4-savol
Jinoyatlarni sifat ko‘rsatkichlari va miqdor ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflashni yoriting?
Javob
Yuqoridagi savolga javob beradigan bo‘lsak, avvalo, Jinoyatlarni tasniflash aybdor tomonidan sodir qilingan qilmishni Maxsus qism moddalaridagi yuridik va faktik alomatlar bilan solishtirgan holda, ijtimoiy xavflilik nuqtai nazaridan jinoyatlarni xarakterlash imkoniyatini beradi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 15-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatlarni aniq tasniflashga, ya’ni ijtimoiy xavflilik darajasi va xususiyatiga ko‘ra ularni to‘rt turga ajratishga yordam beradi.
Ichtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar
Uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar
Og‘ir jinoyatlar
O‘ta og‘ir jinoyatlar
Jinoyatlarni sifat ko‘rsatkichlariga ko‘ra tasniflash orqali jinoyatning darajasini bilish va ichtimoiy xavfli qilmishni javobgarlikka tortishga asos bo‘lib xizmat qiladi.Yana bir bor shuni ta’kidlab o‘tish joizki, jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati uning sifat belgisini ifodalaydi. Ijtimoiy xavflilikning darajasi va xususiyati faqatgina jinoyatlarni tasniflash asosi bo‘libgina qolmasdan, balki ular qilmishni jinoyat sifatida baholovchi belgi ham hisoblanadi, shuningdek, ular sudlar tomonidan jazo tayinlash vaqtida hisobga olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |