2017-yilning 25-avgustida jangarilar Rakxayn shtatidagi politsiya postlariga hujum qilganidan so‘ng, Myanmada Rohinja xalqiga qarshi harbiy tazyiq boshlandi


Download 35.94 Kb.
bet2/10
Sana07.04.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1339226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KAZUS YAKUNIY XJH 2022-2023

Kazus 2.
Jibril Massakua Syerra-Leonedagi fuqarolar urushi (1991-2002) davrida Liberiyaning sobiq prezidenti Charlz Teylorning Liberiya milliy vatanparvarlik fronti bilan yaqin aloqada bo'lgan, Syerra-Leone isyonchi guruhida yuqori lavozimni egallagan. 1999 yil mart oyida Liberiya milliy vatanparvarlik fronti ko'magida Jozef Momoh hukumatini ag'darishga urinishda Syerra-Leonega bostirib kirdi.
2002 yilda Syerra-Leone uchun Maxsus sud tashkil etildi. Massakua Maxsus sud bilan hamkorlik qilishga rozi bo'ldi. 2009 va 2012 yillarda mos ravishda Maxsus sud Syerra-Leone isyonchi guruhining uchta sobiq yuqori martabali rahbari va Teylorni Syerra-Leoneda sodir etilgan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun aybladi. Natijada Syerra-Leone uchun Maxsus sudi Massakuani hech qanday jinoyatda aybdor emas deb hukm chiqardi.
Jenevada joylashgan Civitas Maxima nodavlat tashkiloti va Liberiyada o‘z filialiga ega bo‘lgan Global adolat va tadqiqot loyihasi (Global Justice and Research Project) o'zlarining tergov harakatlari natijasida Massakuaning Liberiyada xalqaro jinoyatlarni sodir etgani, jinoyatlarni sodir etgan shaxslarni boshqarganligi va buyruq berganligi haqidagi dalillarni keltirdi.
Nodavlat tashkilotlarining olib brogan tergovlariga ko‘ra Massakua Finlandiyada ekanligi aniqlandi, Civitas Maxima va Global adolat va tadqiqot loyihasi Finlandiya hukumatiga 2018 yilda Massakuaning Liberiyadagi ommaviy vahshiyliklarga aloqadorligi haqidagi ma’lumotni taqdim etdi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining tergov ma’lumotlaridan so‘ng Finlandiya Bosh prokurori ish bo‘yicha tergovni davom ettirish to‘g‘risida buyruq chiqardi. Finlandiya tergov organi tergovchilari 2019 yilda Liberiya hukumati bilan hamkorlikda guvohlarni eshitish uchun Liberiyaga bir necha bor tashrif buyurishdi. 2020 yil 10 martda Massakua Finlandiyaning Tamper shahrida Finlandiya politsiyasi tomonidan harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlar, shu jumladan qotillik, jinsiy zo'ravonlik va askar bolalarni yollash va ulardan foydalanishda gumon qilinib hibsga olingan.


Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling