Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar


Download 198.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/21
Sana13.04.2023
Hajmi198.04 Kb.
#1354441
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
710-II-сон 03.12.2004. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida

III. Davlat qo‘riqxonalari
18-modda. Davlat qo‘riqxonalarini tashkil etish
Tabiiy obyektlar va majmualarni muhofaza qilishning qattiq rejimiga ega bo‘lgan, tipik
ekologik tizimlar, o‘simliklar va hayvonlarning irsiy fondini saqlab qolish hamda o‘rganish uchun
mo‘ljallangan, umumdavlat ahamiyatiga molik muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat
qo‘riqxonalari hisoblanadi.
Davlat qo‘riqxonalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot
muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Davlat qo‘riqxonalari bunday qo‘riqxonalar to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
 LexUZ sharhi
19-modda. Davlat qo‘riqxonalarining rejimi
Davlat qo‘riqxonalarining hududida har qanday faoliyat taqiqlanadi, ilmiy-tadqiqot faoliyati va
atrof tabiiy muhit monitoringini yuritish bundan mustasno. Davlat qo‘riqxonalarida yong‘inga
qarshi tadbirlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Davlat qo‘riqxonalari hududida hamda ularning qo‘riqlanma zonalarida tirik organizmlarning
yangi va kenja turlarini iqlimlashtirish maqsadida joylashtirish taqiqlanadi.
Davlat qo‘riqxonalarining yoki ular qaysi davlat organlarining tasarrufida bo‘lsa, shu davlat
organlarining xodimi hisoblanmaydigan fuqarolarning davlat qo‘riqxonalari hududida bo‘lishiga
ularda ana shu organlar yoki davlat qo‘riqxonasi ma’muriyati bergan ruxsatnoma bo‘lgan taqdirda
yo‘l qo‘yiladi.
20-modda. Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati
Davlat qo‘riqxonalarida ilmiy tadqiqotlar bunday qo‘riqxonalar shtatidagi ilmiy xodimlar
tomonidan o‘tkaziladi. Shartnoma asosida boshqa ilmiy tashkilotlar va mutaxassislar jalb etilishi
mumkin.
Davlat qo‘riqxonalarida olimlar kengashlari (ilmiy kengashlar) tuziladi.


Davlat qo‘riqxonalarida atrof tabiiy muhit monitoringi yuritilishi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Davlat qo‘riqxonalaridagi ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalari, agar ular O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetining va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni
amalga oshirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobiga olingan bo‘lsa, davlat mulki hisoblanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘lari hisobiga olingan ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalariga
bo‘lgan mulk huquqi davlat qo‘riqxonalari bilan mazkur shaxslar o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan
belgilanadi. Davlat qo‘riqxonalari ilmiy-tadqiqot faoliyati natijalaridan tekin foydalanadilar.
(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Davlat qo‘riqxonalarining tabiiy obyektlari va majmualari holati to‘g‘risidagi ilmiy axborot e’lon
qilinishi kerak. Davlat qo‘riqxonalari o‘z matbuot nashrlariga ega bo‘lishi mumkin.
Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy fondlari muddatsiz saqlanishi kerak.
Davlat qo‘riqxonalarining ilmiy tadqiqotlarini muvofiqlashtirib borishni O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi amalga oshiradi.

Download 198.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling