2017-yilning 25-avgustida jangarilar Rakxayn shtatidagi politsiya postlariga hujum qilganidan so‘ng, Myanmada Rohinja xalqiga qarshi harbiy tazyiq boshlandi
Download 35.94 Kb.
|
KAZUS YAKUNIY XJH 2022-2023
Kazus 10.
“Bayern Inch farm” Xalqaro farmatsevtika korporatsiyasi filiali tomonidan A davlatning Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillariga, tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasa vakillariga korporatsiya tomonidan ishlab chiqariladigan dori vositalarini malakatda noqonuniy tarqatishni tashkil etish bo‘yicha pora berganligi fosh etildi va jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovda pora sifatida berilgan pul kompaniya filialidan chiqqanligi isbotlandi, lekin korrupsiya harakatini amalga oshirgan birorta ham jismoniy shaxsni aniqlash imkoni bo‘lmadi. Natijada tergov organi o‘z filliali xatti-harakatlari uchun korporatsiyasini tergov qilish kerak deb belgilashdi. Shundan so‘ng tergov organi hududiy organi rahbari korporatsiya joylashgan davlatning tergov organiga “vaziyatdan kelib chiqib korporatsiyani tergov qilishda amaliy yordam berishini” so‘rab murojaat etdi. Korporatsiya joylashgan mamlakat tergov organi e’tiroz bildirdi va huquqiy yordam ko‘rsatishda o‘zaro ikki tomonlama shartnoma mavjud emasligini vaj qilib, “filial uchun korporatsiya javob bermaydi” deb javob qaytardi. Bunga javoban A davlati hukumati korporatsiya joylashgan davlatni xalqaro shartnoma majburiyatini bajarmaganlikda aybladi. Chunki ikki davlat ham BMTning “Korrupsiyaga qarshi” Konvensiyasining a’zosi hisoblanadi. Konvensiya normalariga ko‘ra konvensiyaga a’zo davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashda birgalikda “o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatishlari” mumkin deb belgilab qo‘yilgan. Ya’ni universal shartnoma a’zolari o‘rtasida biror munosabatni tartibga solish bo‘yicha shartnoma mavjud bo‘lmasa, universal shartnoma qoidalari amal qiladi. Pora olganlikda ayblangan vazirlik vakillari ko‘rsatma berishdan bosh tortish huquqidan foydalanishdi, lekin sudlanishdi. Ularga nisbatan quyidagi sanksiyalar qo‘llanildi: 1) jinoyatni sodir etishda foydalanilgan yoki foydalanilishi rejalashtirilgan jinoyat vositalarini olib qo‘yish; 2) Jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni musodara qilish; 3) Kelib chiqishi qonuniyligini isbotlay olishmagan mulkni musodara qilish. Mazkur sanksiyalarga nisbatan e’tiroz bildirishdi va bu sanksiyalar insoniylik prinsipiga zid deb ta’kidlashdi. Mazkur jinoyatdagi harakatlar korrupsiya va yuridik shaxslarning javobgarlik bo‘yicha milliy qonunchilik, “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida”gi Yevropa Kengashi konvensiyasi, uning qo‘shimcha protokoli va BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (2003y.) to‘liq mos keladi. Kazus holatidan kelib chiqqan holda, Siz quyidagi fikrlarga qo‘shilasizmi, ya’ni: Download 35.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling