Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar


-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri


Download 198.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana13.04.2023
Hajmi198.04 Kb.
#1354441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida

14-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri bu hududlarning toifalari va turlari,
ularning jug‘rofiy holati, miqdor va sifat xususiyatlari, ekologik, iqtisodiy, ilmiy, ma’rifiy va boshqa
jihatdan ahamiyati to‘g‘risidagi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar haqidagi, shuningdek yer
uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri ularning rejimini ta’minlash, ilmiy
tadqiqotlar o‘tkazish, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirishni rejalashtirayotganda
mazkur hududlarni hisobga olish maqsadida yuritiladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastri O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti
mablag‘lari hisobidan qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va


atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi bilan birgalikda yuritiladi.
(14-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-martdagi 104-
sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan tabiiy hududlari davlat
kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi 
nizomga 
qarang.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat
kadastriga doir axborot belgilangan tartibda beriladi.
15-modda. Muhofaza etiladigan tabiiy hududning pasporti
Tasarrufida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lgan davlat organlari, yuridik va jismoniy
shaxslar har bir hudud bo‘yicha pasport tuzadilar, unda mazkur hududni, uning rejimi va
boshqaruvini tavsiflovchi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasportini yuritish 
tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Download 198.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling