Kazus1.
2017-yilning 25-avgustida jangarilar Rakxayn shtatidagi politsiya postlariga hujum qilganidan so‘ng, Myanmada Rohinja xalqiga qarshi harbiy tazyiq boshlandi. Shafqatsiz harakatlar natijasida 740 000 dan ortiq tinch ahol qatl etildi , xususan, sudsiz o‘lim jazosiga hukm qilish va aholini jinsiy zo'ravonliklardan qochishga majbur qilindi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Myanma uchun tuzilgan Mustaqil Xalqaro Faktlarni Aniqlash Missiyasi (Xalqaro tergov kommisiyasi) askarlar ayollar, qizlar, o'g'il bolalar, erkaklarga nisbatan zo'rlash, guruh bo'lib zo'rlash va boshqa zo'ravonlik va majburiy jinsiy harakatlarni muntazam ravishda qo'llagan degan xulosaga keldi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tergovchilari bu shafqatsiz bosqinni genotsid deb baholadilar va mamlakat armiyasining boshida turgan generallar shimoliy Rakxayn shtatidagi genotsid uchun, shuningdek, Kachin va Shan shtatlarida sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari uchun javob berishi kerakligini aytdi.
Birma Rohinja Tashkiloti (BROUK) 2019-yil 13-noyabr kuni Argentina hukumatiga Rohinja xalqiga qarshi sodir etilgan genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlar, jumladan, 2017-yil avgust oyida sodir etilgan qatllar aybi bilan sudga murojaat qildi. 2020-yil 29-may kuni Argentinaning 1-sonli jinoyat ishlari bo‘yicha federal palatasi Myanma rahbari Aung San Su Chi va yuqori martabali harbiy amaldorlarga qarshi genotsid va Rohinja xalqiga qarshi sodir etilgan boshqa jinoyatlar uchun tergov boshladi.
Shu bilan birga parallel ravishda Xalqaro jinoyat sudida (XJS) jinoyat ishi ochildi. 2019-yilning 14-noyabrida XJSning Dastlabki ish yurituv palatasi XJS Prokuroriga deportatsiya, ta’qib qilish kabi insoniyatga qarshi gumon qilingan jinoyatlarni va Rohinja xalqiga qarshi sodir etilgan XJS yurisdiktsiyasi ostidagi har qanday boshqa jinoyatlarni tergov qilish vakolatini berdi. Jinoyat ishini tergov qilish bo‘yicha chiqarilgan ruxsat Gambiya tomonidan Myanmaga qarshi 2019 yil 11 noyabrda xalqaro sudga berilgan da'vodan keyin amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |