shakllantirish 
imkoniyatlarini beradi”. 


Vakolatlash pedagogikasi ta’lim dasturlarining boshqa turlari bilan ta’limga 
nisbatan umumiy yondashuvlarga ega. O’zaro faoliyatda ular bir-birini boyitadi va 
kuchaytiradi. 
Vakolatlash ta’limini joriy etishning quyidagi tartibi eng maqbul hisoblanadi:
-
tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan o’quv reja (ayrim o’quv fani, integrativ 
kurslar yoki ularning tarkibiy mavzulari);
-
rasmiylashtirilgan o’quv reja (ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan va 
rasmiy reja bilan bog’langan darsdan tashqari ishlar-ularning sinfdan va 
maktabdan tashqari turlari farq qilinadi);
-
norasmiy o’quv reja (kutilmagan yoki favqulodda mashg’ulotlar tashkil qilish 
va ularni ta’lim amaliyotiga alohida reja yordamida joriy etish).
“Vakolatli ta’lim” texnologiyasiga muvofiq mashg’ulotlar alohida 
tayyorgarlikdan o’tgan o’qituvchi-trenerlar tomonidan tashkil etiladigan va 
o’tkaziladigan treninglar tarzida amalga oshiriladi. Maxsus tayyorgarlikdan o’tgan 
va ma’lum yo’nalishda ta’lim berish (rahbarlik qilish) hamda mashqlar bajarish 
bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi mutasaddi shaxsni trener deyiladi.

Download 275.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling