Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar


Download 198.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/21
Sana13.04.2023
Hajmi198.04 Kb.
#1354441
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida



Hujjat 07.06.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR TO‘G‘RISIDA
I. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish, muhofaza
qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari tipik, noyob, qimmatli tabiiy obyektlar va majmualarni,
o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolishdan, inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sir
ko‘rsatishi oldini olishdan, tabiiy jarayonlarni o‘rganishdan, atrof tabiiy muhit monitoringini olib
borishdan, ekologik ma’rifat va tarbiyani takomillashtirishdan iborat.
Oldingi
 tahrirga qarang.
3-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilik
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa
qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil etish,
muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi
qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining
muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha
qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
4-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar
Yerning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy,
estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi
doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza
etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi.
Tabiiy obyektlar va majmualarni saqlab qolish, takror ko‘paytirish va tiklash maqsadida
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda muhofaza qilish va foydalanish rejimi (bundan buyon
matnda rejim deb yuritiladi) o‘rnatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar biologik, landshaft rang-barangligini ta’minlash va
ekologik muvozanatni saqlab turish uchun mo‘ljallangan yaxlit ekologik tizimni tashkil etadi.

Download 198.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling