2017-yilning 25-avgustida jangarilar Rakxayn shtatidagi politsiya postlariga hujum qilganidan so‘ng, Myanmada Rohinja xalqiga qarshi harbiy tazyiq boshlandi


Download 35.94 Kb.
bet7/10
Sana07.04.2023
Hajmi35.94 Kb.
#1339226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KAZUS YAKUNIY XJH 2022-2023

Kazus 11.
1949 yilda tug‘ilgan Ali Muhammad al Abd-Rahmon asli Sudanlik. U 2003-2004 yillarda Sudanning Darfur viloyatida politsiya tizimi rahbari bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan. U harbiy faoliyatini olib borayotgan paytda qo‘l ostidagi harbiylarga nisbatan g‘ayriinsoniy munosabatda bo‘lgan, uning topshirig‘ini bajarmaganlarni esa o‘ldirishga buyruq bergan. Bundan tashqari u rahbarlik qilgan paytda politsiyachilar tomonidan aholiga nisbatan zo‘ravonlik, qo‘rqitish, qiynoq, qotillik kabi xatti-harakatlar amalga oshirilgan. Mazkur harakatlar bo‘yicha Xalqaro sud prokurori tomonidan Ali Muhammad al Abd-Rahmon va uning qo‘l ostidagi harbiylarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan. Prokuror tergov komissiyasi tuzib, tergovni olib borish bo‘yicha mandat chiqarib Sudanda tergovni olib bordi.


Kazus 12.
A. davlatining qurolli kuchlari B davlati hududiga bostirib kirdi. A davlatning iltimosiga ko‘ra V davlatining havo bazalari B davlati ob'ektlarini bombardimon qilishda foydalanilgan. B davlati A. va V. davlatlarining harakatlarini agressiya deb baholadi va BMT Xavfsizlik Kengashiga ushbu davlatlarga nisbatan sanksiyalar qoʻllash bo‘yicha murojaat qildi. V. davlati, unga nisbatan sanksiyalar qo‘llash noto'g'ri deb bayonot berdi, chunki uning qurolli kuchlari B. davlatiga qarshi harbiy operatsiyalarda ishtirok etmagan.


Kazus 13.
A davlat hududida nomalum bo‘lgan virus tarqaldi. Virusning alomatlari oddiy shamollashga o‘xshagan bo‘lib insonlarga havodan yuqishni boshladi. A davlati bunday ma’lumotlarni oshkor etmadi, yashirdi. Bu harakati bilan A davlati xalqaro darajada huquqbuzarlikni amalga oshirdi. Virus olib kelgan kasallikning davosi bo‘lmaganligi uchun A davlat fuqarolari chegaradosh qo‘shni B davlatining chegarasini noqonuniy buzib o‘tib A davlatini tark etishdi. Natijada B davlatida ham nomalum virus tarqalishi tezlashib ketdi va B davlatining A davlati bilan chegara hududlari barchasi virus bilan zararlanib bo‘ldi. Bu vaziyatda B davlati A davlatining virusni majburiy tarqatilishida aybladi va Xalqaro jinoyat sudi a’zosi sifatida suddan A davlatiga nisbatan insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atishni talab qildi. E’tiborli jihati A davlati Xalqaro jinoyat shudi a’zosi hisoblanmaydi.



Download 35.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling